Biogumusning eng yaxshi 10 ta tasiri



Yüklə 16,57 Kb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü16,57 Kb.
#160351
  1   2   3
4-amaliy


Biogumus (grekcha “bios”-tiriklik, lotincha “humus”-yer tuproq) degan ma'noni bildiradi. Biogumus kaliforniya qizil chuvalchangi yordami bilan ishlab chiqarilgan organik o‘g‘it hissoblanadi. Garchi u hammaga vermikompost yani chuvalchang kamposti nomi bilan ma’lum bo’lsada. Biogumusni hosil bo‘lish jarayoni juda oddiy. U yer chuvalchangi hazm sistemasining mahsuloti bo‘lib, yer chuvalchangi tuproqni yeydi va uni turli mineral va o‘g‘itlar bilan aralashtirgan holda qayta ishlab beradi. Va qayta ishlangan mahsulot biogumus hisoblanadi. Tayyor biogumusning tarkibi:
1. Mikro organizmlar(fungus va foydali bakerialar);
2. Organik qorishmalar;
3. Minerallar(kalsiy, fosfor, rux, natriy va boshqa minerallar);
4. Tuproq antibiotiklari;
5. O‘simlik o‘sishi uchun muhum bo‘lgan garmonlar;


Biogumusning eng yaxshi 10 ta tasiri:
1. O‘simlikni o‘sishi uchun judayam foydali;
2. Bazibir kasaliklarga qarshi vosita (bazibir baktriyalar tasiridagi chirish);
3. Urug‘larni tez o‘stiradi va hosilni oshiradi;
4. Tuproqni organik moddalar bilan boyitadi;
5. Tuproqni zichlashishini oldini oladi, yumshoqlik va o‘tkazuvchanlik qobilyatini oshiradi;
6. Tuproq namligini ko‘proq ushlashni taminlaydi;
7. Namlik darajasini balansda ushlaydi;
8. Bazi turdagi patogen bakteriyalar sonini kamaytiradi;
9. Tuproq agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi ;
10. Qishloq xo‘jaligi samaradorligi va sifatini yaxshilaydi.


Nima uchun hech bir o‘g‘it BIOGUMUS o‘rnini bosa olmaydi!
O‘g‘it solish bu tuproqni aldashni bir yo‘li. Biz yerga eruvchan shakldagi ozuqa moddalarni solganimizda, biz yerni ozuqaviy qismini o‘stirishga va hosil miqdorini ko‘paytirishga harakat qilamiz. Lekin muamo ozuqani belgilangan normada taqsimlashdir. Azotning mineralining samaradorlik darajasi ortacha 50% dan kamroq. Va allaqachon bazi ko‘p miqdordagi o‘g‘itlar tuproq va yer usti suvlarini zararlamoqda va karbonat angidritdan ko‘ra 300 marta zararliroq bo‘lgan issiqxona gazlarini keltirib chiqarmoqda. Tuproq tarkibidagi mikroblar o‘g‘it ta’sirida zararlanadi va o‘simlik ildizi bilan ozuqlanishni to‘xtadi. Natijada tuproqda ortiqcha miqdorda azot hosil boladi va o‘simlik uni iste’mol qiladi va yuksaladi. Tabiat bizga kuchli va sog‘lom o‘simlik uchun nima kerakligini ko‘rsatadi: ya’ni tabiiy mahsulot Biogumusni biz qay holatlarda ishlatamz?
1. Shaxsiy uy o‘simliklari tizimida
2. Golf maydonchalari hududida
3. Meva ishlab chiqarish sistemasida
4. Dala sabzavotlari
5. Issiqxona mahsulotlari
6. Poliz ekinlari
7. Substrat va o‘smlik urug‘lari uchun
8. Shaxar hududidagi yashil maydonlar va istiroxat bog‘lari uchun



Yüklə 16,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin