Bino Va Inshootlarning Texnik Holatini Baholashning Maqsad Va Vazifalari



Yüklə 10,04 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü10,04 Kb.
#195674
Bino Va Inshootlarning Texnik Holatini Baholashning Maqsad Va Vazifalari


Bino Va Inshootlarning Texnik Holatini Baholashning Maqsad Va Vazifalari

Fan-texnika taraqqiyoti bino va inshootlarning real texnik holatini aniqlashda tekshirishning ilg‘or usullarni qo‘llash, zamonaviy diagnostik asboblardan foydalanishni taqozo qiladi. Mavjud ekspluatatsiyadagi bino va inshootlar ishonchliligi va umrboqiyligi ko‘p jihatdan ularda o‘tkaziladigan rejaviy joriy va kapital ta’mirlash ishlariga bog‘liq bo‘ladi. Sir emas, hozirgi kunda mavjud turarjoy, jamoat, sanoat va boshqa bino va inshootlarning aksariyat qismi xuddi shunday ta’mirlash ishlariga muhtoj. Mazkur binolarning ko‘pgina konstruktiv elementlari allaqachon o‘zining me’yoriy xizmat davrini o‘tab bo‘lgan. Turli tabiiy va antropogen ta’sirlar ostida bunday binolarda konstruktiv elementlarning shikastlanishga moyilligi ortib boraveradi.


Korxonalarda, mahalliy xokimiyat organlardagi moliyaviy tanqislik yaqin kelajakda bino va inshootlarning texnik holati masalasini global muammoga aylantiradi.
Xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ob’ektlarda, ayniqsa, katta shaharlarda tabiiy va texnogen ta’sirlar natijasida talofatni mumkin qadar kamaytirish, seysmik nuqtai nazardan aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugungi kunda bino va inshootlarda monitoring tizimini, ularda deformatsiya va boshqa o‘zgarishlarni doimiy nazorat qilishni joriy qilish payti keldi. Bundan tashqari, bino va inshootlarning real texnik holatini tadqiq qilish, konstruktiv elementlardagi emirilish darajalarini, ularning qoldiq xizmat davrlarini aniqlash -mustaqillik yillarida respublikamizda shakllangan ko‘chmas mulkni iqtisodiy baholashda, texnik, iqtisodiy va huquqiy masalalarni echimida ham muhim ahamiyatga egadir.
Bino va inshootlardagi konstruksiyalar hamda muhandislik jihozlari bo‘yicha izlanish va tekshirishlar olib borish, ya’ni ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, qurilish konstruksiyalari elementlarining qanday sifatda tayyorlanganligi va jihozlar montajining sifatini nazorat qilish metodlarini o‘z ichiga oladi. Bu metodlar bo‘yicha olib borilgan nazorat orqali ob’ektdagi qurilish konstruksiyalari elementlari va jihozlar montajining loyihaviy parametrlarga mos kelishi va ularning ekspluatatsiya jarayonida haqiqiy ishlashini qanday darajada ta’minlay olishi belgilanadi.
Ekspluatatsiya qilinayotgan konstruksiyalarning holatini o‘rganishda ham aynan ularning tayyorlanish sifatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan metodlardan foydalaniladi. Biroq ko‘p hollarda ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ektlar uchun ularning tashqi faktorlar ta’siridagi real ishlash sharoitlarini o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Bunday vaziyatlarga, masalan, binoning konstruktiv va injenerlik ishlash qobiliyatini uning parametrlarining hisobiy qiymatlardan og‘ishini hisobga olgan holda baholash zarur bo‘ladi.
Montaj yoki ekspluatatsiya jarayonida konstruksiyalarning shikastlanishi oqibatida sodir bo‘ladigan, hamda insonlar hayotiga xavf soladigan katastrofa -avariya sabablarini tahlil qilishda qo‘llaniladigan texnik ko‘rikdan o‘tkazish metodlariga yanada yuqori talablar qo‘yiladi. Bino va inshootlar texnik holatining baholanishi xarakterli bo‘lgan defektlarni aniqlash va konstruksiyalarni hisoblash metodini tanlash, ularning ishonchlilik darajasini oshirish, konstruktiv sxemalar, konstruksiyalarni tayyorlash, ularni montaj va ekspluatatsiya qilish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish talab etiladi.
Bino va inshootlarni murakkab kuchlanish-deformatsiyalanish holatida ishlaydigan ko‘p sonli elementlardan tarkib topgan sistema deb qarash mumkin. Qurilish konstruksiyalari va injenerlik jihozlari ulardan foydalanish davrida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisalarni ko‘zda tutadigan bir qator faktorlar bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun bino, inshoot yoki injenerlik sistemalarining texnik holatini baholash uchun ulardagi elementlarning o‘zaro aloqadorligini va xossalar shakllanishining ehtimoliy xarakterini hisobga olgan holda ularning keyingi ekspluatatsiya qilinishini oldindan bashorat qila bilish kerak. Buning uchun, texnik diagnostikadan tashqari ob’ektning ishonchlilik darajasini aniqlash lozim bo‘ladi.
Eramizdan oldin I-III asrlarda qurilish sohasi bilan shug‘ullangan eng birinchi olimlardan biri Germogen bo‘lib, u Gretsiyada tavallud topgan va yashagan. Eramizgacha bo‘lgan III asrda Arximed statikaga asos soldi.
IX-XII asrlarda Sharqning mashhur olimlari aka-uka Banu Musolar, Sobit ibn Qurra, Al Farobiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Abdullo Al Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Hayom, Al Haziniy va boshqalar qurilish bilimlari sohasida ham barakali ijod qilishdi. Materiallarning xossalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan dastlabki izlanishlar Leonardo da Vinchi (1452-1519) nomi bilan bog‘liqdir. Uning “Turli uzunlikdagi temir simlarning qarshiligini sinash” ga doir ilmiy ishida teskari bog‘liqlikdagi elementni o‘z ichiga oluvchi uskunaning eskizi keltirilgan bo‘lib, undagi cho‘zilgan simga qum to‘ldirilgan idish ulangan. Bu uskunada simning uzilish vaqtida ta’minot qurilmasining sistemadan ajralishi ro‘y beradi.

Yüklə 10,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin