Kirish..........................................................................................................1-4
1.BOB.Bolalarning ravon nutqni shakllantirishda topishmoqlarning oʻrni..
1.1.Topishmoqlar bolani ravon nutqini shakllantirish usullari..............4-9
1.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari................................................................................10-16
2.BOB.Bolalar nutqini rivojlantirish nazaryasi va metodikasi
2.1.Ravon nuqt tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari......................16-23
2.2.Mantiqiy topishmoqlar orqali bolaning lugʻat boyligini oshirish.......24-27
3.Xulosa...................................................................................................27-30
4.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati........................................................30-33
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta‘lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma‘lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta‘lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an‘anaviy o‘qitish usullaridan ko‘ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga joriy etish, ta‘lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Mustaqillik davri O’zbekiston tarixida tom ma’noda islohotlar davri bo’lib kirdi desak xato bo’lmaydi. Zero, har qanday davlat o’z tizimi mohiyatidan kelib chiqib maqsad-muddaolarini belgilar ekan, maqsad-muddaolar mazmunidan kelib chiqib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ma’lum islohotlarni amalga oshiradi.
Ushbu islohotlar o’z navbatida buyuk kelajakning asosi bo’lgan – ta’lim-tarbiya tizimida ham chuqur va istiqbolli islohotlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantirdi.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tashkilotlarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, ta’lim -tarbiya jarayonini yangi ta’lim -uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash, vazifalari belgilab qo’yilgan’ Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda . 1-Prezidentimiz I. A. Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo’liga qadam qo’yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o’tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarni egallagan insonlargina o’z oldimizga qo’ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o’zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.
Dostları ilə paylaş: |