1
Bismillahir rohmanir rohiym
Muqaddima
Alloh taologa oʻzi rozi boʻlgunicha
hamdu sano,
paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovat
va salomlar boʻlsin. Ammo baʻd:
Alloh taolo bizga nabiyyimiz Muhammad sollallohu
alayhi vasallamni haq din ila, olamlarga rahmat oʻlaroq jonatar
ekan, bizni u zotga itoat qilishimizni, u zotni yaxshi koʻrish va
haq-huquqlarini oʻz oʻrniga qoʻyishimizni buyurdi.
Alloh
taolo jannat uchun eshiklar qilgan. Bu eshiklar faqatgina u
zotning yoʻlidan yurganlargagina ochiladi
1
. Bizlarga ham ana
shu eshiklar ochilishini istasak, u zotning yoʻllarini,
siyratlarini oʻrganib, u zotga ergashmogʻimiz kerak.
Qoʻlingizdagi ushbu risola Doktor Xolid Ibn Mahmud Al-
Juhaniyning “Ad-Durrul mujtaba fiy vasfil-mustofa”
asariga
tayanib yozildi.
Istardimki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyida
keladigan goʻzal sifatlari har bir musulmon oilasida takror
takror oʻqilsin. Toki zehnlarimizda u zotning sahih
koʻrinishlari va xulqlari gavdalansin.
Quyidagi bitiklar oz
boʻlsa ham u zotni yaqinroq tanishga hissa qoʻshadi degan
umiddaman.
1
Ibnul Qoyyim, “Zadul ma’ad” 1/36-37.
2
Ushbu risola uch qismdan iboratdir:
1)
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tashqi
koʻrinishlari
2)
U zot sollallohu alayhi vasallamning xulqlari
3)
U zot sollallohu alayhi vasallamning xususiyatlari
Risolada kelgan har bir maʻlumot manbasi pastda
havolada keltirildi. Duolarning arabcha matni bilan oʻzbekcha
harflarda oʻqilishi va maʻnolari keltirildi.
Arabchaga xos
boʻlgan baʻzi tovushlarni oʻzbekcha harfda toʻliq ifoda qilib
boʻlmagani uchun, arabcha oʻqishni bilmaydiganlar
biladiganlarga oʻqitib, keyin duolarni yodlaganlari afzal.
Alloh taolodan ushbu qilingan ojizona harakatni qabul
qilishini,
xato-kamchiliklarimni
magʻfirat
qilishini,
shuningdek, ota-onamni
va ustozlarimni ham Firdavs
jannatlari bilan siylashini, hamda, shu risolani oʻqib foyda
olgan va uni boshqalarga ham ulashganlarni magʻfirat qilib,
darajalarini koʻtarishini soʻrayman. Amiyn.