Bank tizimida elektron axborot texnologiyalari



Yüklə 43,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü43,56 Kb.
#192053
  1   2   3   4
Nasimova Y 245-250 JUSR



245 
BANK TIZIMIDA ELEKTRON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
Nasimova Yulduz Baxriddin qizi 
Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti, 3-kurs BIA-82 guruh talabasi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada
 
respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklar 
tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aholiga 
masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank-mijoz, internet-banking, mobil-banking 
va chakana to‘lovlarni amalga oshirish va keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirishda 
axborot texnologiyalarining o’rni tahliliga bag‘ishlanadi. 
Kalit so’zlar: 
bank,
 
bank tizimi, bank texnologiyasi, axborot texnologiyalari, 
KIRISH 
Keyingi yillarda mamlakatimiz bank tizimi jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda 
tobora ko'proq banklar o'z xodimlarining professionalligi va yangi texnologiyalarga 
tayanmoqda. 
Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan 
moliyaviy institutdir. O`zbеkiston Rеspublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon 
talabiga mos kеluvchi, rivojlangan milliy krеdit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va 
aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida 
aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga 
erishish. Bank axborot tizimi (BAT)-moliyalashtirish va kreditlashning belgilangan 
shartlariga muvofiq nazorat qilinadigan resurslarni o'zlashtirish, qaytarish va 
muvozanatlash vositasi bo'lgan yagona dasturiy-texnologik kompleks hisoblanadi. 
Bank axborot texnologiyasi - hisoblash texnikasidan foydalangan holda boshqaruv 
qarorini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni ta'minlash maqsadida 
ma'lumotlarni to'plash, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash va qayta ishlash usullari asosida 
bank axborotlarini qayta ishlash jarayoniga aytiladi. 
Yangi kompyuter texnologiyalarini joriy etish uchun bankdan ko'ra qulayroq 
zaminni tasavvur qilish qiyin. Aslida, bank faoliyati davomida yuzaga keladigan deyarli 
barcha vazifalarni avtomatlashtirish juda oson. Muhim axborot oqimlarini tez va 
uzluksiz qayta ishlash har qanday yirik moliyaviy tashkilotning asosiy vazifalaridan 
biridir. Shunga ko'ra, tobora ortib borayotgan axborot oqimlarini qayta ishlash imkonini 
beruvchi kompyuter tarmog'iga ega bo'lish zarurati yaqqol namoyon bo'lmoqda. 


246 
Bundan tashqari, eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun etarli moliyaviy 
resurslarga ega bo'lgan banklardir. Biroq, o'rtacha bank kompyuterlashtirishga katta 
mablag' sarflashga tayyor deb o'ylamaslik kerak. Bank, birinchi navbatda, foyda olish 
uchun mo'ljallangan moliyaviy muassasadir, shuning uchun modernizatsiya qilish 
xarajatlari uni amalga oshirishdan kutilayotgan foyda bilan taqqoslanishi kerak. 
Bugungi kunda banklarning asosiy muammolaridan biri bu - bank elektron 
tizimiga yo’naltiriladigan investitsiyalarni boshqarishdir. Chunki bank elektron tizmida 
bank industriyasi o’zgarishlari va bank faoliyati haqida zamonaviy tasavvur to’liq aks 
etishi lozim. Biznesning strategik yo’nalishlaridagi muvaffaqiyat to’lig’icha yangi 
tizimlar realizatsiyasiga bog’liq.
Bu muammoni yecha olgan raqobatlashayotgan banklar 2000 yilda yetakchilik 
orasida bo’ladi. Bankning muvaffaqiyatli ishlashi axborotlashtirishga jiddiy 
munosabatsiz iloji yo’q. 
Avtomatlashtirilgan tizimlar bankni muvaffaqiyatga olib keluvchi bank 
faoliyatini rivojlantirish yo’llari izlanishni qo’llab-quvvatlashi lozim. Lekin ko’pincha 
bu tizimlar mehnatning “qo’l texnologiyasi”ni to’liq takrorlaydi (bunday vaziyatni 
anglatuvchi maxsus inglizcha atama “electronic concretc” ham paydo bo’ldi). 
Ayni vaqtda zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalanish bankka mijozlar 
bilan ishlash, bozor tadqiqoti, moliyaviy boshqaruv kabi asosiy sohalarda yordam 
berishi, hisbo va hisobot bo’yicha bank ichki operatsiyalarini mutlaqo ishonchli qilishi, 
yanada foydali xizmatlar joriy etishi mumkin 

Yüklə 43,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin