Mavzu:Bozor muvozanati va uni ta’minlash modellari
Reja:
1. Bozor muvozanati va muvozanatli narx.
2. Talab va taklif o‘zgarishining bozor muvozanatiga ta’siri.
3. Maksimal va minimal narxlar.
Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik ya’ni qisqa muddatli va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi.
Muvozanat narx Pe va muvozanat xajm Qe
Bozor muvozanatini taʼminlashning asosiy yoʻllari:
--tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish;
--aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi;
--mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi.
Tadqiqotchilar bozor muvozanatini baholashning ikkita usulidan foydalanadilar.
Walrasning yondashuvi . Bu erkin raqobat sharoitida sotuvchilar va iste'molchilar o'rtasida o'zaro bog'liqlikni nazarda tutadi.
Marshall bozori muvozanati modeli . Uzoq vaqtning ta'rifini oladi. Agar taklif mukammal bo'lmasa, unda ishlab chiqaruvchi taklifni qabul qiladigan miqdorga e'tiborni qaratadi. Bunday yondashuvda bozor muvozanatining mexanizmi faqat sotuvchilar tomonidan nazorat qilinadi.
Agar nomutanosiblikdan keyin bozor muvozanat holatiga kelsa va oldingi muvozanat narxi va hajmi o'rnatilsa, u holda muvozanat barqaror deyiladi.
Agar nomutanosiblikdan so'ng yangi muvozanat o'rnatilsa va narx darajasi va talab va taklif hajmi o'zgarsa, muvozanat beqaror deb ataladi.
Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, talab chizig‘i o‘ngga siljiganda, muvozanat narx Pe va muvozanat tovar hajmi Qe o‘sadi.
Talabning kamayishi, boshqa omillarni o‘zgarmas deb qabul qilganda, narxlarning pasayishiga va talab hajmining ham qisqarishiga olib keladi. Bunda talab va taklif chiziqlarining yangi kesishish nuqtasi oldingi holatdan pastga siljidi.
Narxlarning quyi chegarasi – ya’ni minimal narx bu davlat tomonidan muvozanat narxdan yuqorida o‘rnatiladigan minimal narx bo‘lib, odatda bozor mexanizmi ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilarning ayrim guruhlariga yetarli daromad olishga imkon bermaydigan holatlarda qo‘llaniladi.
Narxlarning yuqori chegarasi – bu qonuniy asosda muvozanatli narxdan pastda o‘rnatilgan maksimal narx bo‘lib, u sotuvchilarga tovarni sotish uchun so‘ralanadigan narxlarning eng yuqori chegarasini belgilab qo‘yadi. Narxlarning yuqori chegarasi iste’molchilarni birinchi darajali zaruriy tovarlar va xizmatlar bilan minimal darajada ta’minlashga imkon yaratadi.