Badiiy gimnastika



Yüklə 50,19 Kb.
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü50,19 Kb.
#198392
  1   2   3   4
BADIIY GIMNASTIKA


BADIIY GIMNASTIKA

Raja:
Badiiy gimnastika –inson harakati, g’o’zalligi va ulug’vorlig’idir
Bolalar qomatining to`ri shakllanishida badiiy gimnastikaning roli
Tayyorgarligi jarayonida jarohatlanishni oldini olish.
Bolalar uchun gimnastika , jismoniy rivojlanishning foydasi

Bola uchun sport turini qanday tanlash kerak?



Badiiy gimnastika - inson harakati, go’zalligi va ulug’vorligidir!

Badiiy gimnastika deganda inson harakati, go’zalligi va ulug’vorligini estetik jihatdan anglab yetish tushuniladi. Sport estetikasining rivojlanish jarayonlari insonning ma’naviy va jismoniy yetuklik uyg’unligidir. Bunda insonda jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy kamolot, jismoniy ta’lim, jismoniy madaniyat kabi bosqichlar kuzatiladi.


Jismoniy rivojlanish-kishi organizmi shakli va funksiyalarining o’zgarish jarayoni hisoblanadi, ya’ni bo’y, gavda og’irligi, qaddi-qomati, o’pkaning tiriklik sig’imi, shuningdek, tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, kuch-chidamlilik kabilarni o’z ichiga oladi.
Jismoniy tayyorgarlik, bu- harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarining sport razryadlari va unvonlar, talab va me’yorlar bilan belgilangan rivojlanish darajasidir.
Jismoniy kamolot- jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning hayotga, mehnatga, Vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir.
Sport-bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan yoki jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat- umumiy madaniyatning bir qismi bo’lib, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklarining majmuidir.

Shaxsning har tomonlama uyg’un rivojlanishi uchun sport turlarining ahamiyati katta. Sport, avvalo, chiniqtiradi, tarbiyalaydi, shu bilan birga, go’zallikga va ezgulikka chorlaydi.


Chempionlar millionlab muxlislar oldida ajoyib kombinatsialar yaratadilar. Shu bilan birga estetik zavq uyg’otadilar. Sportning estetik turlari figurali uchish, badiiy gimnastika, sinxron suzish, ot sporti, qilichbozlik va boshqalardir. Bu sport turlari mohiyati jihatidan san’at darajasida ijro etiladi.
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Yoshlarimiz jahon arenalarida O’zbekiston san’atini dunyoga ko’z-ko’z qilmoqda. Sportchilarimiz O’zbekiston bayrog’ini jahon uzra hilpiratmoqda,chempionlarimiz yer sharining deyarli har joyida g’oliblik shoxsupasida bayrog’imizni baland ko’targanda, faxr va iftixor tuyg’ulari qalblarda jo’sh uradi.
Bizning maqsadimiz, o’g’il-qizlarni chempionlikka maktab ostonasidan tarbiyalashdan iborat. Bu maqsadimiz naqadar sharafli va ma’suliyatli ekanligini har birimiz unutmaylik!

Yüklə 50,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin