Bolalarda son sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish, sanashga o`rgatish
Subtitle here
3
Reja:
1. Sonning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. 2. Bolalarda natural son qatori haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish xususiyatlari. 3. Sanoq faoliyatining rivojlanish bosqichlari. 4. Ko`rsatilgan miqdorda to`g`ri va teskari sanash.
Bolalar 5 -6 yoshga kelib, sanoq operatsiyasini o`rganib olgandan so`ng sonlarning ketma - ketlik munosabatini ongli ravshda o`zlashtira boshlaydi.
Bolalar uchun har bir son, o`zidan oldin kelgan sondan bitta katta va o`zidan keyin kelgan sondan bitta kichik ekani aniq bo`la boshlaydi.
Natural sonlar qatori quyidagi xususiyatlarga egadir.
Har bir son bir - biridan birga ko`p yoki birga kam bo`ladi: 3 soni 4 sonidan 1 ga kam, 4 soni 3 esa 1 ga ko`p. Bir son hech qanday sondan keyin kelmaydi. 2-dan, har bir sondan keyin bittagina son keladi. Masalan: 3 sonidan keyin 4 soni.
Natijada bolalarninig fikrlash protsessi, aqliy taraqqiyoti mukammallashib, aniq materiallar bilangina amal qilishdan abstrakt tushunchalarga o`tiladi, ya`ni sonlarning o`zi bilangina amal qila olish imkoniyati tug`iladi.
1. Yosh bolalarning turli to`plamlar bilan mashg`ul bo`lishidagi amaliy faoliyati davrida ayrim elementlardan tashkil topgan to`plamlarni butun bir ob`ekt shaklida tasavvur qiladi.
Ilmiy tadqiqot natijasida, mavjud bo`lgan ayrim nazariy vaziyatlarni umumlashtirib quyidagi xulosaga kelish mumkin.
2. Bolalarda tarkib topgan ko`pliklar tushunchalari elementlarni bir-biriga mos munosabatda qo`ya bilishni o`rganishdagi amaliy ko`nikmalariga asoslanib, 4 yoshdagi bolalar gruppasida sanoqqa o`rgatishda sonlarni ifodalash boshlanadi.
4-5 yashar bolalar gruppasida, turli analizatorlar yordamida bolalarning sanoq malakalarini yana ham oshirish bilan, ularga qator sonlar orasidagi to`g`ri va teskari munosabatlar tushuntiriladi.
6 yashar bolalar gruppasida qo`shni sonlar orasida munosabatlarni tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funktsiyani bajarishi, ya`ni miqdorni va tartibni ko`rsatishi bilan tanishadi.
Bu bilan bolalar ongida sonlar qatori qat`iy bir sistemada bo`lishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi o`zidan kichik ikki sondan iborat bo`lishi ham o`rgatiladi.
Bu tariqa berilgan ma`lumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va o`zlashtirishga tayyorlaydi.
Bolalarga ta`lim berish dasturidagi bunday izchillik tartibi bolalarni konkret narsalar bilan bog`liq bo`lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash, ya`ni hisob faoliyatiga ko`chish imkonini tug`diradi.
Ilmiy tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, bolalarning sanoq faoliyati taraiyoti quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
1- bosqich. Bu bosqichda bolalar bir xildagi narsalar to`plami bilan ish ko`rib, ularni ajratadilar va bir joydan ikkinchi joyga olib qo`yib nimalarnidir quradilar.
2 - bosqich. Bu bosqichda bolalar bir to`plam elemetlarini ikkinchi to`plam elementlari bilan solishtirish malakasini amaliy egallab, elementlarning o`zaro bir qiymatli munosabatda bo`lishini aniqlay boshlaydilar.
3 - bosqich. Bu bosqichda bolalar sanoq operatsiyasini egallay boshlab, solishtirilayotgan to`plamlar elementlarini sanab, sonlarni o`rinli ishlata boshlaydilar.
4-bosqich. Bunda bolalar qo`shni sonlar orasidagi to`g`ri va teskari munosabatlarni aniqlaydi, son tushunchasini chuqurroq o`zlashtirib, natural sonlar qatori ma`lum bir sistema ekanini bilib oladilar.
Adabiyotlar:
1. Bikbaeva N.U., Ibroximova Z.I., Qosimova X.I. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish". T. "O`qituvchi" 1995 y.
2. Stolyar A.A. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish". M.1988 y.
3. Metlina L.S. "Bolalar bog`chasida matematika". T. O`qituvchi"- 1981 y.