Baqirmaydigan onalar Farzandlarimiz kichkinaligida ularga baqirib-chaqirib, ba`zan urib, qo`rqitib aytganlarimizni qildira olamiz. Ho`p, ular bizdan qo`rqmaydigan yoshga yetganlaridachi, und anima qilamiz?
Ko`rsatkich barmog`ini farzandiga niqtab baqiradiga ona bilib qo`ysinki, u bolasini tarbiya qilayotgani yo`q. aksincha, bolaning qalbida ildiz otajak aybdorlik tuyg`usining ilk urug`larini qadamoqda. O`zi nega baqiramiz? Nega biz onalar farzandlarimizga ovozimizni ko`taramiz?
Onalarni hafa qiladigan, jaxlini chiqaradigan, g`azabini keltiradigan jihat bu voqea yoki farzandlarimizdagi nuqsonlar emas. O`sha voqea yoki farzandlarimizga nisbatan ongimizda paydo bo`lgan ijobiy yoki salbiy fikrlardir. Ya`ni ularga nisbatan biztomonimizdan qaratilgan nuqtai nazarimiz. Misol uchun, yomg`ir kimgadir raxmat, yana kimgadir zaxmat ekanligining sababi ham mana shunda. Shunday qilib, ko`chada yog`ib turgan yomg`ir aynan o`sha yong`ir bo`lishiga qaramay, ba`zi insonlar unga quyidagicha fikr bildiradilar:
Birinchi toifadagi odamlar tashqariga qaraydi va ufff… endi ko`chalarda mashinalar tiqilinch bo`ladi, bolalar maktabga borishayotganda ho`l va shalabbo bo`ladi, oyoq kiyim va ust boshlari loy bo`ladi. Qayerdan chiqdi bu yomg`ir-a? deydi.
Ikkinchi toifa esa huddi shu manzaraga qarab, behisob shukur! Ustimizga Allohimning rahmatlari yog`ayapti, endi su omborlari suvga to`ladi, tuproqlarga Baraka inadi. Bolajonlar esa maktabdan qaytishayotganlaridan keyin bog`larga borib, yaxshigina ho`l bo`ladilar. Ko`lmaklarda barglarni qayiq qilib suzdiradilar qabilada fikirlashlari mumkin.
Hayotdagi hamma voqea ham huddi shunaqa. Eng yuqori nuqtada, hatto o`lim ham kimnidir tor-mor etar ekan, kimdir uchundir bu holat shahodat maqomiga yetishish jumlasi bilan kutib olinadi va ulkan shukur qilishlikkayam sabab bo`lishi mumkin.
Farzandlarimiz haqida gap ketar ekan, bunda ham vaziyat bir xil. Bizni hato qilgan, jaxlimizni chiqargan, g`azab girdoblariga tashlagan farzandlarimizning aynan o`zi emas, ularning harakatlariga nisbatan ongimizda paydo bo`lgan nuqtai nazarimiz. Kim uchundir boshning toji bo`lgan bolaga yana bir uyda boshga bitgan balo sifatida qaralib, unga yomon muomala qilinadi. Agar bu ishga chuqurroq qaraydigan bo`lsak, aslida biz shavqatli, farzandi bilan kelishishb, alohida e`tibor qaratadigan va kerak bo`lsa, baqirib-chaqirmasdan ota-onalik qilishni niyat qilgan insonlarmiz. Ammo nuqtai-nazarimiz bizga to`g`ri yo`lni voqealardagi haqli sabablarni va tuyg`ularni ko`rishimizga to`sqinlik qiladi va ichimizda hujum qilishga shay turgan onani harakatga keltiradi. Sizlar uni juda yaxshi bilasizlar. Jaxli chiqqanda ikki qo`li belida, bolasiga qarab, qarg`anib, shippak uloqtiradigan, asabi buzilganda ko`zlaridan o`t sachraydigan, men senga aytmaganmidim? Hozir o`sha yerga borsam, o`zim bilganimdek qilaman va uchgacha sanagunimcha qara lekinlar bilan bolasiga tashlanadigan o`sha mashhur shaxs. Ho`p nima sababdan farzandining barmog`iga tikan kirsa joni og`riydigan onalar bu vaziyatlar qarshisida bunaqa jonzotga aylanib qolamiz.
Ongda aynan biz tuzatishimiz kerak bo`lgan nuqtai nazarlar keltirilmoqda. Tanishamiz, birinchisi: bolani yoshligida ezmasam, katta bo`lganidan keyin eplolmay qolaman.