Mundareja kirish I. Konning geologik xarakteristikasi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə1/5
tarix13.07.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#136489
  1   2   3   4   5

Mundareja
KIRISH
I. KONNING GEOLOGIK XARAKTERISTIKASI.
1.1. Muruntov konining geografik o‘lchamlari
1.2. Muruntov konining geologik tuzilishi. `
1.3. Kon tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari.
1.4. Kon korxonasining xarakteristikasi.
II. KON-TEXNOLOGIK QISM
2.1. Karyer va ishchi gorizontlarini ochish.
2.2. Qazib olish tizimi
2.3. Karyerning xizmat qilish muddati va unumdorligi
2.4.Muruntov karyerida qo’llanilayotgan kompleks mexanizatsiya vositalari………………………
III. ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI.
3.1 Tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash.
3.2. Qazish – yuklash ishlari
3.3 Kon massasini tashish
3.4.Ag‘darma hosil qilish
3.4.1.Avtomobil transporti qo‘llanganda buldozerli ag‘darma hosil qilish.
3.4.2.Konveyer transporti qo’llanilganda konsolli ag’darma hosil qilish
IV. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
V. ELEKTR TA’MINOTI
VI. TEXNIK-IQTISODIY KO’RSATKICHLAR
Xulosa
Adabiyotlar
Ilovalar

yo‘nalishining o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘lchamlarning shpurlarni kavjoyda joylashtirishda va portlovchi moddaning solishtirma o‘lchamini tanlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichdir. G‘ovaklik (serkovakli, g‘alvirakli). Tog‘ jinslari bo‘shliqlar ning mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. Jinsdagi bo‘shliqlar hajmini jins massasini hajmiga nisbati g‘ovaklik darajasi deyiladi. Jinslarda g‘ovaklik o‘lchami qancha yuqori bo‘lsa, suv singdiruvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bunday jinslarda kon lahimi o‘tkazilganda lahimda suv ko‘p bo‘lishini kutish kerak. Solishtirma og‘irlik – bu zich jins hajm birligining og‘irligiga (g‘ovakliklar hajmini chiqarib tashlaganda) aytiladi. Hajm og‘irligi – jinslarning massivdagi to‘liq hajm birligining og‘irligiga aytiladi. Solishtirma og‘irlik jinslarning g‘ovakligi, darzliligi sababli hamma vaqt hajm og‘irligidan kata bo‘ladi.
Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi ularni burg‘ilash, portlatish, qo‘porish va kondagi foydali qazilma boyliklarni qazib
olish tizimini tanlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Kon jinslarining mahkamligi deganda, ularning burg‘ilashda parchalab ushatish jarayoniga ko‘rsatadigan qarshiligi tushuniladi. Kon jinslarining bu xususiyati ularni qazib olishda sarflanadigan kuch va materiallar me’yoriy miqdorining o‘zgarishiga va mehnat unum dorligining o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Kon jinslarining bunday xususiyatlarini birinchi bo‘lib ilmiy asosda professor M. M. Protodyakonov o‘rganib va amaliy sinovlar bilan tasdiqlab, konlarni qazib olish jarayonida kon jinslarining ko‘rsatadigan qarshilik nazariyasini yaratgan. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va ularni qazib olishning barcha jarayonlarida qarshilik nazariyasi asosiy nazariyalardan biri sifatida qaraladi. M. M. Protodyakonov bu nazariya asosida tog‘-kon jinslarining mahkamlik tasnifini tuzgan. Unga ko‘ra tog‘ jinslari 10 toifaga bo‘lingan va mahkamlik koeffitsiyentlari aniqlangan. Koeffitsiyentlar 1 dan 20 gacha belgilangan .


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin