Belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 264,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix01.12.2023
ölçüsü264,55 Kb.
#170515
  1   2   3
5Goqmv0zXBSVoc7du6qeSDoeKnk4NjgNhBzT9HVm



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2O22” loyihasi 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“FIZIKA FANIDA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH 
USULLARI” o‘quv kursining 
“Fanda baholash topshiriqlarining ahamiyati” mavzusida 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna 
 
 
 
Toshkent


3-Mavzu: Fanda baholash topshiriqlarining ahamiyati 
Reja: 
1.
 
Baholash - o‘qitish samaradorligini o‘lchash imkonidir. 
2.
 
O‘quvchilar bilim teranligining baholashning 4 ta darajasi. 
3.
 
Baholash topshiriqlaridan namunalar. 
“O‘quvchilarning olgan bilimlarini baholash orqali davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq olinishi kerak bo‘lgan bilimlarga qay darajada mos kelishini aniqlaydi.” 
Normann VEBB 
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga 
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). 
Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, 
uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning 
faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, 
bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars 
tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, 
ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon 
bo‘ladi. 
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotiar to‘plash, 
ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealaming keying rivojini 
taxminlashni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy 
g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro 
mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro 
tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli 
yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan 
yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro 
standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini baholaganda uning og‘zaki javobini, uy 
vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi ma’lumotlarni o‘rganishdagi faolligini, 
mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. 
Shuning bilan birga masalalar yechishdagi faolligini ham kuzatib baho qo‘yish 
mumkin. 
O‘quvchilarning yozma ishlarini baholashda fizik termin va kattalik 
nomlarining to‘g‘ri yozilishini, ishlarning sistemali va bartartib bajarilganligini 
ham nazarda tutish lozim. 


O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning 
ijobiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart. 
O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi. 
Besh – javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, 
asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, fizik aloqadorlikni tushunadi va misollar 
keltiradi; formula va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan 
ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi. 
O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masalalarni yechishda ijodiy yodashishi, eng
yangi fizik voqealardan xabardorligi rag‘batlantiriladi. 
To‘rt – javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni 
aniqlashda, fizik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining 
qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga 
yo‘l qo‘yadi. 
Uch – javob to‘g‘ri, o‘quvchi asosan materialni tushunadi, ammo 
tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda 
qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi. 
Ikki – javob noto‘g‘ri, asosiy faktik materialni, fizik qonuniyatlarni
bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik bilan 
ishlay olmaydi. 
Bir – og‘zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo‘q. 

Yüklə 264,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin