Bolalarda tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi
ta`lim texnologiyasi
-
Tinglovchilar soni cheklanmagan
|
Vaqt – 90 minut
|
o’qitish turi
|
Ko’rgazmali ma`ruza
|
Ma`ruza rejasi
| -
Bolalarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi tushunchasi va epidemiologiyasi.
-
Bolalarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi kelib chiqish sababalari.
-
Bolalarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi tasnifi.
-
Bolalarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining yoshga bog’liq holda o’zgarishlari.
-
Bolalarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi jarrohlik usulida davolashning o’ziga xosligi.
|
Ma`ruza maqsadi: tibbiyot oliygohlari shifokorlari, magistrlari, klinik ordinatorlari va malaka oshirish tinglovchilarini tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, shu jumladan girdobsimon defekti sohasining yoshga bog’liq o’zgarishlarining o’ziga xosligi, hamda davolashning zamonaviy usullari va yangi fiksatsion moslama haqida ma`lumotlar berish.
|
O’qituvchi vazifalari:
-
Magistr, klinik ordinator va tinglovchilarga tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi haqida tushuncha berish, uchrash chastotasi, tarqalganligi va kelib chiqish nazariyalari haqida ma`lumot berish.
-
Magistr, klinik ordinator va tinglovchilarga ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining zamonaviy tekshirish printsiplari haqida ma`lumotlar berish.
-
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini yoshga bog’liq holda guruhlarga bo’lish printsiplarini tushuntirish.
-
Bolalarda tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi sohasining yosh gradatsiyasida holati haqida ma`lumotlar berish.
-
Magistr, klinik ordinator va tinglovchilarda tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida davo taktikasini ishlab chiqish va tanlash bo’yicha ko’nikmalar yaratish.
-
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi korrektsiyasida yangi endofiksator ishlab chiqish va uning mavjud qulayliklari haqida ma`lumot berish.
|
Ta`lim texnologiyasi natijalari:
Magistr, klinik ordinator va tinglovchilar bilishlari zarur:
-
Bolalarda tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi asosiy etiopatogenezi va nazariyalarini.
-
Bolalarda tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini tekshirish usullarini.
-
Bolalar o’sish va rivojlanish etaplarida girdobsimon deformatsiyasi sohasi o’zgarishlari haqida tushuncha berish.
-
Bolalar va o’smirlarda tug’ma ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi korrektsiyasiga ko’rsatmalar ishlab chiqishni.
-
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini yoshga bog’liq holda, gidobsimon deformatsiyasi sohasi elastiklik ko’rsatkichi va to’sh suyagi rotatsiyasi darajasiga qarab davo tanlashni.
-
O’ZTOITO klinikasida ishlab chiqilgan yangi endofiksator afzalliklari haqida.
|
Ta`lim usullari va texnikasi
|
Ma`ruza – ko’rgazmali, texnika: blits – so’rov, savol-javob, «ha-yo’q» usuli.
|
Ta`lim vositasi
|
Lazerli proektor, ko’rgazmali materiallari, informatsion vositalari.
|
Ta`lim turi
|
Kollektivli
|
Ta`lim sharoiti
|
Auditoriya
|
MA`RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI
Etaplari, vaqti
|
Faoliyat
|
1 etap
Kirish (5 min)
| -
ma`ruza temasi nomi, maqsadi, kutiladigan natijalar va uning o’tkazilishi.
|
eshitiladi
|
2 etap
Mavzuning aktualligi (20 min)
|
2.1. mavzuning aktualligini bilish uchun tinglovchilarga savollar beriladi, anatomiya, normal va patologik fiziologiyadan bilimlar umumlashtiriladi.
Blits so’rov o’tkaziladi.
2.2. slaydlar demonstratsiyasi va sharhlar berish.
|
2.1. savollarga javob beradi.
2.2. slaydlar o’rganiladi.
|
3 etap
Ma`lumotlar berish
(55 min)
|
3.1. ma`ruza mazmuni savollar yuzasidan ketma-ketlik bilan ko’rgazmali materiallar yordamida tushuntiriladi. Mavzuning asosiy joylariga e`tibor beriladi, konspekt qilinadi.
|
3.1. ko’rsatilgan ma`lumotlar muhokama qilinadi, savollar beriladi.
Asosiy joylari yoziladi.
|
4 etap
Xotima (10 min)
|
4.1. Olingan bilimlar ayrim klinik vaziyatlar asosida mustahkamlanadi.
4.2. Mustaqil ish uchun bilimlar beriladi.
|
4.1. savollarga javob beriladi.
4.2. eshitiladi, yoziladi.
|
Auditoriya tinglovchilariga beriladigan savollar:
-
Ko’krakning tug’ma patologiyalarini sanang?
-
Ko’krak qafasi tug’ma girdobsimon deformatsiyasi kelib chiqish nazariyalarini sanang?
-
Ko’krak qafasi tug’ma girdobsimon deformatsiyasi klinik belgilarini sanang?
-
Ko’krak qafasi tug’ma girdobsimon deformatsiyasida instrumental tekshiruv usullarini sanang?
-
Ko’krak qafasi tug’ma girdobsimon deformatsiyasi korrektsiyasiga ko’rsatmalar ishlab chiqish?
-
Ko’krak qafasi tug’ma girdobsimon deformatsiyasini zamonaviy davolash usullariga misollar keltirish?
-
Ko’krak qafasi tug’ma girdobsimon deformatsiyasida yangi endofiksatorni qo’llashning afzalliklari.
KO’KRAK QAFASI GIRDOBSIMON DEFORMATSIYASI
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi barcha ortopedik kasalliklar orasida asosiy o’rinni egallaydi. Ko’pgina olimlar ma`lumotlari bo’yicha orasida 0,06 - 2,3 % ni, boshqa bir qator chet el olimlarning fikrlaricha 0,2 - 1,3 % ni tashkil qiladi (A.YU. Razumovski, A.A. Pavlov 2005 y). G.A. Bairov (1960 y) ma`lumotlari bo’yicha ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi taxminan 50 % holatlarda bolalar hayotining birinchi yillaridanoq o’z – o’zidan to’g’irlanib, keyinchalik rivojlanmaydi. Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi kosmetik nuqson bo’libgina qolmay, ko’krak qafasi a`zolari, asosan yurak qon tomir va nafas tizimi a`zolari funktsional holatlariga sal’biy ta`sir qilib, organizimda uglevod, oqsil va tuz – suv almashinuvini qaysidir darajada buzadi. Bular organizm umumiy holatiga ta`sir qilib, gipotrofiyaga sabab bo’ladi. Bolalar ulg’ayishi bilan kosmetik nuqson bemorlar ruhiyatiga ham salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli ushbu patologiya faqatgina tibbiy ahamiyat kasb etibgina qolmay, balki ijtimoiy xarakterga aylanib qolayotir. Olimlarning diqqat e`tibori asosan ushbu patologiyani jarrohlik usuli (torakoplastika) ga qaratilgan. Shu sababli L. Meyer (1991 y) birinchi bo’lib ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida jarrohlik amaliyotining bir necha xil usullarini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotida 100 dan ortiq jarrohlik usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud. Ammo shularning ayrimlarigina tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi, aksariyat qismi tarixiy ahamiyatga ega bo’lib qolgan. Jarrohlik usullarining ko’pligiga qaramasdan qoniqarsiz natijalar ulushi yuqoriligicha qolmoqda va taxminan 20 % ni tashkil qiladi. Bu o’z navbatida hali ham tibbiyot olamida ushbu patologiyaning yagona (optimal, ratsional) davo metodi yaratilmaganini anglatadi. Shu jumladan jarrohlik usullariga ko’rsatmalarni aniqlash ham olimlarning nazaridan chetga qolmagan.
So’nggi yillarda kam invazivli usul sifatida D. Nuss operatsiyasi keng ko’lamda ko’pgina mamlakatlarda qo’llanilib kelinmoqda. Ammo, olimlar ma`lumotlari bo’yicha bu usul ham 21 % holatlarda qoniqarsiz natijalar bilan yakunlangan. Ushbu natijalar yuzaga kelish sabablari, organizmning immunologik holati, uning bolalar yoshi va deformatsiya darajasiga bog’liq holda rivojlanishi, hamda genetik tekshiruv natijalari adabiyotlarda etarlicha yoritilmagan. Bu ma`lumotlar muhim bo’lib hisoblanadi. Buning tasdig’i sifatida maxsus adabiyotlarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi paydo bo’lishida biriktiruvchi to’qimaning displastik o’zgarishlari roli to’g’risidagi maqolalarning paydo bo’layotganini misol qilib keltirish mumkin. Shu maqsadda biz O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi travmatologiya va ortopediya lmiy tekshirish instituti, “Bolalar travmatologiyasi, ko’krak qafasi deformatsiyalari va umurtqa pog’onasi patologiyasi bo’limi” sharoitida turli og’irlik darajasidagi ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan davolangan bemor bolalarda tekshiruv olib bordik.
KO’KRAK QAFASI GIRDOBSIMON DEFORMATSIYASI KELIB CHIQISH VA RIVOJLANISH NAZARIYALARI
Hozirgi kungacha ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining yuzaga kelish sabablari to’liq oxirigacha o’rganilmagan. Faqatgina adabiyotlarda turli xil gepotezalar va nazariyalar mavjud. XVII asrda Bauhinus birinchi bo’lib ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi to’g’risidagi ilk o’zining fikrlarini bayon qilgan. Adabiyotlarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining 30 dan ortiq etiopatogenetik omillari to’g’risida fikrlar keltiriladi.
Brown (1939 y) nazariyasi, to’sh suyagi tanasining pastki qismi va xanjarsimon o’siqqa birikkan gipoplaziyalangan boylam (Lig. substernalis) borligiga asoslanadi. Bu boylam asosan ko’krak qafasi ichki devorini va “m. transversus thoracis” orqa yuzasini qoplaydigan fascia endothoracica tolalarining qorin to’g’ri mushagi qini tolalari bilan birgalikda diafragmaning to’shga birikadigan joyida qattiq fibroz tortma hosil qiladi. Shu boylam ko’krak old devorini orqaga tortadi (retraktsiya nazariyasi). Lig. substernalis ning kaltalanishining oshishi girdobsimon deformatsiyani chuqurlashtiradi. Shu sababdan jarrohlik amaliyoti vaqtida Lig. substernalis ni uzaytirish g’oyasi kelib chiqqan va bu zaruriy ravishda bajarish shart deb hisoblanadi. Ammo ko’pgina jarrohlar amaliyot vaqtida bu boylamni kaltalanganini kuzatishmagan.
Hausmann (1955 y) nazariyasi bo’yicha ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining yuzaga kelishida qovurg’alar tog’ay qismlarining me`yoridan ortiq o’sishidir.
N.I. Kondrashinning fikriga ko’ra, (1963 y) ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining yuzaga kelishi to’sh va unga birikkan qovurg’alar tog’ay qismlarining disxondroplaziyasidir, ya`ni rivojlanish homiladorlik davrida to’xtab qolganligidir.
Batuglia i Massini (1955 y) va Maneke (1959 y) lar girdobsimon deformatsiya paydo bo’lishida homiladorlik vaqtida vujudga kelayotgan to’shning ikkala qismlarining bir – biriga birikmasligidan kelib chiqadi deb hisoblashadi. Shundan so’ng deformatsiya rivojlanishi nafaqat embriopatik, balki fetopatik buzilish asosida rivojlanadi.
E.A. Abalmasova va E.V. Luzina (1976 y) ma`lumotlariga ko’ra displastik o’zgarishlar birinchi o’ringa chiqadi, ya`ni deformatsiya tug’ilgan vaqtda kuzatilmaydi, balki o’sish davomida rivojlanadi.
Adabiyotlarni ko’zdan kechirganda girdobsimon deformatsiyani Shoyerman Mau kasalligi bilan qo’shilib kelganligi to’g’risidagi ma`lumotlar mavjud.
Xulosa qilib aytganda, ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi rivojlanishi sabablari oxirigacha chuqur o’rganilmagan. Har bir etiologik omil ma`lum bir darajada girdobsimon deformatsiyaning rivojlanishida rol o’ynaydi. Shuning uchun bu omillarni asosiy deb bo’lmaydi. Bu o’z navbatida ushbu patologiyani zamonaviy tekshiruv metodlari asosida o’rganishni talab qiladi.
KO’KRAK QAFASI GIRDOBSIMON DEFORMATSIYASI PATOGENEZI
Ko’krak qafasining shakli, hajmi va o’lchamlari uning girdobsimon deformatsiyasida o’zgaradi. Ushbu o’zgarishlar to’sh va umurtqa pog’onasi orasidagi masofaning (retrosternal masofa) kamayishi va ko’krak qafasining yassilanishi hisobiga yuzaga keladi. Qovurg’alar yo’nalishi keskin o’zgargan, ular qiyshiq yo’nalgan bo’ladi, o’z o’qi bo’ylab rotatsiyalanadi (aylanadi) va buning natijasida ko’krak qafasi devori muskullari va diafragma holati, ayniqsa uning old, qovurg’a yoyiga birikkan qismlari ham o’zgaradi. Ayrim hollarda diafragma tug’ma kaltaligi kuzatiladi. Bu o’zgarishlar ko’krak qafasining harakat hajmini kamaytiradi va diafragma ekskursiyasini cheklashi mumkin. Turg’un paradoksal nafas yuzaga kelishi mumkin. Bolaning chaqaloqlik va hayotining boshlang’ich davrlarida ushbu kasallik yurakning, traxeyani bosishi hisobiga faqatgina paradoksal nafas yoki stridoroz (xirillagan, shovqinli) nafas yoki disfagik o’zgarishlar (ovqatlangandan so’ng kekirish va qusish) bilan xarakterlanadi. Yosh ulg’ayishi bilan bemor o’ziga xos tipik ko’rinishga ega bo’ladi, ya`ni bosh va bo’yin oldinga chiqqan, ular astenik konsistentsiyali tana tuzilishiga ega, mushak tizimi sust rivojlangan, teri qoplamalari oqimtir. Bemorlar kam vaznli bo’lib, jismoniy rivojlanishda orqada qoladilar. Qorin oldinga chiqqan, ikkilamchi skolioz va kifoz rivojlanadi. Ko’krak qafasi a`zolari funktsional o’zgarishlari turg’un xarakterga aylanadi. Bu ko’krak qafasining suyak va tog’ay qismlarining qotishi (suyaklanishi) bilan bog’liq, ya`ni ichki organlarning elastikligi ko’krak qafasi karkasining qarshiligini enga olmaydi. Shuning hisobiga kompensator mexanizmlar ham sekin astalik bilan charchay boshlaydi. Barcha o’zgarishlar birinchi navbatda ichki organlardan nafas olish tizimi, traxeya va bronxlarning drenaj faoliyati buzila boshlaydi, ular tez – tez bronxit va pnevmoniya bilan og’rib turadilar. Nafas tizimi buzilishi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini buzadi. Shu bilan birga yurak qon tomir tizimi tomonidan ham chuqur o’zgarishlar aniqlanadi. Natijada bemorlar tez charchashiga, hansirashga, ayniqsa yugurganda, yurak sohasidagi sanchuvchi va bosuvchi og’riqlarga, yurak sohasidagi bosimga va (hovuchlovchi) his paydo bo’lishiga, yurak urib ketishi, bosh og’rig’i, umumiy holsizlik va charchashga moyil bo’lib qoladilar. Bu jarayonlar yaqqol rivojlanganda barcha yoshdagi bemorlarda yurak sohasidagi shovqinlar, yurak tonlarining bo’g’iqlashuvi, ikkinchi tonning o’pka arteriyasi ustida aktsenti, taxikardiya, arterial va venoz bosimning oshishi bilan xarakterlanadi. Oqibatda organizmda uglevodlar, oqsillar va suv – mineral almashinuvini buzilishiga va qon tarkibida kislota – ishqor muvozanatini buzadi. Bularning hammasi organizm immunitetini (qarshi kurashish kuchi) pasaytiradi. Yurakning nasos funktsiyasi izdan chiqa boshlaydi va kichik qon aylanish doirasida dimlanish yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida yurakning faoliyatini yanayam qiyinlashtiradi. Avvalida yurakning chap kameralarida, keyinchalik turg’un o’ng kameralarida o’zgarishlar kuzatiladi. Yurak etishmovchiligi yuzaga kela boshlaydi. Bu o’zgarishlarning oxirgi davrlarida nafas olish tizimida ham turg’un o’zgarishlar paydo bo’ladiki, natijada oxir oqibat yurak o’pka etishmovchiligi (Cor pulmonale) yuzaga keladi.
KO’KRAK QAFASI GIRDOBSIMON DEFORMATSIYASI TASNIFLANISHI
Hozirgi vaqtda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining tibbiyot amaliyotida birqancha tasniflari mavjud bo’lib, ulardan ko’pchiligi qo’llanilmay, tarixiy ahamiyatga ega bo’lib qolgan, masalan: Grieshaber (1937 y), Evans (1946 y), Edling (1953 y), Schmitt (1962 y), Kooper va Krol (1957 y).
Rehbein (1958 y) tasnifida girdobsimon deformatsiyaning 3 ta ko’rinish farqlanadi:
-
Simmetrik ko’rinishli. 2. Asimmetrik ko’rinishli. 3. Yassi shakli.
Actis – Dato va boshqalar (1962 y) ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasininig 4 darajasi va 4 tipini farqlaydigan tasnif yaratdilar. Unga ko’ra I daraja 1 – 100 ml., II daraja 101 – 150 ml., III daraja 151 – 200 ml., IV daraja esa 200 ml. va ko’p hajmni tashkil qiladi. Deformatsiya tipi bo’yicha: I tip – girdob shakliga, II tip – tarelka shakliga, III tip – tarnov shakliga, IV tip – asimmetrik shakliga egadir.
V.K. Urmonas va N.I. Kondrashinning tasniflari eng ko’p tarqalgan hisoblanib, 1983 yilda yaratilgan. Ushbu tasnifning qulayligi bu kasallikning klinik kechishi, deformatsiya shakli va og’irlik darajasini o’z ichiga olgan.
Mezonlar
|
Mezonlari bo’yicha bo’linishi
|
Deformatsiya shakli
|
Oddiy
|
Yassi shaklli
|
Deformatsiya ko’rinishi
|
Simmetrik
|
O’ng tomonlama
asimmetrik
|
Chap tomonlama
asimmetrik
|
To’sh qiyshiqligi turi
bo’yicha
|
Tipik
|
Vintsimon
|
Egarsimon
|
Deformatsiya darajasi
|
Birinchi
|
Ikkinchi
|
Uchinchi
|
Kasallik davri
|
Kompensatsiyalangan
|
Subkompensatsiyalangan
|
Dekompensatsiyalangan
|
Boshqa patologiya bilan
bog’liqligi
|
Bog’liq emas
|
Bog’liq
|
Klinik kechishi bo’yicha 3 ta davr farqlanadi:
Kompensatsiya davri – faqatgina ko’krak qafasida kosmetik nuqson borligi, bemorda shikoyat yo’qligi va ichki a`zolar tomonidan funktsional o’zgarishlar mavjud emasligi bilan xarakterlanadi.
Subkompensatsiya davrida – bemorda hech qanday shikoyat bo’lmasa ham, yurak qon tomir va nafas olish tizimi tomonidan rivojlangan funktsional o’zgarishlar aniqlanadi.
Dekompensatsiya davri – bemorda rivojlangan sub`ektiv shikoyatlar borligi va yurak qon-tomir, hamda nafas olish tizimi tomonidan yaqqol rivojlangan funktsional o’zgarishlar mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Rentgenogrammada ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining og’irlik darajasini aniqlash mumkin. Bunda to’sh va umurtqa pog’onasi oralig’idagi masofani aniqlab turib, ya`ni eng qisqa to’sh – umurtqa pog’onasi masofasini uning eng uzun o’lchamiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu Gizycka indeksi deb ataladi. Bu indeks bo’yicha 4 og’irlik darajasi farqlanadi:
I daraja – 0,9 – 0,7;
II daraja – 0,7 – 0,5;
III daraja – 0,5 – 0;
IV daraja – 0 – (-0,5);
KO’KRAK QAFASI GIRDOBSIMON DEFORMATSIYASI TASHXISLANISHI
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini tashxislashda bir nechta usullar farqlanadi. Bularga antropometrik tekshiruv (autokorrektsiya testi, ko’krak qafasi ekskursiyasini aniqlash), ko’krak qafasi rentgenografiyasi, mul’tispiralli komp’yuterli tomografiya tekshiruvi, o’pkalar faoliyatini tekshirish (spirometriya, pnevmotaxometriya), yurak faoliyatini tekshirish (ExoKG, doplerografiya va EKG), bemorlar immun holatini baholash (immunologik test), genetik tekshiruv va bir qancha mutaxasisslar xulosasidan iborat.
Antropometrik tekshiruv.
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi tashxisida antropometrik tekshiruv natijalari ahamiyati yuqori bo’lib hisoblanadi. Chunki uzoq muddatli kislorod etishmovchiligi bolalar o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatib, ular gipotrofik bo’lib o’sadilar. Bemorlar tana tuzilishi bo’yicha 3 ta guruhga bo’linadi:
-
Giperstenik tana tuzilishiga ega bo’lgan bolalar.
-
Normostenik tana tuzilishiga ega bo’lgan bolalar.
-
Astenik tana tuzilishiga ega bo’lgan bolalar.
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirganimizda shu narsaga amin bo’lamizki, ularda astenizm va gipotrofizm bolalar suyak tizimi suyaklanishining kechikishi bilan birga amalga oshadi. Buning isboti sifatida mazkur bemorlarning aksariyatida to’sh – qovurg’a kompleksi sohasi elastikligining saqlanib qolganligidir. To’sh – qovurg’a kompleksi elastikligini aniqlash elastiklik mezonlardan foydalaniladi. Bularga “autokorrektsiya testi” va “ko’krak qafasi ekskursiyasi”ni aniqlash kiradi.
Autokorrektsiya testi – bu ishonchli mezonlardan biri hisoblanib, quyidagicha o’tkaziladi: bemorga tinch holatda, tik turib chuqur nafas olish, nafasni chiqarmasdan turib ko’krak qafasida bosim hosil qilish va ko’krak qafasi old devori (deformatsiya sohasi) ni oldinga chiqarish buyuriladi. Shunda girdobsimon deformatsiya ma`lum darajada to’g’rilanadi. To’g’rilanishga qarab, elastiklik darajasi belgilanadi. Olingan natijalar ma`lumotlariga ko’ra elastiklik darajasi 3 ta guruhga bo’linadi:
Giperelastik to’sh – qovurg’a kompleksi. Bunda girdobsimon deformatsiya asl chuqurligini 80 % va undan yuqori ko’rsatkichgacha to’g’rilanishi mumkin.
Gipoelastik to’sh – qovurg’a kompleksi. Deformatsiya 60 dan 80 % to’g’rilanadi.
Anelastik to’sh – qovurg’a kompleksi. Bunda girdobsimon deformatsiya 60 % dan kam darajada to’g’rilanadi. Rasm 1.
a. b.
a. b.
Rasm 1, a, b. Bemor SH. 10 yosh. Ko’krak qafasini tug’ma simmetrik ko’rinishli girdobsimon deformatsiyasi. Subkompensatsiya davri II darajali. a. nafas olganda. b. ko’krak qafasi ichida bosim hosil qilganda girdobsimon deformatsiyaning to’g’rilanishi. Autokorrektsiya testi 80 % ga teng.
Ko’krak qafasi ekskursiyasi – (KQE) – bu ham elastiklik mezonlari orasida ishonchlilardan biri hisoblanadi. Ko’krak qafasi aylana diametri chuqur nafas olganda va chiqarganda o’lchanadi. Chiqqan natijalarni farqini chuqur nafas olgandagi ko’rsatkichga nisbatini foizlarda ifodalash orqali ko’krak qafasi elastiklik darajasi baholanadi.
Bu ko’rsatkichning farqi bo’yicha 3 ta guruhga bo’linadi:
-
Farq 10 % dan yuqori bo’lganda.
-
Farq 5 dan 10 % gacha bo’lganda.
-
Farq 5 % dan kam bo’lganda.
Bu ko’rsatkich malumotlari ham ko’krak qafasi devori elastiklik darajasini ko’rsatadi. Rasm 2.
a. b.
Rasm 2. a. Bemor: A. 8 yosh, nafas olganda b. nafas chiqarganda 63-56=7; 7/63*100=11,2 % (I darajali).
Rentgen tekshiruvi tashxis qo’yishda eng oddiy va qulay tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Odatda, ko’krak qafasi rentgenografiyasi maqsadga qarab bir nechta proektsiyalarda tushiriladi: old – orqa, yon, birlamchi va ikkilamchi qiyshiq proektsiyalar.
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida eng ko’p uchraydigan belgilardan biri bu – nafas olish tizimi faoliyatining buzilishidir. Bunda old – orqa proektsiyali rentgen suratida qon tomir rasmining kuchayishi, uzoq vaqtlardan so’ng surunkali bronxit belgilari aniqlanadi. Bu o’z navbatida nafas olish yo’llarida gipoksogen zonalarning paydo bo’lganligi va shu joylarda yallig’lanish jarayonlari kechganligidan dalolat beradi. Ko’krak qafasidagi girdobsimon deformatsiyasi yurak qon tomir tizimi faoliyatiga ham salbiy tasir ko’rsatadi. Yurak chap tomonga siljiydi. Girdobsimon deformatsiyaning chuqurlashuvi asta – sekinlik bilan yurakning o’zining asl joyidan u yoki bu tomonga siljitadi.
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi darajasining kuchayshi umurtqa pog’onasi o’sishiga ham ta`sir ko’rsatadi. Bunda umurtqa pog’onasida skolioz yoki kifoz kuzatiladi. Ammo, girdobsimon deformatsiyada umurtqa pog’onasi qiyshayishi engil darajali bo’ladi. Cobb bo’yicha 5 – 100 dan oshmaydi. Skolioz kifozga nisbattan ko’proq uchraydi. Bu uning haqiqiy skolioz bilan differentsial diagnostikasida farqli belgi hisoblanadi. Yana farqli belgisi bu deformatsiyalarning qo’shilib kelganida umurtqa pog’onasi rotatsiyasi engil darajali bo’ladi.
Hozirgi zamonda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini tashxislash masalalari oxirigacha o’z echimini topgan desa bo’ladi. Zamon rivojlanishi bilan kundan kunga yangi texnologiyalarning tibbiyotga kirib kelishi bu patologiyani o’rganish borasida anchagina engilliklar yaratdi. Tibbiyot diagnostikasiga magnit maydoniga asoslangan va mul’tispiralli komp’yuterli tomografiyaning (MSKT) kirib kelishi ushbu masalani anchagina hal qildi. Ayniqsa, mul’tispiralli komp’yuter tomografiyani qo’llab ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi to’g’risida to’laroq ma`lumot olish mumkin. Mul’tispiralli komp’yuter tomografiyada patologik o’choqning rasmi 3 sathda rentgen kesimida ko’riladi. Ayniqsa, 3D rejimda kerak bo’lgan soha yoki a`zoning tasvirini atrofdagi to’qimalardan holi qilingan holda ko’rish mumkin. Bu usulni ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida ham qo’llasa bo’ladi. Bunda to’sh – qovurg’a kompleksining morfologik tuzilishi, undagi anomal o’zgargan sohalar topografik jihatdan to’liq aks ettiriladi.
Mul’tispiralli komp’ter tomografiyaning gorizontal tomogrammasida to’sh suyagning aylanishi (torsiyasi), girdobsimon deformatsiyaning chegaralaridagi deformatsiyalangan qovurg’alarning burchaklarini (o’ng va chap tomonda) aniqlash mumkin. Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida to’sh suyagi saggital sath va o’z o’qi bo’yicha chap yoki o’ng tomonga aylanadi. To’sh suyagi torsiyasining oshishi asimmetrik deformatsiyani vujudga keltiradi.
To’sh suyagi torsiyasi darajasi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
I (engil) darajasi 15° dan past;
II (o’rta) darajasi 16 – 30° gacha;
III (og’ir) darajasi 30° dan yuqori;
Rasm 3. Bemor S. 2001 y.t. Ko’ndalang tomogramma. To’sh suyagi o’ng tomonga qarab 10,2° ga torsiyalangan, I darajali.
To’sh suyagi torsiyasi bilan bir vaqtda asosiy girdobsimon deformatsiyasi o’ng va chap tomonlarida burchaklar paydo bo’ladi, ular deformatsiyalangan qovurg’alar burchaklari deb yuritiladi. Bu burchaklar kam hollarda bir xil o’lchamli bo’ladi, ko’pincha bularning bittasi o’tmas va ikkinchisi o’tkir burchakli bo’ladi va to’sh suyagi torsiyalanish tomonida o’tkir burchak aniqlanadi.
Girdobsimon deformatsiyasi chegarasidagi burchaklar darajasiga qarab 3 ta guruh farqlanadi:
I (engil) daraja 180 – 120°;
II (o’rta) og’ir darajasi 120 – 90°;
III (og’ir) darajasi 90° dan past;
Rasm 4. Bemor D. 2002 y.t. Ko’ndalang tomogramma. Girdobsimon deformatsiyasi chegarasidagi burchaklar: o’ng tomonda 128,3°, chap tomonda 136,0°, I daraja.
Mul’tispiral komp’yuter tomografiyasining yana bir qulay tomoni shundan iboratki, bu diagnostik metodni dinamik kuzatuv maqsadida qo’llash mumkin.
TO’SH QOVURG’A KOMPLEKSI ELASTIKLIGI
To’sh qovurg’a kompleksi elastikligi deganda to’sh va unga birikkan qovurg’alar tog’ay qismlarining yumshoqligi, harakatchanligi, korrektsiyaga, to’g’rilashga moyillik darajasi tushuniladi. Normal rivojlanayotgan bolalarda ham bu xususiyat saqlangan bo’ladi. Organizmda suyaklanish jarayoni boshlanishi bilan to’sh qovurg’a kompleksi elastikligi pasaya boradi. To’sh qovurg’a kompleksining elastiklik xususiyati ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan og’rigan bemorlarda yuqori darajada bo’ladi va girdobsimon deformatsiyaning paydo bo’lishi aslida shu xususiyatning kuchli rivojlanganligidan yuzaga keladi deb ham hisoblanadi.
Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida to’sh qovurg’a kompleksi elastikligini aniqlash uchun 4 ta mezon ishlab chiqildi va bunga patent (№ DGU 02466) olindi:
-
Autokorrektsiya testi.
-
Ko’krak qafasi ekskursiyasi ma`lumotlari (nafas olganda va chiqarganda).
-
To’sh suyagi torsiyasi (chap va o’ng tomonga qarab).
-
Girdobsimon deformatsiya chegarasi burchaklari (o’ng va chap tomonda).
KO’KRAK QAFASI GIRDOBSIMON DEFORMATSIYASI DAVOSI
Umum qabul qilingan qoidaga ko’ra, jarrohlik usuli ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida yagona davolash metodidir, turli xil fizik mashqlarni bajarish, fizioterapiya davo muolajalari va konservativ davo usullari ushbu holatni to’g’rilashga qodir emas. Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining I darajasida jarrohlik amaliyoti faqatgina kosmetik ko’rsatmaga binoan amalga oshiriladi. Bu darajalarda yurak qon tomir va nafas olish tizimlarida funktsional o’zgarishlar aniqlanmaydi. II va III darajadagi girdobsimon deformatsiyalarda funktsional o’zgarishlar paydo bo’ladi va jarrohlik amaliyotini o’tkazishdan maqsad: birinchidan, kosmetik nuqsonni bartaraf qilish, ikkinchidan, buzilgan funktsional o’zgarishlarni tiklashdir. Olimlar fikricha, jarrohlik amaliyoti qancha erta boshlansa, funktsional natija shuncha qoniqarli bo’ladi. Jarrohlik amaliyotini bajarish uchun 4–6 yosh eng optimal davr hisoblanadi.
Jarrohlik usuliga ko’rsatmalar yaratishda girdobsimon deformatsiyasi sohasining elastikligi darajasi asosiy bo’lib hisoblanadi va 3 darajasi farqlanadi:
-
Yuqori darajali elastiklik.
-
O’rta darajali elastiklik.
-
Past darajali elastiklik.
Bundan tashqari jarrohlik usulini tanlashda bemorning yoshi va to’sh suyagi rotatsiyasi darajasi ham inobatga olinadi, bunda rivojlangan to’sh suyagi rotatsiyasi - 15° dan yuqori va kam rivojlangan to’sh suyagi rotatsiyasi - 15° dan past deb hisoblanadi.
1998 yilda D. Nuss o’zining ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi kam ininvazivli texnologiya bilan korrektsiyaning 10 yillik davo natijalarini omma oldida namoyish qildi. Usulni D. Nuss 1987 yilda AQSH ning Virdjiniya shtati, Norfolk shahridagi qirollik Bolalar klinikasida (Children’s Hospital of The King’s Daughters in Norfolk) ishlab chiqqan. Hozirda bu usulni AQSHdan tashqari boshqa mamlakatlarda ham keng ko’lamda qo’llashadi.
-
b. c.
Rasm 5. Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida D. Nuss operatsiyasi etaplari. a. ko’krak ichiga introdyusserni kiritish. b. arkasimon plastinani o’tkazish. c. plastinani 180° ga aylantirish.
Barcha ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi mavjud bemorlarda asosiy jarrohlik usuli bu - D. Nuss operatsiyasidir. To’sh suyagi rotatsiyasi darajasiga qarab yana 3 tip modifikatsiyalar ham yaratildi:
I tip – to’sh suyagi «T»-simon sternotomiyasi, xondrotomiya yoki qovurg’alar rezektsiyasi, plastina bilan fiksatsiyasi;
II tip – to’sh suyagi ko’ndalang sternotomiyasi, xondrotomiya yoki qovurg’alar rezektsiyasi, plastina bilan fiksatsiyasi;
III tip – to’sh suyagi «T»-simon sternotomiyasi, qovurg’alar rezektsiyasi, plastina bilan fiksatsiyasi.
Shu paytgacha bemorlarda ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi korrektsiyasidan so’ng stabilizatsiya maqsadida D. Nuss plastinasi qo’llanilar edi. So’nggi paytlarda O’ZTOITO klinikasida ishlab chiqilgan plastina mavjud. Bu plastina Pol’shaning ChM firmasida ishlab chiqariladi, patent № FAP 20120014.
Rasm 6-7. Ko’krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida qo’llaniladigan yangi endofiksator va uning ko’krak qafasi qo’llanilgan holati – sxema.
Plastinaning afzalliklari:
-
Plastina juda qattiq emas, balki elastiklik xususiyati ega.
-
Plastina zanglamaydigan metal - titandan yasalgan.
-
Plastina amaliyotdan keyingi davrda elkalari bilan ko’krak qafasini qattiq siqmaydi, ya`ni nafas biomexanikasiga salbiy ta`sir ko’rsatmaydi. Shu sababli bemorlarimiz aksariyat hollarda og’riqqa shikoyat qilishmaydi.
-
Amaliyotdan keyingi davrlarda bemorlar faollanishi engilroq va silliq kechadi.
-
Korrektsiyani yo’qotilmasligi va ko’krak qafasi yon devorlarida ikkilamchi chuqurlashgan deformatsiyalar yuzaga kelmasligi uchun plastinaning ikkala elkalarida stabilizatorlar o’rnatilgan.
-
Stabilizatorlar plastinaning migratsiyasi va aylanib ketishini oldini oladi.
-
Plastina ko’krak qafasi old devoriga jips o’rnashadi va shuning uchun plastina va ko’krak devori yagona birlik hosil qiladi.
XULOSALAR:
Amaliyotdan keyingi olingan natijalar shuni ko’rsatdiki, D. Nuss jarrohlik usulini differentsiyalashgan holatda qo’llash va jarrohlik usullarini tanlashda bemor yoshi, girdobsimon deformatsiyasi sohasi elastiklik darajasini va to’sh suyagi rotatsiyasi inobatga olish jarrohlik amaliyotining ortiqcha travmatikligini kamaytiradi va ko’pchilik hollarda yaxshi anatomik natijalarga olib keladi.
Yangi endofiksatorni qo’llash, o’zining arkosimon holati va fizik xususiyatlari hisobiga amaliyotdan keyingi davrlarda maksimal ko’krak qafasi hajmini hosil qilish, to’sh suyagi patologik rotatsiyasi va qiyshaygan qovurg’alar rotatsiyasini bartaraf qilish, hamda, normal anatomik ko’krak old rel’efini hosil qilish imkoniyatini yaratdi, bu esa o’z navbatida bemor bolalarga ko’pgina pozitiv holatlarni yuzaga kelishi sabab bo’ldi. Shu jumladan, endofiksatorni uzoq muddatli, ya`ni to’laqonli ko’krak qafasi karkasi hosil bo’lishi uchun etarli bo’lgan davrgacha ushlab turish bemorlarni jamiyatda adaptatsiyalanishi, ularning normal hayot ritmiga qaytishlariga ikoniyatlar yaratdi, hamda, bemorlarga psixologik komfortlik yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |