52
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
1.
Muhammadiyeva Feruza Turakulovna
2.
Otaxo'jayeva Bibizaynab Bahrom qizi
1.
Maktabgacha ta’lim fakulteti o’qituvchi,
2.
Termiz davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim fakulteti,1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7777761
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixologik
xususiyatlari va ularning bola sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin.
Kalit so’z:
bola, mustaqil faoliyat, Maktabgacha yoshdagi bolalar, psixologiya, sog’lom
Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi
bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham
davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha
yoshda jismoniy rivojlanish
ko‘rsatkichlari: Yoshi 0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 Bo‘yi (sm) 25 40 8 4 6–7 7–8 10
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi
umumiy mutanosiblik o‘zgaradiBolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi
bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning
mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari)
tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha
yoshidagi
davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter
xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning
kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu
fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko
bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng
muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana
shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi.
Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri
shu qadar mazmundor va faol
davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun
maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. Bola ilk
yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz
beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib,
mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti harakatlari ham boshqacha mazmunga ega
bo‘la boshlaydi.
Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi.
Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog
tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida
yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir
etmay qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi Yuqorida
aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga
to‘g‘ri keladi.
53
Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi
bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham
davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish
ko‘rsatkichlari: Yoshi 0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 Bo‘yi (sm) 25 40 8 4 6–7 7–8 10
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi
umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nisbatan
ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yoshgacha bo‘lgan bolaning suyaklari hali
yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon holatda bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay
va muskullari hali baquvvat emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar. Bola 7 yoshga
yetgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismida oldinga tomon, ko‘krak
qismida esa orqaga
tomon ma’lum darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana shu
shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana
shunday holda saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshidagi bolaning bosh
suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh miya suyagining orqa va tepa
tomonlari tez o‘sadi. Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar
ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–
5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan
bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm
uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda
nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1
yoshdagi
bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning
yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning
yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/ sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha
yoshdagi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta
kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi Maktabgacha
yoshdagi bolalar
psixikasining rivojlanishida ularning nerv sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda
katta rol o‘ynaydi. Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1
yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha
og‘irligi 380–400 g keladi. Bola bog‘cha yoshiga yetguncha uning miyasi g‘oyat tez rivojlanib,
deyarli uch baravar ko‘payadi. Demak, bog‘cha yoshiga yetgan bolalar miyasining og‘irligi
1100–1200 g ga yetadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi
takomillashishi davomida bosh miya po‘sti qismidagi markazlarni bir-biri bilan
tutashtiruvchi nerv tolalari ham miyelin qobig‘i bilan qoplana boshlaydi. Bosh miyadagi nerv
tolalarining miyelin qobig‘i bilan qoplanishi aks ettirish jarayoni, ya’ni psixik jarayonlar va
ularning
rivojlanishi
uchun
juda
katta
ahamiyatga
ega.
Nerv
tolalari
miyelinizatsiyalashganda, birinchidan, qo‘zg‘alishlarning nerv tolalaridan tez o‘tishi
ta’minlansa, ikkinchidan, qo‘zg‘alishning faqat tegishli markazgagina borishini ta’minlaydi.
Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta’sir etib turuvchi turli qo‘zg‘atuvchilar
ta’siri tufayli yuzaga keladigan shartli reflekslar (muvaqqat bog‘lanishlar) nisbatan tez hosil
bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir qo‘zg‘alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog‘cha
yoshidagi bolalarning o‘z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishlarini ta’minlaydi.