Fan nomi: Biologiya
Sinf: 7
Sana: 20.02.2023
Dars mavzusi: Hayvonlarning oziqlanishi
Dars turi: Aralash Dars maqsadi: O’quv maqsadi: O’quvchilarning bilim darajasini oshirish. Dars jarayonida ko’rgazmali qurollardan foydalanib dars samaradorligini oshirish.
Uslubiy maqsad: O’quvchilar savollarga javob berish vaqtida ko’rgazmali qurollaridan foydalanishni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga dars tushuntirish bilan birga ularni dunyoqarashini shakllantirish.
Dars ta’minoti: O’quv jihozlari: Ko’rgazmali qurollar, adabiyotlar
Texnik vositalar: Komyuter, televizor
Darsning borishi: Tashkiliy qism 1.Salomlashish,davomotni aniqlash
2.Uyga berilgan topshiriqni aniqlash
3.O’tilgan mavzu bo’yicha savol javob qilish va ularni baholash.
Tarqatmali savollar tarqatiladi
1.Oziqlanish nima?
2.Oziqlanish turlari?
3. Parazit oziqlanuvchi hayvonlar?
4. Saprofit ozuqlanuvchi hayvonlar?
5.Avtotrof oziqlanuvchi organizmlar?
2.”Hujayra organoidlari so’ylaydi” Bu metod yordamida 3ta guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqib varaqchalarga yozilgan hujayra organoidlari nomidan bittasini tanlab oladi va ushbu organoid haqida ma’lumot berishadi.
3.Yangi bilimlarni bayon etish: Har xil turdagi organizmlar koʻp yoʻllar orqali oʻzaro munosabatda boʻladi. Ular bir-biri bilan raqobatlashishi yoki simbiontlar, yaʼni uzoq muddat yaqin munosabatda boʻluvchi sheriklar boʻlishi mumkin. Yoki ular biz tabiatda tez-tez guvohi boʻladigan hodisani amalga oshiradi: biri boshqasi bilan oziqlanadi! Bu orqali ular oziq zanjiridagi bogʻlanishlardan birini hosil qiladi.
Ekologiyada oziq zanjiri biri ikkinchisi bilan oziqlanuvchi organizmlar yigʻindisidan iborat boʻlib, bunda oziq moddalar va energiya biridan keyingisiga oʻtib boradi. Masalan, siz tushlikka gamburger tanovul qildingiz, siz ham oziq zanjiri ishtirokchisiga aylanasiz va bu quyidagicha namoyon boʻladi: maysa →→ sigir →→ odam. Lekin gamburger ichiga salat bargi qoʻyib tanovul qilsangiz-chi? Ushbu holatda ham siz oziq zanjiri ishtirokchisiga aylanasiz va bu quyidagicha namoyon boʻladi: salat bargi →→ odam.
Bu misolda bayon etilganidek, biror organizm (masalan, odam)ning chiziqli tarzda davom etuvchi oziq zanjirida qanday mahsulotlar isteʼmol qilishini toʻliq tasvirlab bera olmaymiz. Yuqoridagi kabi holatlarda biz oziq toʻrini koʻplab oʻzaro kesishuvchi oziq zanjirlaridan iborat va biror-bir organizm nimalar bilan oziqlanishi hamda bir organizmning boshqasi tomonidan isteʼmol qilinishini koʻrsatuvchi vosita sifatida olishimiz mumkin.
Ushbu maqolada ekotizimdagi oziq zanjirlari va oziq toʻrlari qanday qilib energiya va ozuqa moddalari oqimini namoyon qilishi bilan yaqindan tanishib oʻtamiz.
Quyidagi jadvalda bu darajalarga misollarni koʻrishimiz mumkin. Birinchi daraja produtsent – yashil suvoʻt birinchi tartib konsumentlar – mollyuskalar tomonidan isteʼmol qilinadi. Mollyuskalar ikkinchi tartib konsument “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi shilimshiq mayda baliqlar uchun tushlikka aylanadi, oʻz navbatida, bu baliqlar ham uchinchi tartib konsument boʻlgan kattaroq baliq – Chink losos baligʻining ozuqasiga aylanadi