Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining rivojlanishi.
Miya po’stlog'I qavatlari.
Bosh miya yarimsharlari po‘stlog’i funksiyasini tekshirish usullari.
Bosh miya biotoklarini yozib olish usuli.
Bosh miya katta yarim sharlari Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo'lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharda miya qopqog'i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklar va ikkita yon qorincha bo'ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko'p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim shaming tashqi, ichki va pastki
yuzasi boiadi. Miya yarim sharlari katta egatchalarining: peshona, tepa, ensa, chakka
va orolcha kabi boiaklari bor. Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko'tariladi, yarim sharlarning chakka boiagini
boshqalardan ajratadi. Roland, ya’ni markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqori chetidan boshlanib, o'rtada Silviyev egati tomon pastga yo'naladi, katta yarim sharlarning peshona boiimini tepa boiagidan ajratib turadi. Shuningdek, ensa tepa egatchasi katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko'ndalangiga yo'nalgan b o iib , ensa boiagini tepa boiagidan ajratadi. Har qaysi boiagidagi mayda egatchalar pushtalar yordamida bir biridan ajraladi. Katta yarimsharlarning orolcha boiagi Silviyev yorigining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka boiaklar bilan o'ralib turadi. Peshona boiimida to'rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o'rta va pastki pushta boiadi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida, qolgan uchtasi ko'ndalang joylashgan. Tepa boiagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko'ndalang pushta bor. Chakka boiagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta, ensa boiagida uchta kichikroq pushta boiadi. Miya katta yarim sharlarning ichki yuzasida ham bir nechta egatchalar bor.
Bosh miya katta yarim sharlari po’tloqosti gangliyalari va miya plashidan iborat bo’lib qaysiki yonbosh qorinchalari bo’shlig’ini o’rab turadi. Voyaga yetgan odamlarda katta yarim sharlarining vazni bosh miya vaznining qariyib 80 % ni tashkil etadi. O’ng va chap yarim sharlar bir-biridan uzunasiga chuqur egat bilan bo’lingan. Bu egatning tubida nerv tolalaridan tashkil topgan qadoqli tanalar joylashgan. Qadoqli tanalar o’ng va chap yarim sharlarni bir-biriga tutashtirib turadi.
Odamlarda miya plashi, bosh miya po’stlog’i holida tan olinadi. Bu katta yarim sharlarning kulrang moddasidir. Ular nerv hujayralaridan va ulardan chiquvchi o’simtalar va neyrogliya hujayralaridan (neyronlar uchun tayanch funksiyasini bajaruvchi hujayralar: taxmin qilinishicha neyrogliyalar neyronlarning modda almashinuvida ishtiroki bor ekan) hosil bo’ladi.
Bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’i markaziy asab tizimining oliy filogenetik jihatdan ancha yosh hosilalaridan hisoblanadi. U katta yarim sharlarning yuzasini to’lig’icha 1,5 dan 3 mm. bo’lgan qalinlikdagi qatlam bilan qoplab turadi. Voyaga yetgan odamlarda katta yarim sharlar po’stlog’ining umumiy yuzasi 170-200 sm3 ni tashkil qiladi. Po’stloqda 12 dan 18 minggacha nerv hujayralarini sanash mumkin. Bosh miyaning umumiy yuzasi juda ko’plab egatlar hisobiga ortib boradi, chunki egatlar yarim sharlarni shishsimon chigalliklarga va bo’laklarga bo’ladi.
Asosan uchta bosh –markaziy, yonbosh va tepa –ensa egatlar har bir yarim sharni to’rtta: peshona, tepa, ensa va chakka bo’laklarga bo’ladi.
Markaziy egatni oldi tomonida peshona bo’lagi yotadi. Tepa bo’lagi old tomonidan markaziy egat bilan, ort tomondan tepa-ensa, pastdan-yonbosh egatlar bilan chegaradoshdir. Tepa – ensa egatining ortida ensa bo’lagi turadi. Chakka bo’lagi yuqoridan chuqur yonbosh egati bilan chegaralanadi. Chakka va ensa bo’laklari orasida keskin biron chegara yo’q. Miyaning har bir bo’lagi o’z navbatida egatlar bilan qator chigalliklarga bo’linadi.