3-Mavzu: Fanda baholash topshiriqlarining ahamiyati
Reja:
1.
Baholash - o‘qitish samaradorligini o‘lchash imkonidir.
2.
O‘quvchilar bilim teranligining baholashning 4 ta darajasi.
3.
Baholash topshiriqlaridan namunalar.
“O‘quvchilarning olgan bilimlarini baholash orqali davlat ta’lim standartlariga
muvofiq olinishi kerak bo‘lgan bilimlarga qay darajada mos kelishini aniqlaydi.”
Normann VEBB
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish,
uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning
faoliyatlari
va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari,
bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars
tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim,
ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish
kabi holatlar namoyon
bo‘ladi.
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotiar to‘plash,
ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealaming keying rivojini
taxminlashni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakalarini
nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan
yoshlarning ijodiy
g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim,
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar,
xalqaro
mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro
tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli
yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan
yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro
standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini baholaganda uning og‘zaki javobini, uy
vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi ma’lumotlarni o‘rganishdagi faolligini,
mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim.
Shuning bilan birga masalalar yechishdagi faolligini ham kuzatib baho qo‘yish
mumkin.
O‘quvchilarning yozma ishlarini baholashda
fizik termin va kattalik
nomlarining to‘g‘ri yozilishini, ishlarning sistemali va bartartib bajarilganligini
ham nazarda tutish lozim.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning
ijobiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart.
O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi.
Besh – javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy
faktik materiallarni biladi,
asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, fizik aloqadorlikni tushunadi va misollar
keltiradi; formula va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan
ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi.
O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masalalarni
yechishda ijodiy yodashishi, eng
yangi fizik voqealardan xabardorligi rag‘batlantiriladi.
To‘rt – javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni
aniqlashda, fizik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining
qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga
yo‘l qo‘yadi.
Uch – javob to‘g‘ri, o‘quvchi asosan materialni tushunadi, ammo
tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda
qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
Ikki – javob noto‘g‘ri, asosiy faktik materialni,
fizik qonuniyatlarni
bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik bilan
ishlay olmaydi.
Bir – og‘zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo‘q.