Reja: 1 Shina o’tkazgichlar haqida tushuncha



Yüklə 436,67 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#123726
shina o\'takzgichlar taqsimlash


Shina o’tkazgichlar. Taqsimlash shina montaji.

Reja:

1 Shina o’tkazgichlar haqida tushuncha.
2 Taqsimlash shina montaji.
3 Xulosa.

Texnik ko‘rinish holatini aniqlashda-tiklash mumkin yoki tiklab bo‘lmasligi haqida xulosa qilinadi va uskunaning ishga yaroqligi texnik holatini bashorat qilishda uskunaning to‘xtovsiz ma’lum vaqt oralig‘ida ishlatilish holatining qoldiqzahira chegarasiga baho beriladi.


Uskunalar ish davomida mo‘ntazam yuqori yuklanishga uchiraydi, buzilishli o‘ta yuklanishlar, qisqa tutashuv toklaridan o‘ta yuklanish ta’siri (momaqaldiroq, komutatsiyali, ferrorezonansli va boshqa faktlar sabablar).
Sanab o‘tilgan to‘plamli dalillar, agar ular birga ta’sir qilsa uskuna tavsifi yomonlashishiga va bo‘ning natijasida uskunaning ishdan chiqishiga imkon yaratadi. Bu elektr uskunaning ishga yaroqsizlik holatga kelishiga va bo‘ndan keyin u o‘z vazifasini bajaraolmasligiga olib keladi.
Ko‘puskunalarni tiklanishlarida tabiy holda ishga yaroqsizlik bog‘liqligi oshib boradi ishlatilish muddat ko‘rsatkichiga ko‘ra, 11.2- rasm «Xayot egri chizig‘i» deyiladi texnikaviy buyum uch xil o‘ziga xos vaqt mintaqasiga ega 1,2 va 3.
- oraliqda -uskunamontajidan so‘ng yoki ta’mirlashdan keyingi davrida ishdan chiqishi etarli darajada yuqori;
- oraliqda - uskuna me’yorli ishlatilish davrida mo‘ntazam bir xilda. Bu mintaqada ishdan chiqishholati tasodifiylik bilan tavsiflanadi;
- oraliqda - uskunaning ayrim bo‘laklari eskirish davrida va uskunabo‘to‘nlay eskirishi. Bu davrda emirilish, ishdan chiqishlar jadalligi oshib borishini tavsiflaydi, 6.2- rasm. Ishlatilish muddatiga bog‘lik holda ishdan chiqish jaddaligi uskunaning barqaror ishlatilishini ta’mirlash ehtimoli.
Uskunaning tashish shartlari va uskunani saqlash va yana kutilmagan faktlar va ko‘pincha ishlatuvchi xizmatchi noto‘g‘ri harakat ta’siri ishga yaroqsizligiga olib keladi.
Uskunalar ishdan chiqishida keltirilgan zarrarlar qiymati elektr iste’molchi kategoryasiga odamlar hayotiga qancha xavfligi, texnalogik jarayonning qanchalik darajada buzilishi, mahsulot ishlab chiqaraolmaslik darajasi, ishchi mexanizmlar va boshqa to‘rdagi isroflar (salt) qiymatlari kiradi.
YUqorida keltirilganlardan sho‘nday xulosaga kelish mumkin, bu beto‘xtov (keng manoda ishonchli) ishlatilishi o‘ning ishlatilishidagi hartomonlama aloqalari bilan chambarchas bog‘liq, bo‘larga: tashish, saqlash, ishlatilishi shart-sharoit jarayonlari, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sifati va boshqalar kiradi.

6.2- rasm.Ishlatilishiy olmasliklar zichligining ishlatilish muddatiga bog‘likligi (a) va uskuna beto‘xtov ishlatilishining ehtimollik taqsimlanishi(b).

SHu sababli uskunalarni ishlatilishi sho‘nday tashkil qilinishi kerakki, elektr qurilma ishonchli ishlatilishi ta’minlansin va mumkin qadar halakatli oqibatlarga olib keluvchi sabablar (zarrarlar) o‘z vaqtida bartarafqilinsin.


Uskunaning ishonchligi deb, o‘rnatilgan ishlatilishi ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha belgilangan daraja chegaralarida saqlab qolib foydalanish shartlariga va belgilangan rejimga mos keladigantopshiriq va vazifalarni bajarilishi tusho‘niladi.
Uskunalar xususiyatlarining asosiylaridan biri ishonchlik hisobilanadi, ular faqat ish jarayonida o‘zini ko‘rsatadi. Uskunaning ishonchligi o‘ni loyihalashda o‘rnatiladi va yaratishda,ta’mirlashda, ishlatilishida esa amalga oshiriladi.

Elektr uskuna – elektr qurilmalarini himoya qilish va ishlatilishini boshqarish nazorati uchun xizmat qiladi.


Elektrtexnik qurilma – bo‘lar ajratish – ulash va himoya qiluvchi (kommutatsion) apparatlar. Elektr apparatlar ishlatilish xossalariga ko‘ra, yuklanishiga, apparatning asosiy bajaradigan vazifasiga, qo‘llanilish sohasiga, qaysi to‘rdagi tokda ishlatilishi, atrof-muhit ta’siridan himoyalanishi, konstruktiv tuzilishi va boshqa sifatlarga qarab guruhlarga bo‘linadi. Elektr apparatlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
kuchlanish tarmoqlarini ulash va ajratish apparatlari (har xil to‘rdagi ajratgich va o‘chirgichlar, ajratgich va ayirgichlar, moyli, vakuumli, elektr magnitli, pnevmatik, havo bosim ostida, elegazli o‘chirgichlar;
himoya apparatlari: elektr qurilmalarini qisqa tutashuv va ortiqcha yuklanishdan himoya va o‘ta kuchlanishdan himoya (razryadniklar va nochiziqli o‘ta kuchlanishdan chegaralovchi) zaryadsizlantirgichlar;
o‘lchov jihoz apparatlari: kuchlanish va tok transformatorlari. Bu uskunalarda to‘plamli jihozlar ham qo‘llaniladi, himoya kommutatsiya vazifasini bajaruvchi apparatlar. Misol uchun avtomatik o‘chirgichlar.
Elektr apparatlarga vazifalariga qarab shartli talablar qo‘yiladi, bu ishlatilish va qo‘llanilish talablari.
Har bir apparat maxsus talablardan tashqari, barcha elektr apparatlar kabi, ma’lum bir umumiy talablarni qoniqtirishi zarur;
a) elektr apparat ishlatilayotganda, o‘ning ishchi yuzasidan yuklama toki o‘tadi va tok o‘tkazgich bo‘laklari issiqlik chiqaradi va apparat qiziydi. Bu harorat mo‘ljallangan miqdordan, shu apparat va detallari uchun me’yorlanganidan oshmasligi kerak;
b) har qanday elektr tarmog‘ida me’yorsizlik (o‘ta yuklanish) va nosozlik (halakat) holati qisqa tutashuv jarayoni sodir bo‘lishi muqarrar. Bu jarayonda apparatdan o‘tayotgan tok bir necha barobar katta bo‘ladi. Apparat bu toklar ta’sirini keyinchalik ishlatilishiga to‘siq bo‘lmaydigan, ya’ni xech qanday shakl o‘zgarishsiz bajarilishi kerak;
v) tarmoqda ishlatilayotgan har bir elektrapparat ortiqcha kuchlanish ostida ishlatilishiga to‘g‘ri keladi. O‘ning elektr izolyasiyasi bu kuchlanishlar ostida ishonchli himoyalay olishi kerak;
g) har bir elektrapparat ixcham, oddiy va ishlatilishiga qo‘lay,engil, arzon va oddiy tuzilishli bo‘lishi kerak;
d) apparatlar kontaktlari himoyalash va boshqarish tarmog‘idagi nosozlikholatlaridagi toklarni va me’yoriy yuklamada ishlatilayotgan holatdagi toklarni apparat kontaktlari ulay olishi va ajrata olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Apparatlarni ishlab chiqarishdagi yuqorida keltirilgan texnikaviy yuksalishlariga asosan qo‘llanilayotgan materiallar sifatiga bog‘liq.
1 kV dan yuqori kuchlanish kommutatsion apparatlar yuqori kuchlanishda ishlatilayotgan, bo‘lgich va o‘lchov apparatlar ajratish jarayonida sodir bo‘ladigan tarmoqdagi yuklama ostida ajratganda uchirish sodirbo‘lishida, apparatlar kontaktlari orasidagi elektr yoyi tez uchirilishi haqida atroflicha tusho‘nchaga ega bo‘lmasdan ishlatilishiiga kiritilishi mumkin emas.
YOnuvchi yoy kommutatsiya apparatlarining kontaktlarini kuydiradi va muddatidan oldin emirilishiga olib keladi; ajratish vaqti oshishi yonidagi faza tok o‘tkazgichlariga yoki elektr qurilma erga ulangan sirtlariga o‘tib qisqa tutashuvga sabab bo‘ladi, bu esa nosozlik holatini yuzaga keltiradi.
Elektr yoyi, bu gazdagi mustaqil ko‘rinishdagi zaryadsizlanish hisobilanadi, zaryadlangan zarrachalar (elektron va ionlar) tashkil qilgan oqimi bilan katta zichlikda harakatlanadi, 10000 A/sm2 va yuqori haroratli gazning zaryadsizlanish plazmalari (10000 K gacha). Demak elektr yoyi zaryadlangan zarrachalar oqimi hisobiga sodir bo‘ladi. Elektr zaryadlarini tashuvchi bo‘lmasa-yoy ham yo‘q. Bu hol yuzaga kelishida ionizatsiya va termo ionizatsiya to‘qnashishi sabab bo‘ladi (yoki ularning harxil- kumulyativligi).

Havo liniyalari (HL) elektr energiyani simlar orqali uzatish va taqsimlash uchun, izolyatorlar va liniya armato‘ralari yordamida tayanchlarga, ba’zi hollarda kronshteynlarga yoki muxandislik qurilma tayanchlariga (ko‘priklar, tuto‘n quvurlari, binolar va boshqalar).


Havo liniyalarining asosiy elementlari simlar, izolyatorlar, liniya armato‘ralari, tayanchlar va fo‘ndamentlar hisobilanadi.
Uch fazali o‘zgaruvchan tokli havo liniyalariga uchtadan kam bo‘lmagan simlar osiladi, bir zanjirni tashkil qiluvchi o‘zgarmas tokli havo liniyalarida – kamida ikkita sim osiladi.
HL zanjirlar soniga qarab, bir zanjirli, ikki zanjirli va ko‘p zanjirlilarga bo‘linadi. Zanjirlar soni elektr ta’minoti sxemasi va ehtiyot talab darajasi bilan aniqlanadi, agar elektr ta’minoti sxemasiga ko‘ra ikki zanjirli talab qilinsa, u holda alohida bir zanjirli tayanchlarda yoki bitta ikki zanjirliga osilishi mumkin. Qo‘shni tayanchlar oralig‘i osma sim (prolet) deb ataladi. Anker rusumli tayanchli usto‘nlar oralig‘i ankerli bo‘lim deyiladi.
Elektr qurilmalarini joylashtirish qoidasiga (EQO‘Q) ga ko‘ra ayrim muxandislik qurilmalarini kesib o‘tish (temir yo‘l va boshqalar) ankerli tayanchlarda bajarilishi zarur.
Simlar oralig‘i,simlar bilan erlangan tayanch qismlari va simlar bilan er yuzasi oralig‘i sho‘nday masofaga ega bo‘ladiki, ishchi kuchlanish HL elektr zaryadsizlanishlari (razryadlari) simlar orasida, simlar tayanchga, erdagi qurilish va narsalarda shikasttlanishlar sodir bo‘lish imkoniyati bo‘lmasligi kerak, 6.3- rasm. HL ishonchli va xavfsiz ishlatilishiga qabo‘l qilish, barcha elementlarda montaj ishlari tugatilgan sharoitda va yana zaruriy texnik hujjatlar, HL ishlatilishiga yaroqli guvohnomasi EQUQ talab va shartlari darajasida bo‘lganida qabo‘l qilib olinadi.
HL lari ishlatilishini ta’minlovchi xizmatchilarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. HLholatini ko‘zatish va o‘z vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘ladigan nosozliklarni HL larni qarab chiqish va oldini olish sinovlarni tashkil qilish orqali aniqlash;

  2. Zaruriy ta’mirlanish ishlarini bajarish.

Davriyko‘zatish va nazoratni aylanuvchi montyorlar bajaradi, ular HLholatini va sodir bo‘lgan nosozliklarni butlaydi.
Aylanib ko‘zatishda HL dagi quyidagi nosozliklar aniqlanadi va keyinchalik bartaraf etilishi kerak.
Aylanib ko‘zatish va nazorat davrida aniqlangan nosozliklar va bu shikasttlanishlarni butlangan vaqti, HLlarni ishlatilishi kitoblarida qayd etiladi.
Metall tayanchlar uchun– ko‘ndalang og‘ishi yoki bo‘ylamasiga va travers, tros usto‘nlarning shikastlanishini; fo‘ndament atrofidagi erlarni cho‘kishi yoki shishib qolishi, fo‘ndamentning cho‘kishi, o‘ning er ustida yuzalaridagi bo‘laklarida yoriqlar va buzilishlar; ankerli boltlarda gaykalarining yo‘qligi; zanglash, tayanch qismlarining shilinishi va yorilishi; payvand choklarining (yorilganliklari) mahkamlangan va boltlarda ulangan joylarining yomon holatlari.
YOg‘och tayanchlar uchun- HL tayanchlarning ko‘ndalang va bo‘ylama og‘ishi, ular qismlarining qiyshiqliklari, tayanch yomon o‘rnatilishi, mahkamlagich boltlarda gaykalar yo‘qligi, boltlarning rezbali qism uzo‘nligi kamligi, belbog‘ qismlarda bo‘shashish va uzilishlar; shponka va ponalar yo‘qligi, tayanch qismlarining chirishi, ularning kuyishi va tolalanishi (rasщeplenie).
Troslar va simlar uchun– qo‘shimcha ko‘payishi, o‘zilgan tolalar, kuchli taranglik yoki simlarning osilib qolishi, ularning er sathidan noto‘g‘ri oraliqda bo‘lishi, kesishishadigan HL va boshqa ob’ektlar bilan, simlar va troslarning zanglashi; titrash borligi, muzlashning yuzaga kelishi.
Troslar va simlarni mahkamlash uchun - qisqichlar va ajratgichlar buzuqligi, boltlar, shayba, shplintlar va shoda armato‘ralari yo‘qligi, gaykalar tortilishi bo‘shashganligi, qisqichlar qiziganlik izlari, qisqichdan simning sirpanib chiqib qolishi, ankerli tayanchlarda simlar tugo‘nining buzuqligi, izolyatorga simlarning mahkamlanishi bo‘shashganligi.



6.3- rasm. Elektr uzatish havo liniyada sodir bo‘ladigan asosiy nosozliklar (shikasttlanishlar), a) – o‘tish toki o‘tishi natijasida yog‘och tayanch yonib shikasttlangani; b) – yashin urilishida traverslar parchalanishidan yog‘och tayanch jarohatlanishi; v) – elektr yoyidan simlarning shikasttlanishi: 1 – simning tashqi o‘ram jarohati; 2 – elektr yoyidan sim kuyishi; g) – simlarning mexanik jarohatlanishlari: 1 – tarqlanib kengayishi (“fonar”); 2 – o‘taburalish (“baranka”); 3 – o‘ta tortilish natijasida uzilish.

Izolyatorlar uchun – farforlarning mexanik buzilishi, sirlarining kuchishi va erib kettishi, shoda armato‘rasi va shoda ichidagi shiplintlar yoki qo‘lflar yo‘qligi, shoda armato‘ralari va izolyatorlar armato‘ralarida erish izlari, trosning chiqib kettishi, qoziq va o‘zaklar bukilganligi, armato‘ralarning chirishi va tojlanishi.
Erdan ko‘zatish va aylanishda izolyatorlarning yoriqlarini xatto binokl yordamida ham ko‘rish qiyin. Bo‘nday nuqsonlarni HL tayanchlariga ko‘tarilib aniqlash mumkin. 6.4-rasm 6kV liniya izolyatorlarining ulanishdan echib olishdan oldingi holati ko‘rsatilgan. Bu nuqsonlar faqat yuqoridan teshirilganda aniqlanadi. 6.4- rasm da shu izolyatorlar echib olingandan keyingi ko‘rinishi keltirilgan.


6.4–rasm: 10 kV kuchlanishlihavo liniyalari izolyatorlar,tayanchga ko‘tarilganda yorilganliklari topilgan izolyatorlar bo‘laklari.

Erga zaminlagich jihozlar uchun – er va tayanchdan tushirish erga zaminlagichlarning tayanchda va erda uzilishi yoki jarohatlanishi, ularning tayanchga mahkamlagichlarining va yuqorida ulash qisqichlarning yo‘qligi.
Razryadniklar uchun – halqa va himoya shoxlari buzilishi va kuyishi, ko‘rsatkichning qoniqarsiz ishlatilish holati, uchqo‘n oraliq masofasining oshishi.
YOg‘och tayanchlar chirishini tekshirish. YOg‘och tayanchlar ichki va tashqi chirish darajasi asboblar yordamida aniqlanadi. Asbob ishlatilish prinsipi kirish kuchiga asoslangan, igna bilan yog‘och tayanch teshiladi. CHirigan va sog‘lom bo‘lak yog‘ochning chegarasini tez kuchlanish o‘zgarishi bilan aniqlanadi. CHirigan yog‘ochni 300 Pa kuch bilan teshadi. Natijada sog‘lom bo‘lak diametri aniqlanadi. Tashqi chirishda (ekvivalent diametr ichki chirishida).
Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin