Fan nomi: Biologiya Sinf: 7 Sana



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə9/10
tarix21.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#158724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
stajirovka ochiq dars

Dars ta’minoti:
O’quv jihozlari: Ko’rgazmali qurollar, adabiyotlar
Texnik vositalar: Komyuter, televizor
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
1.Salomlashish,davomotni aniqlash
2.Uyga berilgan topshiriqni aniqlash
3.O’tilgan mavzu bo’yicha savol javob qilish va ularni baholash.
Tarqatmali savollar tarqatiladi
1.Organizmda ayirish sistemasi nima?
2. Qon aylanish sistemasi organlari qaysilar?
3. Yurak va uning tuzilishi?
4. Yurak devorlari?
5. Derma qavati haqida tushuncha ?
2 Hasharotlar olami - deb nomlangan ko’rgazmali qurolimiz 7-sinf biologiya darsligi ,,Bo’g’imoyoqlilar tipi’’, ,, Hashorotlar sinfi’’ mavzularida foydalanishga mo’ljallangan. Bunda o’quvchi hashorotlarning tashqi tuzilishi haqida nafaqat eshitadi, o’qiydi balki ko’zi bilan ham ko’rib ishonch hosil qiladi. Ko’rgazmali qurolda darslikda keltirilgan 100da ortiq hashorotlar na’munasi keltirilgan. Ko’rgazmali qurolni tayyorlashda hasharotlar ovlaniv quritilib zararsizlantirib maxsus ignachalar yordamida maketda joylashtirib chiqilgan va usti shisha to’siq bilan himoyalangan. O’quvchi maketni qo’liga olib ko’rishi va o’qigan ma’lumotlariga ishonch hosil qilishi mumkin.
.
3.Yangi bilimlarni bayon etish:
Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pogʻonasi boʻlmaydigan hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni 19-asr boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan boʻlib, sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning hamma vakillarida umurtqa boʻlmaydi. Hozir "Umurtqasizlar" termini faqat hayvonlarni umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va oʻquv qoʻllanmalarida ishlatiladi. Umurtqasizlarning taksonomik guruxlari uzilkesil hal etilmagan. Ularga bir qujayralilarning 5—7 tipi, plastinkalilar, gʻovaktanlilar, taroqlilar, barcha chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar (hammasi boʻlib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi. Lekin bir qancha taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir qujayralilar, chuvalchanglar) aniq belgilanmagan. Umurtqasizlarning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi maʼlum. Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.
Umurtqasizlar chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit (qarang Parazitizm). Umurtqasizlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan Umurtqasizlar baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va boshqa skeletidan iborat). KoʻpchilikUmurtqasizlar yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar). Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, Umurtqasizlar.dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali Umurtqasizlar bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin