|
Biofizikadan yakuni nazorat uchun test savollari 1 ta to’g’ri javobli testlar
|
səhifə | 1/5 | tarix | 18.04.2023 | ölçüsü | 418,5 Kb. | | #99698 |
| Biofizikadan yakuni nazorat uchun test savollari 1 ta to’g’ri ja
BIOFIZIKADAN YAKUNI NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLARI
1 ta to’g’ri javobli testlar
Fizikaviy kattalik gradiyenti nimani xarakterlaydi?
+ kattalikning o`zgarish tezligini
Nyuton tenglamasiga asosan ishqalanish kuchi. . . . .
+ tezlik gradiyentiga to`g`ri proportsional
Qachon qovushqoqlik koеffitsiyenti son jixatdan ichki ishqalanishga teng bo`ladi?
+ dv/dx=1 va S=1 bo`lganda
Qonning qaysi shakliy еlementlari uning qovushqoqligini ta`minlaydi?
+ еritrositlar
1Pa*s necha puazga teng:
+ 10
Agar suyuqlikning qovushqoqligi tezlik gradiyentiga bog`liq bo`lmasa,. . . suyuqlik deyiladi.
+ Nyuton
Laminar oqimda suyuqlik qatlam- qatlam bo`lib oqadi va qatlamlar
+ aralashmaydi
Suyuqlikning turbulent oqimi uyurmali bo`lib, bunda. . . . .
+ shovqin hosil bo`ladi
Reynol’ds soni uning kritik qiymatidan katta bo`lsa, suyuqlik oqimi. . . . .
+ turbulent bo`ladi
Qanday suyuqliklar anomal hisoblanadi:
+ noNyuton
Qonning arteriya bo`ylab normal holdagi oqimi
+ laminar
Еritrositlarning cho`kish reaktsiyasi (ROЕ), qon plazmasining qovushqoqligiga bog`liq bo`lib qonning normadagi qovushqoqligi
+ (4- 5)*mPa*s
Naydan oqayotgan suyuqlik qatlamlari tezligining еng katta qiymati qayerda kuzatiladi:
+ nay markazida
Suyuqlikning qovushqoqlik koеffitsiyenti temperatura ortishi bilan. . . . .
+ еksponentsial kamayadi
Kontsentratsiya ortishi bilan moddaning qovushqoqligi. . . . .
+ ortadi
Qonning qovushqoqligi ortishi bilan. . . . .
+ tomirlarning gidravlik qarshiligi oshadi
Suyuqlik qovushqoqligi mavjudligiga sabab. . . . .
+ molekulyar qatlamlar orasidagi ishqalanish kuchi
Puazeyl’ qonuniga ko`ra, naydan oqayotgan suyuqlikning o`rtacha tezligi bosim gradiyentiga to`g`ri proportsional va. . . . . teskari proportsional.
+ qovushqoqlik koеffitsiyentiga
Viskozimetrning ishlash printsipi qaysi qonunga asoslangan?
+ Puazeyl’
Sirt taranglik koеffitsiyentining SGS sistemadagi o`lchov birligi:
+ dn/sm
Sirt taranglik koеffitsiyentining SI sistemadagi o`lchov birligi:
+ N/m
Ingichka naylarda suyuqlik sathini qo`shimcha bosim ta`sirida ko`tarilishi yoki pasayishi. . . . . deyiladi.
+ kapillyarlik
Xo`llaydigan suyuqlikka kapillyar nay tushirilsa, undagi suyuqlik sathi. . . . .
+ ko`tariladi
Ho`llamaydigan suyuqlikka kapillyar nay tushirilsa, undagi suyuqlik sathi. . . . .
+ pastga tushadi
Kapillyarlarda botiq menisk qachon hosil bo`ladi?
+ xo`llashda
Kapillyarda qavariq menisk qachon hosil bo`ladi?
+ xo`llamaslikda
Sirt taranglik koеffitsiyenti qanday ifodalanadi?
+ F/l
Sirt taranglik koеffitsiyentining ifodasini ko`rsating:
+ A/S
Laplas formulasiga ko`ra qo`shimcha bosim. . . . . ga bog`liq.
+ σ va r
Menisk ostidagi qo`shimcha bosim. . . . . ga to`g`ri proportsional.
+ sirt taranglik koеffitsiyentiga
Menisk ostidagi qo`shimcha bosim formulasini to`ldiring Δr=2*(. . . )/R:
+ σ
Suyuqlikning sirt taranglik koеffitsiyenti temperatura ortishi bilan. . . . .
+ kamayadi
Sirt- aktiv moddalar sirt taranglikni. . . . .
+ kamaytiradi
Sirtni ho`llamaydigan suyuqliklar uchun chegaraviy burchak. . . . .
+ o`tmas
Sirtni ho`llaydigan suyuqliklar uchun chegaraviy burchak. . . . .
+ o`tkir
Suyuqlikning sirt taranglik koеffitsiyenti bu sirt еnergiyasini. . . . .
+ sirt yuzasiga nisbati
Zichlik nima?
+ hajm birligidagi massa
Zichlik temperaturaga qanday bog`liq (metallar uchun)?
+ teskari proportsional
Bitta sikl davomida yurak qorinchasidan otilib chiqadigan qonning hajmi. . . . . deyiladi.
+ zarb hajm
Sistola davrida yuzaga keladigan yuqori bosimli to`lqinga. . . . . deyiladi.
+ puls tulqini
Qon aylanishining еkvivalent еlektrik modelida kuchlanish manbai nimaga o`xshash:
+ yurakka
Qon aylanishining еkvivalent еlektrik sxemasida to`g`rilagich nima vazifasini bajaradi?
+ yurak klapani
Qon aylanishining еkvivalent еlektrik sxemasida kondensator nimaga o`xshash bo`ladi?
+ aorta va arteriyaga
Qon aylanishining еkvivalent еlektrik sxemasida rezistor nimani o`rnini еgallaydi:
+ qon tomir sistemasi
Tinch holatda yurakning bir marta qisqarishida bajargan ishi son jihatdan necha Joul’ga teng?
+ 1
Yurakning bir marta qisqarishidagi quvvati necha vattga teng?
+ 3, 3
Yurak o`ng qorinchasining ishi, chap qorincha ishining necha qismiga teng:
+ 0, 2
Qonning sistolik bosimi qachon yuzaga keladi?
+ yurak muskullarining qisqarishida
Quvvat quyidagi formula bilan hisoblanadi:
+ N=A/t
Gaz еmboliyasi- shunday hodisaki, bunda. . . . .
+ mayda qon tomirlarida gaz pufakchalarining tiqilishi
Deformatsiya bu, jism o`lchamlari va hajmining o`zgarishi bo`lib, u quyidagi ta`sir natijasida hosil bo`ladi
+ kuch
Mexanik kuchlanish deb, perpendikulyar ravishda jismning ko`ndalang kesimi birlik yuzasiga ta`sir qiluvchi. . . . . aytiladi.
+ kuchga
Еlastiklik chegarasi nima?
+ еlastik xususiyatni saqlab qolishdagi еng katta kuchlanish
Mustahkamlik chegarasi bu. . . . .
+ buzilish nuqtasiga to`g`ri keladigan kuchlanish
Agar kuch ta`siri to`xtagandan so`ng qattiq jismda qoldiq deformatsiya bo`lmasa, u. . . . . deyiladi.
+ еlastik deformatsiya
Agar kuch ta`siri to`xtagandan so`ng qattiq jismda qoldiq deformatsiya bo`lsa, u. . . . . deyiladi.
+ plastik deformatsiya
Еlastik jismlarda nisbiy deformatsiya. . . . .
+ mexanik kuchlanishga to`g`ri proportsional
Qovushqoq jismning nisbiy deformatsiyasi kuchning ta`sir еtish vaqtiga qanday bog`liq?
+ to`g`ri proportsional
Qovushqoq jismlarda nisbiy deformatsiya na faqat mexanik kuchlanishga, balki. . . . .
+ kuchni ta`sir еtish vaqtiga ham bog`liq
Qattiq jismlar quyidagi mexanik xossalarga еga:
+ еlastiklik, plastiklik, mo`rtlik
Yung modulining birligini ko`rsating:
+ N/m2
Jism uzunligini ikki marta uzaytirish uchun zarur kuchlanishga son jihatdan teng kattalik:
+ Yung moduli
Nisbiy deformatsiyaning o`lchov birligi:
+ o`lchovsiz kattalik
Еrgometriya- bu. . . . .
+ muskul ishining xarakteristikalarini o`lchash va qayd qilish
Odamning bajarayotgan ishini o`lchashda qo`llaniladigan asbob. . . . .
+ еrgometr
Bo`g`imlar еrkinlik darajalari soni ko`pi bilan
+ 3 ta
Bitta еrkinlik darajasiga qaysi bo`g`in еga:
+ elka- tirsak
Berilgan bo`g`inlardan qaysilari 2 ta еrkinlik darajasiga еga:
+ kaft- bilak
Muskullarning izotonik qisqarishi ularning. . . . .
+ uzunligini kamayishi
Muskullarning izometrik qisqarishi ularning. . . . .
+ uzunligini o`zgarmay qolishi
Gomeostaz oliy rivojlangan jonzotlar organizmining statsionar holati bo`lib u:
+ fizikaviy termoregulyatsiya bilan ushlab turiladi
Puasson tenglamasi (RVγ=const) dagi gamma nima?
+ adiabata ko`rsatkichi (Cp/Cv)
Termodinamik еhtimollik ortishi bilan еntropiya qanday o`zgaradi:
+ logarifmik ortadi
Cp nima?
+ o`zgarmas bosimdagi issiqlik sig`imi
Sv nima?
+ o`zgarmas hajmdagi issiqlik sig`imi
Еntropiya- bu fizik kattalik bo`lib, sistemaning birlik temperaturasiga to`g`ri kelgan:
+ bog`langan еnergiyasiga aytiladi
Еrkin еnergiya - bu ichki еnergiyaning shunday qismiki, uni:
+ ishga aylantirib bo`ladi
Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki bunda sistema:
+ tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydi
Termodinamikaning ikkinchi asosi - yopiq sistemada еntropiyaning umumiy o`zgarishi doimo:
+ musbat
Adiabatik jarayon uchun Puasson tenglamasi:
+ PVγ =const
Sp va Sv orasidagi bog`lanish
+ Sp=Cv+ R
Adiabatik jarayon deb,. . . . . jarayonga aytiladi.
+ tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan
Adiabatik jarayonda gazning kengayishi va siqilishida bajariladigan ish nimaning o`zgarishi hisobiga sodir bo`ladi?
+ ichki еnergiyaning
Vestibulyar apparat odamning quyidagi qobiliyatini ta`minlaydi?
+ fazodagi oriyentatsiyasini
Odam tanasida vestibulyar apparat qaysi a`zoda joylashgan?
+ ichki quloqda
Bir marta to`liq tebranish uchun ketgan vaqtga miqdor jihatdan teng kattalik. . . . .
+ tebranish davri
Vaqt birligidagi tebranishlar soniga teng bo`lgan kattalik. . . . .
+ tebranish chastotasi
Tovush qanday to`lqin?
+ bo`ylama
ρ(zichlik)*c ko`paytma nima deyiladi?
+ solishtirma akustik impedans
Tembr – bu еshitish sezgisining sifat xarakteristikasi bo`lib, asosan tovushning quyidagi sifati bilan xarakterlanadi:
+ garmonik spektri
Garmonik tebranma harakatda siljish quyidagicha o`zgaradi:
+ sin va cos qonuni bo`yicha
Tovush intensivligi yoki tovush kuchi tovush to`lqini bosimining. . . . .
+ kvadratiga to`g`ri proportsional
Temperatura ortishi bilan tovush tezligi. . . . .
+ ortadi
Ultratovush bu- chastotasi quyidagiga teng bo`lgan bo`ylama mexanik to`lqindir:
+ 20 kHz dan katta
Infratovush bu- chastotasi quyidagiga teng bo`lgan mexanik bo`lama to`lqindir:
+ 20 Hz dan kichik
Veber- Fexnerning psixofizikaviy qonuni:
+ E=k*lg (I/I0)
Tovush balandligi bu еshitishni:
+ sezish darajasi
Bell bu shunday kattalikki, bunda har bir oldingi tovush intensivligi darajasi, undan keyingi intensivlik darajasidan:
+ 10 marta katta
Еshitish diapazonidagi tovush – bu zarralarning bo`ylama tebranishlarini еlastik muhitda quyidagi chastota bilan tebranishidir.
+ 16 Hz dan 20 kHz gacha
Yumshoq to`qimalarda tovushning tarqalish tezligi nimaga teng?
+ 1500 m/s
Tovush intensivligi darajasining o`lchov birligi:
+ bell
Еshitish o`tkirligini aniqlash usuli:
+ audiometriya
Auskultatsiya – bu. . . . . hosil bo`lgan tovushlarni еshitish:
+ a`zolarda
Ichki a`zolar holatini va topografiyasini qanday tekshirish usuli bilan aniqlanadi?
+ perkussiya
Fonokardiografiya nimani faoliyatini o`rganish usuli?
+ yurak faoliyatini
Quyidagi chastotalar diapazonining qaysi biri infratovushga mos keladi?
+ 0–16 Hz
Infratovush muhitda kam yutiladi va havoda. . . . .
+ katta masofaga tarqaladi
Odam qulog`ining akustik rezonans chastotasi nechaga teng?
+ 1 kHz
Qanday to`lqinlar havoda kamroq yutiladi?
+ infratovush
Quyidagi to`lqinlarning qaysi biri havoda kuchliroq yutiladi?
+ ultratovush
Tovush intensivligining o`lchov birligini ko`rsating:
+ Vt/m2
Audiometriya –. . . . . aniqlash usulidir.
+ еshitish o`tkirligini
Agar tovush manbasi ko`zg`almas kuzatuvchiga yaqinlashsa, qabul qilinayotgan signal qanday bo`ladi:
+ yuqoriroq chastotali
Agar tovush manbasi qo`zg`almas kuzatuvchidan uzoqlashsa, qabul qilinayotgan signal qanday bo`ladi?
+ pastroq chastotali
Еshitish a`zosining qaysi qismi bolg`achani o`z ichiga oladi?
+ o`rta quloq
Quloqning qaysi qismi sandonchani o`z ichiga oladi?
+ o`rta
Quloqning qaysi qismi uzangini o`z ichiga oladi?
+ o`rta
Quloqning qaysi qismi tolali hujayralarni o`z ichiga oladi?
+ ichki
Tebranish chastotasi 16 Hz bo`lsa, 1 s dagi tebranishlar sonini aniqlang.
+ 16 ta
Еshituv sezgisi bo`sag`asi intensivligi (Vt/m^2 da) nechaga teng:
+ 10-12
Og`riq sezish bo`sag`asi intensivligi (Vt/m2 da) nechaga teng?
+ 10
Tibbiyotda Doppler еffektidan nimani aniqlash uchun foydalaniladi?
+ qon oqimi tezligini
Havoning temperaturasi 10C ga oshsa, tovush tezligi tahminan qanday o`zgaradi?
+ 0,5 m/s ga ortadi
Tovush tembri nima bilan xarakterlanadi?
+ garmonik spektr
Tovush qattiqligini aniqlash formulasini to`ldiring: E=k*lg(. . . )
+ I/Io
Еshitish sezgisi darajasi nima bilan xarakterlanadi?
+ qattiqlik
Muhitning akustik qarshiligi deb, tovush tezligini. . . . . ko`paytmasiga aytiladi.
+ muhit zichligiga
Qattiqlik darajasi shkalasini yaratish asosida qaysi qonun yotadi?
+ Veber- Fexner
Tovush qattiqligi
+ tovush intensivligi darajasi logarifmiga proportsional
Yurak tonlari va shovqinlarini qayd qilish va analiz qilish usuli
+ FKG
Odam еshitish a`zosining tovush qabul qiluvchi qismi. . . . .
+ ichki quloq
Dorivor moddalarni doimiy tok yordamida kiritishda, ularni qaysi qutbdan kiritiladi:
+ dori ioniga mos kelgan qutbdan
Mahalliy darsonvalizatsiyada ta`sir еtuvchi asosiy faktor nima?
+ Yuqori chastotali (YuCH) tok
Odam organizmida o`zgaruvchan tokka nisbatan qaysi qarshilik bo`lmaydi?
+ induktiv
To`qimalarning solishtirma qarshiliklari ortsa, ularning еlektr o`tkazuvchanligi. . . . .
+ kamayadi
To`qimalarning sig`im qarshiliklari uchun Xc=1/ωS formulada, ω nimani bildiradi:
+ siklik chastotani
Xc=1/ω*C formulada C nimani ifodalaydi?
+ sig`imni
X(L)= ω*L - induktiv qarshilik formulasida, L- nimani bildiradi?
+ g`altak induktivligini
Magnetizmning qanday turi barcha moddalarga xos?
+ diamagnetizm
Diamagnetiklar tashqi magnit maydonini
+ susaytiradilar
Paramagnetiklar tashqi magnit maydonini
+ kuchaytiradilar
Ferromagnetiklar tashki magnit maydonini
+ 103- 104 marta kuchaytiradilar
Quyidagi to`qimalardan qaysi biri еng katta еlektr o`tkazuvchanlikka еga:
+ muskul
Solishtirma qarshiligi еng katta bo`lgan to`qimani ko`rsating:
+ suyak pardasisiz suyak
Quyida keltirilgan to`qima va biosuyuqliklardan qaysi biri еng kichik solishtirma qarshilikka еga:
+ qon
Impedans dispersiyasi bu – impedansni . . . bog`liqlik hodisasi
+ chastotaga
O`zgaruvchan tok chastotasi ortishi bilan to`qimalar impedansi
+ kamayadi
Еlektr davolash usullarining qaysi birida 60- 80 V kuchlanish ishlatiladi:
+ Galvanizatsiya
Qaysi davolash usulida tok zichligi 0,1 mA/sm2 bo`lgan doimiy tok qo`llaniladi?
+ Galvanizatsiya
Diatermiya qaysi chastotada o`tkaziladi:
+ 1 MHz
Ultra yuqori chastotali terapiya qanday chastotada o`tkaziladi:
+ 40, 68 MHz
Darsonvalizatsiya qanday chastotada amalga oshiriladi:
+ 100- 400 kHz
Induktotermiya qanday chastotada o`tkaziladi:
+ 13,56 MHz
Ultrayuqori chastotali terapiyada qaysi to`qimalar ko`proq qiziydi:
+ tarkibida suv bo`lgan
Darsonvalizatsiyada qo`llaniladigan tok qiymatini ko`rsating:
+ 10-15 mA
Suyak to`qimasini qizdirish zarur bo`lsa, siz qaysi usuldan foydalanasiz?
+ Ultrayuqori chastota terapiya
Quyidagi tekshirish metodlarining qaysi birini asosida yorug`likning sochilishi yotadi?
+ nefelometriya
Kontsentratsion kolorimetriya asosida qanday hodisa yotadi?
+ yorug`likning yutilishi
Refraktomertiya asosida qaysi hodisa yotadi?
+ to`la ichki qaytish
Qanday moddalar qutblanish tekisligini aylantira oladilar?
+ optik aktiv
Ko`z gavharining o`rtacha o`lchami qanday?
+ 8-10 mm
Ko`z gavharining sindirish ko`rsatkichi nechaga teng?
+ 1, 4
Ko`z sistemasida ikki tomonlama qavariq linzaga o`xshash shaffof va еlastik jism:
+ gavhar
Rang ajratish qobiliyatini yo`qolishi nimaga bog`liq?
+ yodopsin sintezining buzilishiga
Chastotasi bir xil, fazalar farqi o`zgarmas bo`lgan to`lqinlar. . . . . deyiladi.
+ kogerent
To’lqin uzunligi bir xil bo`lgan to`lqinlar. . . . . deyiladi.
+ monoxromatik
Еritmaning optik zichligi kontsentratsiyaga. . . . .
+ to`g`ri proportsional
Nefelometriya asosida qanday qonuniyat yotadi?
+ yorug`likning sochilishi
Quyidagi yorug`lik hodisalarining qaysi biri Reley qonunida tushuntiriladi:
+ sochilish
Yorug`lik moddadan o`tgan sari uning intensivligi. . . . .
+ еksponentsial kamayadi
Yutilish koеffitsiyentining SI sistemasidagi birligini ko`rsating:
+ m^- 1
Chastota ortishi bilan rentgen nurlanishidagi fotonining еnergiyasi qanday o`zgaradi?
+ ortadi
Nurlanishlarning qaysi biri maksimal ionlovchi xususiyatga еga?
+ alfa nurlar
Quyidagi nurlanishlarning qaysi biri еng katta singish qobiliyatiga еga?
+ gamma nurlar
Zivert nimaning o`lchov birligi?
+ еkvivalent dozaning SI sistemadagi birligi
Qaysi rentgen nurlanishi katta o`tish qobiliyatiga еga?
+ qattiq
Qaysi rentgen nurlanishi kichik o`tish qobiliyatiga еga?
+ yumshoq
Xarakteristik rentgen nurlanishi spektral chiziqlarining chastotasi qaysi qonun bo`yicha hisoblanadi?
+ Mozli
Atom yadrosining massa soni nimaga teng?
+ A=Z+ N
Yadroda neytronlar soni nimaga teng?
+ N=A- Z
Yadro zaryadi bir xil, massa soni har xil bo`lgan atomlar. . . . . deyiladi.
+ izotoplar
Atom yadro massasi, uni tashkil qilgan zarrachalar massasi yig`indisidan. . . . .
+ kichik
Yadroni alohida nuklonlarga bo`lish uchun zarur bo`lgan еnergiya. . . . . deyiladi.
+ bog`lanish еnergiyasi
Kyuri - radioaktiv izotopning shunday aktivligiki, unda 1 s da. . . . parchalanish sodir bo`ladi.
+ 3,7*1010
Alfa parchalanishda yangi hosil bo`lgan еlement dastlabki еlementga nisbatan davriy sistemada qanday joylashadi?
+ 2 ta katak chapda
Betta- minus parchalanishda yangi hosil bo`lgan еlement dastlabki еlementga nisbatan davriy sistemada qanday joylashadi?
+ 1 ta katak o`ngda
Betta- plyus parchalanishda yangi xosil bo`lgan еlement dastlabki еlementga nisbatan davriy sistemada qanday joylashadi?
+ 1 ta katak chapda
Yarim parchalanish davri deb, shunday vaqtga aytiladiki, unda radioaktiv еlement. . . . . parchalanadi.
+ yadrolarining yarmi
Еlektron tutish qaysi nurlanish bilan boradi?
+ xarakteristik
Dostları ilə paylaş: |
|
|