Bolalarda vitaminlar yetishmovchiligining oqibatlari Vitaminlarning o’rganish tarixi, ularning ahamiyati Vitaminlarning tasnifi



Yüklə 24,26 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü24,26 Kb.
#147224
  1   2
2-mavzu


Mavzu: Bolalarda vitaminlar yetishmovchiligining oqibatlari


Reja:


1 Bolalarda vitaminlar yetishmovchiligining oqibatlari

2 Vitaminlarning o’rganish tarixi, ularning ahamiyati
3 Vitaminlarning tasnifi

Har bahor oylarida yoki yoz boshida bolalarda quyidagi belgilar kuzatiladi: doimiy charchoqlik, uyquchanlik, asabiychanlik, injiqlik, sochlar toʼkilishi, lablarda yoriqlar paydo boʼlishi, tirnoqlar sinishi va ularning moʼrtligi. Bu belgilar birgalikda avitaminoz kasalligi belgilari hisoblanadi.


Maʼlumot oʼrnida:
Organizmda ayrim vitaminlarning umuman yetishmasligi avitaminoz deb yuritiladi.
Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz deb yuritiladi.
Darvoqe.
Shifokorlarning aytishicha, avitaminoz holati mavsumiy kasallik hisoblanmasdan, balki bolalarda yil boʼyi uchrab turadi. Buning asosiy sababi bolalarni noratsional ovqatlantirish, sifatsiz konservalangan mahsulotlarni qabul qilish, noqulay ekologik muhit hisoblanadi.
Buni bilasizmi?!
А va D vitaminlarini mustaqil holda qabul qilish mumkin. Аmmo bu vitaminlarning organizmda miqdori oshib ketishi turli kasalliklarga olib keladi.
Masalan: organizmda А vitamini koʼpayib ketganda suyak toʼqimasi kasallilkariga olib keladi. Bolalar organizmida D vitamini oshib ketishi esa yurak, buyrak va suyak toʼqimalari uchun xavflidir.


Vitaminlarning o’rganilish tarixi va uning ahamiyati.
Bundan 130 yil ilgari odam va xayvonlar organizimini me’yor chegarada hayot kechirishi uchun organizmga karbonsuvlar, yog’lar, oqsillar va mineral moddalar va suv kirib kelsa kifoya degan fikr xukm surar edi. Lekin biroz keyinroq, bu moddalardan tashqari juda kam miqdorda bo’lsada, organizm uchun zarur bo’lgan va fanga no’malum bo’lgan boshqa moddalar ham kerakligi aniqlandi.
Shu bilan birgalikda qadim zamonlardan boshlab oziqa tarkibida ayrim komponentlarning yetishmasligi tufayli har xil kasalliklarning kelib chiqishi ham ma’lum edi.
Ma’lumki, qadimgi Xitoyda guruch kepagi bilan davolanib ketadigan «beri-beri» kasalligining (beri–singal tilida-nimjonlik) uchrashi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud edi. Bu kasallikda mushaklar atrofiyasi, yurak-tomir tizimini izdan chiqishi kuzatilar edi.
Qadimgi xitoy yozuvlarida «Shapko’rlik» kasali to’g’risida ham ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bu kasallikni jigar iste’mol qilish yo’li bilan davolash mumkinligi ham ma’lum edi.
Singa kasalini belgilari to’g’risidagi ma’lumotlar dastlab eramizdan oldin yashab o’tgan buyuk mutafakkir, tabib, faylasuf Gippokrat qalamiga mansubdir.
Uning ma’lumotlariga muvofiq bu kasallikda nimjonlik, mushak-bo’g’imlar og’rig’i, milklarni qonashi, tishlarning tushishi yuz berishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
O’rta asrning buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanida burulish yasagan siymo hisoblanib, o’z asarlarida har xil kasaliklarni davolash yo’l-yo’riqlarini batafsil keltirib o’tgan. Uning asarlarida to’la qimmatli ovqatlanish ko’p kasalliklarni oldini olish garovi ekanligi qayd qilingan bo’lib, vitaminlarning ochilishidan to’qqiz asr oldin ularning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar bashorat qilingan.
Singani davolashga qaratilgan izlanishlar olib borish buyuk geografik kashfiyotlar davriga, ya’ni, XVI-XVII asrlarga to’g’ri keladi. 1601 yil Dj. Lankaster ingliz xarbiy dengiz floti askarlarini oziqa rasioniga limonni kiritishni taklif etdi. Shuning uchun bu askarlarni keyinchalik «Limon xo’rlar» deb nomlay boshladilar. Biroz keyinroq ingliz shifokori Dj. Lind o’zining «Singa haqida qissa» asarida (1757 y). «Organizmni singaga chalinishdan saqlaydigan omil meva va sabzavotlardir» deb e’tirof etdi. XVIII asrda raxitni davolash uchun shifokorlar triska balig’i yog’idan foydalanishgan. Shu davrda Ispaniya kiroli Filipp V ning shifokori G.Kazal (1735 y.) pellagra (italyancha-pella agrako’chadigan-po’st tashlaydigan teri) to’g’risida ma’lumot berdi. Bu kasallikda oldin teri shikastlanadi, so’ng til, oshkozon–ichak yo’lining sillik pardasi yallig’lanadi va yana keyinroq asab-ruxiy shikastlanish paydo bo’ladi.
1816 yilda frantsuz fiziologi F. Majandi birinchilar qatori fiziologiyada eksperimental tafsifli ishlarni taklif kildi, hamda eksperimental hayvonlarni sun’iy ravishda tuzilgan ratsion bilan oziqlantirdi.
Bu olimning eksperimental tadqiqot olib borish uslublaridan foydalanish asosida hayvonlarning oqsil, karbonsuv, yog’lardan tashkil topgan ratsion qabul qilganida, ular ayrim kasalliklarga uchrashi mumkin ekanligi isbotlandi.
XIX asrda singa (yoki skorbut) kasalligi juda ham keng tarqalgan bo’lib, bu kasallikdan «yostig’i qurigan» kishilar 70-80% gacha yetib bordi.
Taxminan shu davrda Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaponiyada «beri-beri» nomi bilan yuritiladigan kasallik ham keng tarqalgan edi. Yaponiya aholisini deyarli 30% shu kasallikka chalingan edi.
1882 yilda Takaki degan yapon hakimi ekipajida taxminan 300 nafardan dengizchisi bo’lgan ikkita kemadagi odamlarning holatini kuzatdi. Kemalar 9 oy davomida dengizda suzib yurishgan bo’lib, birinchi kema dengizchilari shu paytda dengizchilar uchun odatdagi oziq-ovqat maxsulotlarini istye`mol qilishgan bo’lsa, ikkinchi kema dengizchilari ovqatlari tarkibiga sof sabzavot maxsulotlari ham kiritilgan edi.
Bunda birinchi kema dengizchilaridan 170 nafari beri-beriga chalingan bo’lib, 25 nafari vafot etdi. Ikkinchi kemada esa kasallikning faqat yengil shakli 14 nafar dengizchida kuzatildi va bu kasallardan biron kishi vafot etmadi.
Bu kuzatuv natijasida Takaki sof sabzavotlar tarkibida organizmning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan qandaydir moddalar bo’ladi degan xulosaga keldi.Vitaminlar to’g’risidagi ta’limotni rivojlanishida N.I. Luninning (1880 y.) xizmati katta. U kishi hayvon organizmi oziqa tarkibida oqsil, karbonsuv, yog’, mineral moddalar va suvdan tashkari xozirgacha ma’lum bo’lmagan, lekin ularni o’rnini bosib bo’lmaydigan qandaydir moddalarning bo’lishini talab qilinishini isbotladi.
Bu ilmiy xulosa F.Xopkins va K.Funk (1912 y.) lar tomonidan keyinchalik yanada to’liqroq isbotlandi. Ayniqsa, shu yili K.Funk guruch kepagi ekstraktidan «beriberi» ni oldini oladigan kristall moddani ajratib oldi. Bu modda tarkibida amin gurux bo’lganligi uchun uni «hayot amini» (Vita-xayot) deb nom berdi.
Keyin topilgan vitaminlar tarkibida amin guruxi bo’lmasligi ham mumkin, lekin fanda «vitaminlar» atamasi saqlanib koldi.
Vitaminlar-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo’lib, butun organizmda moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalarni tuzilishi, funksiyasi, mikdoriy o’zgarishlarini o’rganuvchi fan vitaminologiya deyiladi.
Moddalar va energiyani almashinuv jarayonini me’yor darajada kechishini izdan chiqishi ko’pincha vataminlarning organizmga kirib kelishini yetarli bo’lmasligi yoki umuman oziqa tarkibida bo’lmasligi bilan bog’liq.
Vitaminning organizmga kirib kelishini umuman to’xtashi avitaminoz kasalligini, ularning yetarlicha kirib kelmasligi-gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqaradi. Odamda amaliy jihatdan kasallikning ikki xili uchraydi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim xududlarida aholi ko’pincha o’simlik
mahsulotlaridan iborat bo’lgan va hamisha bir xil oziq-ovqatlarni iste’mol qiladilar. Shu sababli bu vohalarda vitaminlarning tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar uchraydi.
Ilmiy adabiyotda oshiqcha miqdor vitaminlarni organizmga kirishi, ya’ni, gipervitaminoz tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning borligi to’g’risida ham ma’lumotlar keltiriladi.
Gipovitaminozga xos kasalliklarni kelib chiqishi organizmda fermentlar faoliyatini pasayishi tufayli yuz beradi, chunki ko’p vitaminlar fermentlarning kofaktorlari yoki kofermentlari funktsiyasini bajaradi. Odam va hayvonlarda uchraydigan gipo- va avitaminozlarning kelib chiqishi ikki xil omillarga bog’lik bo’ladi. Bu omillarni ekzogen va endogen omillar deyiladi. Endogen omillar deganda, oziqa tarkibida muayyan vitaminning yetishmasligi yoki umuman bo’lmasligi tufayli yuzaga chikadigan gipo- va avitominoz kasalliklari haqida fikr yuritiladi.
Endogen omillar bilan bog’lik gipo- va avitaminoz kasalliklari o’ziga xos sabablarga bog’lik holda kelib chiqadi. Ular jumlasiga:


  1. Ba’zi fiziologik xolatlarda vitaminlarga bo’lgan extiyojni oshishi. Bunga xomiladorlik, laktasiya, tireotoksikoz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.


  2. Ichakda mikrofloraning rivojlanishi ya’ni infeksion jarayonlar tufayli vitaminlarni parchalanib ketishi.


  3. Ichakni sekretor va motor funktsiyasini izdan chiqishi tufayli vitaminlarni so’rilishini susayishi.


  4. Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli o’t yo’lini to’sib qo’yilishi natijasida yog’lar so’rilishini va bu orqali yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishini izdan chiqishi.


Shu mulohazalardan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, tibbiy amaliyot uchun gipo- va avitaminozlarning ekzogen va endogen tavsifga ega ekanligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ekzogen tavsifli gipo- va avitaminozni davolash va oldini olish uchun ratsionni tegishli vitaminlar bilan boyitish lozim bo’ladi.


Endogen tavsifli kasallikni davolash uchun esa, uning sababini aniqlagandan so’ng muayyan vitaminni qo’shimcha ravishda qonga yuborish amaliyotidan foydalaniladi. So’ngi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim xududlarida vitaminlarning tanqisligi bilan bog’liq kasalliklarning kelib chiqishi, bu mamlakatlarda turmush darajasini pastligidir degan fikrga kelingan. Shu nuqtai nazardan R. Garris, K. Skriver va
V.B. Spirichevlarning fikrlariga ko’ra, oziqa tarkibi bilan bog’liq kasalliklarning kelib chiqishi vitaminlarning miqdoriy ko’rsatkichi bilangina emas, balki ovqatlanish madaniyati va uni samaradorligini oshishi muammolarini yechimini qidirish lozim bo’ladi. Shu nuqtai nazardan bu narsa tibbiy muamo emas, balki ijtimoiy-iktisodiy muammo tusini olmoqda. Shu sababli biokimyo va uning tarmog’i bo’lgan vitaminologiyaning rivojlanish istiqbollarida jahon aholisini samarali oziqlanishini ta’minlashga erishish vazifasi turadi.

Yüklə 24,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin