Bajardi: 050-19 gurux talabasi



Yüklə 13,38 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,38 Kb.
#209238
Bajardi 050-19 gurux talabasi-fayllar.org


Bajardi: 050-19 gurux talabasi

Mustaqil Ish


Cheklangan polosali tizimlar
Bajardi: 050-19 gurux talabasi

Javlonbekov Javodbek


Boshlangich aloqa resurslari
Aloqa tizimida ikki boshlang’ich aloqa resurslaridan foydalaniladi: Uzatiladigan quvvat va kanalning o‘tkazuvchi polosasi. Uzatiladigan quvvat uzatiladigan signalning o’rtacha quvvati bo’lib hisoblanadi. Kanalning o’tkazuvchanlik polosasi deb xabar signallarini o’tkazuvchi ajratilgan polosalar chastotasiga aytiladi. Tizimlarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad ushbu ikki resurslardan samarali foydalanishdir. Ko’pgina kanallarda bir resurs boshqa resursdan ko’ra muhimroq bo’lib hisoblanishi mumkin. Shuning uchun biz aloqa kanallarini quvvati cheklangan va polosasi cheklanganga ajratamiz. Misol uchun, telefon tizimini olib qarasak, u polosa chastotasi bilan chegaralangan tizimdir, kosmik aloqalar yoki sputnik kanallar odatda quvvati chegaralangan bo’lib hisoblanadi.
Shovqin ta‟sirini hibolashning usuli sifatida signal-shovqin nisbatini (SShN) tizim parametri sifatida kiritish mumkin. Misol uchun SShN qabul qiluvchini kirishida SShNni o’rtacha signal quvvatining o’rtacha shovqini nisbatiga aytiladi, unda ikkalasi bir nuqtada o’lchanadi. Amaliyotda SShN quvvat nisbatini 10 karra algoritmiga nisbatan aytilib, desibellarda o’lchanadi. Misol uchun, signalshovqinning 10, 100, 1000 nisbati 10, 20 va 30 desibellarga tengdir.
Bir polosali modulyatsiya Balansli va amplitudasi modulyatsiyalangan signalda foydali axborot ushbu signal spektrining yon polosalari tarkibida bo‘ladi. Ushbu yon polosalar bir xil axborot tashiydilar. Agar ushbu yon polosalardan birini bartaraf qilsak, quyidagi afzalliklarga ega bo‘lamiz:
  • radioaloqa uzoqligini saqlab qolgan holda radiouzatkich quvvatini kamaytirish;


  • uzatilayotgan signal polosasini ikki marta qisqartirish, buning natijasida esa radioqabullagich o‘tkazish polosasini (oralig‘ini) qisqartirish (toraytirish) hamda bitta aloqa liniyasida kanallar sonini ko‘paytirish imkoniyati paydo bo‘ladi;


  • radioqabullagichda signal/shovqin nisbatini oshirish.


Bir polosali modulyatsiya (BPM; inglizcha – single side band, SSB) deb spektrida faqat bitta yon tomon: yuqori yoki pastki polosasi mavjud bo‘lgan garmonik modulyatsiya turiga aytiladi. Bir polosali modulyatsiya AM signal spektridagi tashuvchi va bitta yon polosani bostirish orqali hosil qilinadi. Bunda spektrda faqatgina bitta yon polosa qoladi. BPM signal agar yuqori polosadan foydalanilsa quyidagicha ifodalanadi

BPM signal agar pastki polosadan foydalanilsa (5.20) ifodadagi Ω oldidagi “+” ishorasi “–” ishorasiga o‘zgaradi, ya’ni 𝜔0 − Ω bo‘ladi.
Bir polosali signalni hosil qilishda ikki usuldan foydalaniladi:

  1. Filtrlash usuli;


  2. Fazakompensatsiya usuli.


Filtrlash usulida balansli modulyator yoki halqali modulyator yordamida BM signal hosil qilinadi va hosil bo‘lgan signalning bitta polosasi (yuqori yoki pastki) filtr orqali filtrlanadi. Filtr sifatida oddiy polosa filtrlaridan foydalanish mumkin. BPM signalni shakllantirish qurilmasining strukturaviy sxemasi 5.10arasmda va uning ish jarayonini tushuntiruvchi chizma 5.10b-rasmda keltirilgan.

5.10-rasm. a) – BPM signalni shakllantirish qurilmasining strukturaviy sxemasi; b) – uning ish jarayonini tushuntiruvchi chizma.
Fazakompensatsiya usuli. Ushbu usulda oddiy AM kaskadlardan tashkil topgan qo‘zg‘atkichda N ta parallel kanal hosil qilinadi. Ushbu kaskadlar qo‘zg‘atilish kuchlanishining fazalari faza surgich yordamida 𝜑 burchakka surilgan bo‘ladi va tashuvchi toklar umumiy yuklamada o‘zaro kompensatsiyalanadi. Bundan tashqari, har bir kaskaddagi modulyatsiyalovchi kuchlanish bir-biriga nisbatan 𝜑 burchakka siljitilgan bo‘ladi. Amaliyotda uch va to‘rt fazali sxema ko‘proq ishlatiladi.
Fazakompensatsiya usulining afzalligi – berilgan ishchi chastotada kichik sonli nochiziqli o‘zgartirish orqali bir polosali signalni shakllantirish imkoniyati bo‘lib, bu esa o‘z navbatida nochiziqli buzilishlar va ikkilamchi chastotalar sathining kamayishiga olib keladi. Kamchiligi – aniq simmetrik sxemalar va past chastotali keng polosali faza surgichni yaratishning qiyinligi sababli tashuvchi va keraksiz yon chastota tebranishlarini bostirish sathining kichikligi (40 dB dan kichik). Uch fazali sxemada (5.11-rasm) fazalar siljishi 𝜑 = 2𝜋/3 bo‘ladi. Sxema to‘liq simmetrik bo‘lganda har bir modulyatsiya qilinuvchi kaskadning kollektor toklari quyidagiga teng bo‘ladi:

va umumiy tok quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

yani uchta quyi yon chastota toklari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

5.11-rasm. Fazakompensatsiya usulida BPM signalni shakllantiruvchi strukturaviy sxema


Bir polosali signalni shakllantirishning barcha usullarida murakkab apparaturalar talab qilinadi. BPM signal spektrining kengligi AM signal spektrining kengligiga nisbatan 2 marta tor (qisqa) bo‘ladi, natijada esa radioqabullagich o‘tkazish oralig‘ini qisqartirish imkoniyati yuzaga keladi. Faqat shuning hisobiga signal/shovqin nisbati kuchlanish bo‘yicha √2 marotaba va quvvat bo‘yicha 2 marotaba kattalashadi. BPM signalni uzatishdagi umumiy samaradorlik AMga nisbatan 16 marotaba ko‘proq.
BPM asosan ko‘p kanalli radioaloqa tizimlarida ishlatiladi. Bu holda har bir uzatilishi kerak bo‘lgan xabar BPM signalga aylantiriladi va chastota bo‘yicha birbiridan farq qiladi. Keyin esa bu signallar qo‘shilib guruh signaliga aylantiriladi. Chastota bo‘yicha ajratishga asoslangan bunday tizimlar bir necha yuzlab telefon xabarlarini uzatishi mumkin.
Habar manbalari

Telekommunikatsiya muhiti 4 asosiy ma’lumotlar manbasiga tayanadi: nutq, musiqa, tasvirlar va kompyuter ma’lumotlari. Ma’lumot manbasi ma’lumotni o’z ichiga oluvchi signal sifatida ham xarakterlanishi mumkin. Signal mustaqil o’’zgaruvchi rolini bajaradigan vaqtning yagona-qiymatli funksiyasi bo’lib hisoblanadi; vaqtning har bir lahzasida, funksiya o’ziga xos qiymatga egadir. Signal nutq, musiqa va kompyuter ma’lumotlarida bir-o’lchovlidir; tasvirlarda esa ikkiqiymatli; video shakldagi ma’lumotlarda esa uch-qiymatli; muddat davomida yig’ilgan yirik hajmli ma‟lumotlar esa to’rt – qiymatli bo’ladi. TV tasvirini qayta ishlab chiqarish sifati ikki omil bilan cheklanadi:


1.Raster skanerida mavjud chiqizlar soni tasvir ravshanligini vertikal yo’nalishda cheklaydi.
2.Video signallarni o’tkazish uchun kanal o’tkazish polosasi tasvir ravshanligini vertikal yo’nalishda cheklaydi.
Raqamli matnlar uchun yo’qotishlarsiz siqish talab etiladi. Bu yerda biz ichki moslashuvchan va tez –tez paydo bo’ladigan belgilar manbasi guruhlarini kodlash imkoniga ega Lempel-ziv algoritmini eslatib o’tamiz. U oddiy ingliz tili matnlarini taxminan 55% ni siqishga erisha oladi, bu esa harflar juftligini kodlashda erishiladigan siqishga tengdir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida raqamli video va audio dasturlani saqlash va otkazish bilan bog’liqlarni saqlanib qolinishi uchun turli xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan uskunlalarni o’zaro operatsiyalar amalga oshirish imkonini beradigan standard siqish algoritmlari kerak bo’ladi.
JPEG tasvirni kodlash standarti inson visual tizimi cheklovlarini qo’llagan holda haqiqiy, real dunyo, tabiat va to’liq rangli tasvirlarni siqishga mo’ljallangan; JPEG Birlashgan Tasviriy Ekspertlar Guruhini anglatadi. Kodlovchini kirish qismida tasvir elementlari yoki piksellar 8x8 bloklarga guruhlanadi. BKO’ quyidagi bir-biriga bog’liq maqsadlarni qondiradigan har bir pixelli blokni 64 koefficientli tarkibiy qismlarga ajratadi:
1.Koeffisientlar iloji boricha aloqador bo’lmasligi lozim
2.Kirish signali quvvati iloji boricha eng kichik sonli koeffisientda joylangan bo’lishi kerak.
MPEG -1 ushbu maqsadga erishish uchun 4 turdagi ortiqchaliklardan foydalanadi:
1.Ramkalararo (vaqtinchalik) ortiqchalik;
2.Ramkalar ichida piksellararo ortiqchalik;
3. Psixovizual ortiqchalik;
4.Entropik kodlash ortiqchaligi.
Aloqa tarmog’i
Rasmda tasvirlangan aloqa tarmo’gi (yoki oddiy qilib aytganda tarmoq) idrokli processorlar (shular qatorida microprosessorlar) dan iborat bir qancha ruterlarni o’zaro bog’lanishidan tashkil topgan. Ushbu ruterlarning birinchi maqsadi ma‟lumotlarni tarmoq orqali yo’naltirishdir. Har bit ruter unga biritirilgan o’zining xostiga ega; xostlar esa o’zaro aloqada bo’ladigan qurilmalardir. Tarmoq xostlar orasida samarali ma’lumotlar almashinuvini ta‟minlovchi umumiy resurs uchun mo’ljallangan va yangi dasturlar, xizmatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Telefon tarmoq’i telekomunikatsiya tarmog’i misoli sifatida elektron kommutatsiya aloqa yo’lini yoki xostlar orasidagi doirani ta‟minlashda ishlatiladi. Doira ketma-ketlikda manbadan belgilangan joygacha bo’lgan yo’llanmalarni o’zida mujassam etadi. Misol uchun, yo’llanmalar bir qancha foydalanuvchilarning kirishi uchun mo’ljallangan umumiy kanalning vaqtli intervallaridan tashkil topishi mumkin. Doira o’z joyida bo’lganda yetkazishning butun vaqti davomida uzluksiz qoladi. Elektron kommutatsiya odatda tarmoq tashkil etish ilmi bilan markazlashgan ierarxik nazorat mexanizmi tomonidan nazorat qilinadi.
Elektron kommutatsiya aloqasini o’rnatish uchun mavjud bo’lgan yo’lni tarmoq orqali uzib qo’yiladi, so’ngra muloqot qilish istagida bo’lgan ikki xostlarning maxsus foydalanishiga topshiriladi. Xususan, qo'ng’iroq-so'rov signali manzilga qadar tarqatilishi kerak va uzatish boshlanishidan oldin tasdiqlanishi kerak. Shundan so’ng, tarmoq foydalanuvchilar uchun tushunarli bo’lishi lozim. Bu aloqa o’rnatish jarayonida doiraga tutashgan polosa va resurs, doira uzib qo’yilgucnicha, ikki host tomonidan “egallangan” bo’ladi.
OSI ilova modelida, aloqalar va bog’liq-aloqa funksiyalari to’liq ta‟rifga ega interfacelar bilan qatlamlar va darajalar seriyasi kabi tartibga solingan, va har bir qatlam oldingi qatlam asosida qurilgan. Xususan, har bir qatlam, uning oldingi funskiyalariga bog’liq to’plam osti vazifasini bajaradi va bu qo’shimcha oldingi funksiyalarni bajarish uchun galdagi pastroq qatlamga tayanadi. Shu bilan birga, har bir qatlam keyingi yuqoriroq qatlamga maxsus xizmatlarni taklif etadi va yuqori qatlamni o’sha xizmatlarni tadbiq etish tafsilotlaridan himoyalaydi. Har bir qatlam juftligi orasida interface mavjud. Bu interface pastki qatlam tomonidan yuqori qatlamga taklif qilingan xizmatlarni ta‟riflaydigan interfacedir.
OSI modeli 7 qatlamdan iborat va bu 1.3 - rasmda tasvirlangan. Shuningdek bu rasm modelning individual qatlamlari funsksiyalarini tasvirini ham o’z ichiga oladi. A tizimidagi k qatlam, boshqa bir B tizimidagi k qatlam bilan aloqa qiladi. OSI modeli funksiyalari:
7- qatlam - Yakuniy foydalanuvchiga OSI muhitiga kirishni ta‟minlaydi;
6- qatlam - Dastur qatlami tomonidan tanlangan xizmatlarni yetkazib berish uchun kirish ma‟lumotlarini transformatsiya qiladi;
5- qatlam - Ikki hamkorlikdagi foydalanuvchilar orasidagi aloqa uchun tuzilma nazoratini taqdim etadi va ular orasidagi muloqotni tartibli boshqarishni taqdim etadi;
4- qatlam - Foydalanuvchilar orasida almashinilayotgan habarlarini uzluksiz nazorat qiladi (masalan, manbadan manzilga qadar);
3- qatlam - Paketlarni tarmoq orqali yo’naltirish va oqim nazoratini amalga oshiradi. Bu yo’naltiruv jarayoni orqali topilgan aloqa yo’llanmasidagi yuqori sifatni kafolatlash uchun mo’ljallangan;
2- qatlam - Ma‟lumotlarning kanal bo’ylab ishonchli o’tikazilishi uchun xatoliklarni nazorat qiladi;
  1. qatlam - To’liq ishlab chiqilmagan bitlarni jismoniy kanal bo’ylab o’tkazadi; bu qatlam kanalga kirish uchun qo’yilgan mexanik, elektrik, funksional va jarayonga tegishli talablar bilan shug’ullanadi.



1.2– rasm. Aloqa tarmog’i



1.3- rasm. OSI modeli, o’rtadagi DLC qisqartmasi data link control (ma‟lumot aloqa nazorati)ni bildiradi
http://fayllar.org
Yüklə 13,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin