Iii mavzu: talab va taklif. Bozor muvozanati reja Bozorlar va raqobat Talab va taklif Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 73,71 Kb.
səhifə1/4
tarix24.10.2023
ölçüsü73,71 Kb.
#161055
  1   2   3   4
3-Mavzu MI


III MAVZU: TALAB VA TAKLIF.
BOZOR MUVOZANATI


Reja


1.Bozorlar va raqobat


2.Talab va taklif
Tayanch so’z va iboralar: Bozor, raqobatdosh bozor, talab miqdori, talab qonuni, talab jadvali, talab egri chizig’i, normal Tovar, past Tovar, o`rin bosuvchi, to`ldiruvchi, taklif hajmi, taklif qonuni, taklif jadvali, taklif egri chizig’I, Muvozanat, muvozanatli narx, muvozanatli hajm, Ortiqchalik, Taqchillik, talab va taklif qonuni


1.Bozorlar va raqobat

Talab va taklif tushunchalari odamlarning o`zini tutishiga va ularning o`zaro ta’siriga taalluqlidir. Sotuvchi va xaridorlarni o`zini tutushini muhokama qilishdan avval biz bozor va raqobatchilik iboralarini chuqur o`rganib chiqishimiz shart.




Bozor nima?


Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar guruhidir. Bir guruh xaridorlar tovarga talab miqdorini belgilaydi va bir guruh sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi.

Bozor ko`p shaklga egadir. Ayrim hollarda ular, masalan, ko`plab qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan bo`ladi. Bunday bozorlarda sotuvchi va xaridor muayyan vaqt va muayyan joyda uchrashadilar va kim-oshdi savdosida narxlar belgilanadi.


Ammo ko`pincha bozorlar kerakli darajada tashkil etilgan bo`lmaydi. Masalan, muayyan bir shaharda muzqaymoq savdosini ko`rib chiqaylik. Xaridorlar muayyan bir joyda uchrashmaydilar. Sotuvchilar har-xil joyda bo`ladilar va har-xil tovarni taklif qiladilar. Bu yerda kim-oshdi savdosi bo`lmaydi. Har bir sotuvchi o`zi narxni belgilaydi va xaridor qanaqa va qayerda muzqaymoq olishni o`zi hal qiladi. Shunga qaramay, bu holda ham sotuvchi va xaridor o`zaro bog’langan. Muzqaymoq xaridorlari ko`p sotuvchilar ichidan o`zining ehtiyojini qoniqtiradiganini tanlaydilar, sotuvchilar esa o`z o`rnida yaxshi savdo uchun xaridorlarni qiziqtirishga harakat qiladilar. Shunday qilib, qandaydir tashkilotchilik mavjud bo`lmasligiga qaramay, bozorni sotuvchi va xaridor shakllantiradi.





Yüklə 73,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin