4.O`zbekiston respublikasi byudjet daromadlari va xarajatlari.
Kamroq byudjet, kattaroq g'oya.
Ford Koppola
1.Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati.
DAVLAT BYUDJETI — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo’g’ini hisoblanadi.
I) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari);
3)byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).
GB Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
davlat byudjetining darornadlari
byudjetga.to'lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
GB Davlat byudjetiga to'lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to'lovchilaming xarajatlaridan iborat bo'lib, ularning darornadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o'zida ular davlat byudjetida davlatning darornadlari sifatida gavdalanadi.
Davlat byudjetining daromadlari o'zining yaxlitligi (yagonaligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.
GB Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o'rin egallab, uning barcha bo'linmalari bilan bog'langan. Bunday bog'lanish ikki yo'nalish-byudjetga to'lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Daviat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo‘linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:
1)taqsimlash;
2)nazorat;
GB Nazorat funksiyasi quyidagi maqsadlari ko'zda tutadi :
I) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag'larini jalb qilish;
2) mablag'larni sarflashning qonuniyligini ta'minlash;
3) moliyaviy (byudjet) mexanizm orqali ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish.