BOLALARNI RASIONAL OVQATLANTIRISh
Tabiiy - ko'krak suti bilan ovqatlantirish. Bu bola tuhilgandan 1-1,5 yil ichida adekvat ovqatlantirishning tabiiy shakli hisoblanadi. Ko'krak suti bilan emizish bola hayotining birinchi 6-oyligida to'g'ri ovqatlantirishning yagona usuli hisoblanadi. Tugruqxonada chaqaloqni birinchi marta ko'krakga qo'yish birinchi muloqot muolojasi bilan olib boriladi.
Vaqtiga yetib tuhilgan chaqaloqda tug'ilgandan so'ng 102-150 min orasida ovqat qidirishning tug'ma dasturiga asosan ko'krakni emish uchun imkoniyatlar bor: ona ko’kragiga emaklab borish, oqzini katta ochgan holda qol va ogizning koordinasion xarakati bilan ko'krak uchini qidirish, ko'krakni so'rish va uyqusi kelgunicha emish.
Ko'krak bilan emizishni bola tugilgandan keyin birinchi soat davrida boshlash kerak, chunki bu vaqtda bolaning ikkala refleksi (qidiruv va sorish), ko'krak bezi sohasi sezgirligi onaning taktil stimulyasiyasi bu vaqtda yuqori bo´ladi. Tug´ruqdan keyin teri muloqoti yaqinroq bo'lishi kerak, asoratlanmagan tug'ruqdan so'ng, ona qorniga bolani yotqizib qo´yish tavsiya etiladi.
Doimiy ko'krak suti va sigir suti (100 mlda) tarkibi va bola ozuqa aralashmasi tarkibi tog'risida tavsiya
№
Komponentlar
Ko'krak suti ortacha kiymati
Bola ozuqa aralashmasi
Sigir suti
1Energiya (kdJ)280250-315276 2 Energiya (kkal) 67 60-75 66
3 Oqsil (g) 1,3 1.2-1,95 3,2 4 Yog (g) 4,2 2,1-4,2 3,9
5
Uglevod (g)
7
4.6-9,1
4,6
6
Natriy (mg)
15
13-39
55
7
Xlor (mg)
43
32,5-81
97
8
Kalsiy (mg)
35
59
120
9
Fosfor (mg)
15
16,3-58,5
92
10
Temir (mg)
76
325-975
60
11
vitA
60
39-117
35
12
Vit S
3,8
5,2
1,8
13
Vit D
0,01
0,65-1,63
0,08
Ona va bola sog'ligi uchun ko’krak suti bilan emizishning afzalliklari
Emizikli bola uchun:
Dispeptik kasalliklarning tarqalishi va davomiyligi pasayadi
Respirator infeksiyalardan himoyani ta'minlaydi
Otit va otit qaytalanishining tarqalishini kamaytiradi
Chaqaloqlar nekrotik enterokoliti, bakteremiya, meningit, botulizm va siydik yo’llari infeksiyasidan himoyalaydi
Autoimmun kasalliklarga moyillikni kamaytiradi
To’satdan o´lim sindromiga moyillikni kamaytiradi
Sigir sutiga allergiya rivojlanishi moyilligini pasaytiradi
Katta yoshdagi bolalarda semirishga moyillikni kamaytiradi
Sut tarkibida yarim to’yinmagan yog kislotalarni borligi tufayli psixomotor rivojlanish va korish o'tkirligi oshadi
IQ shkalasi boyicha aqliy rivojlanish ko´rsatgichi ortadi, bu sut tarkibidagi omillar yoki yuqori stimulligi bilan bog'liq
Jag' nuqsonlari kamayadi
Ona uchun:
Bola tuhilgandan keyin ko'krak bilan emizishni erta boshlash, onaning tug'ruqdan keyin kuch tiklashiga, bachadon involyusiyasi tezlashuviga va qon ketishni oldini olishga, shu bilan birga onalar o'limini pasayishiga, onada gemoglobin zahirasini saqlashga, qon ketishini pasayishi hisobiga, uning organizmida temir miqdorini ko'payishiga olib keladi
Klimaks oldi yoshi davrida ko'krak bezi saramasiga moyillikni kamaytiradi
Tuxumdonlar saramasiga moyillikni pasaytiradi
Suyaklar mineralizasiyasini yaxshilaydi va shu orqali klimaks oldi yoshi davrida son suyagi sinishiga moyillikni pasaytiradi.
Chaqaloqlar hayotining birinchi kunlarida og'iz sutining ahamiyati.
Og'iz suti xarakteristikasi
Og'iz suti - sariq yoki kulrang-sariq rangdagi yelimsimon, quyuq suyuqlik, homiladorlikning oxirida va tug'ruqdan keyin birinchi 3 kunida ajraladi. Isitilganda yengil eriydi. Og'iz sutida oqsil, vit A, karotin, askorbin kislotasi, vit V12, Ye, tuzlar, doimiy sutga nisbatan ko'p bo´ladi. Albumin va globulin fraksiyalari kazeindan ko'proq. Kazein laktasiyaning 4-kunidan boshlab paydo bo´ladi, uning miqdori asta-sekin kopayadi. Bolani ko'krakga qo´yishdan oldin og´iz sutida IgA, yog va sut shakari yetuk sutga nisbatan kam bo´ladi. Og'iz suti oqsili bola oqsil zardobiga o´xshashligi sababli o'zgarmagan holda so'riladi. Og'iz suti gemotrof va amniotrof oziqlanish davrlari ortasitdagi oraliq shakli va laktotrof oziqlanish boshlanishi hisoblanadi. Birinchi kunlarda og’iz sutining energetik qiymati 1500 kkal/l, 2-kunda - 1100kkal/l, 3 - kunda 800 kkal/lga teng keladi.
Etuk (doimiy) sut - bir necha kundan keyin ishlab chiqiladi, uning miqdori oshadi, kokrak bezlari to´lishadi, shishadi va og'ir bo´ladi. Bu xolat "sutni otishi" deb ataladi. Erta sut - emizishning boshida ishlab chiqiladi.
Kechki sut - emizishning oxirida ishlab chiqiladi. Rangi oq, erta sutga nisbatan unda yoglar ko'p. Bu yog´ tabiiy ovqatlantirishda asosiy energiya manbai bo'lib hisoblanadi. Erta sut kechki sutga qaraganda, havorang tusda, u ko'p hajmda ajraladi va boshqa komponentlar bilan ta'minlaydi. Birinchi 6 oyligida issiq iqlim bo’lishiga qaramay, qo´shimcha suyuqlik ichirish mumkin emas. Agar bola chanqashni suv bilan qoniqtirsa, ko'krak sutini kam miqdorda emadi.
Ona sutining afzalliklari:
1. Og'iz suti va ona sutida ichak infeksiyasi chakiruvchisiga, esherixiy, shigella, enterovirus, respirator infeksiyaga, virusli kasalliklar qo'zg'atuvchisiga, bakterial infeksiyalarga qarshi antitelolar bor.
2. Og'iz sutida immunoglobulinlarning barcha sinflari, asosan IgA (90%) bor. Laktasiyada uning miqdori kamayadi, lekin sutkalik talabi yuqoriligicha qoladi. Bu immunoglobulin invaziyaga qarshi birinchi himoya vazifasini o'taydi, bakteriyalar adgeziyasini pasaytiradi, viruslarni neytrallaydi, allergizasiyani kamaytiradi.
3. Laktasiyaning birinchi 4-haftasida ona sutida laktoferrin (50-100mg/l) bo´ladi, u fagositozni aktivlashtiradi, ichakda ionizasiyalashgan temirni boqlaydi, bakterial florani yangidan hosil bo´lishini bloklaydi. U sutdagi umumiy oqsilni 15-20%ini tashkil qiladi. Sigir sutida laktoferrin 10-15 marta kam.
4.Og'iz sutida S3 komplement komponentlari (30mg kunda) va S4 (10mg kunida) mavjud.
5.Ona sutida sigir sutiga qaraganda lizosim miqdori 100-300 marta yuqori bo´ladi. Uning ta'siri bakteriya qobig'ini zararlashdan iborat, so'lakda amilazaning hosil bolishini stimullaydi, oshqozon kislotaligini ko´taradi.
6.Ona sutida bifidus-faktor bor, uning aktivligi sigir sutiga nisbatan 100 marta yuqori. Bu uglevod bifidus flora, sut va sirka kislotasi hosil bo’lishini ta'minlaydi, o'z navbatida stafilokokk, salmonella, shigella, esherixiy o’sishiga tosqinlik qiladi. Tabiiy ovqatlantirishda ichakda laktobakterin va boshqa mikroorganizmlarning nisbati 1000:1; sun'iy ovqatlantirishda esa - 10:1ga teng.
7. 1 ml ona suti tarkibida 0,5-1 mln gacha tirik hujayralar, makrofaglar 50-80%, limfositlar - 10-15% Sutdagi makrofaglar interferon, laktoferrin, lizosim, komplement komponentlarini sintezlaydi, ular o'z hususiyatlarini ichak infeksiyalarida ham saqlaydilar.
8. Ona sutiga allergiya aniq emas, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda sutli aralashmaga allergiya esa 18%ni tashkil qiladi.
9. Ona suti, asosan og'iz suti, sigir sutidan farqli, o'z tarkibida gipofiz, qalqonsimon bez gormonlarini saqlaydi.
10. Ona sutida 30 ga yaqin ferment bor, ular gidrolizda hatnashadi, bu ona sutining yuqori hazm bolishini ta'minlaydi.
11. Ona sutida oqsil 2 marta kam, lekin uglevodlar (laktoza) xayvon sutiga nisbatan ko'proq. Yog´lar miqdori bir xilda. Uglevodlarning energetik bahosi ona sutida - 45%, sigir sutida - 30%, yog - 50% energetik qiymatini tashkil qiladi.
12. Ona sutida sigir sutiga qaraganda kul kamroq bo´ladi.
13. Zardobdagi laktoalbumin va laktoglobulinlar miqdori kazeinogenga nisbati 3:2 ni tashkil etadi, shuning uchun moslashtirilgan aralashmalar zardobli oqsil bilan to´yingan. Ona sutida proteolitik fermentlar ham bo´ladi.
14. Kokrak sutida yoglarni asosiy komponentlari - uch gliseridlardir. Bolalardaoshqozon osti bezi lipazasi aktivligi pastligi va konyugasiyalashgan ot tuzlarining past konsentrasiyasi yog´ gidrolizini qiyinlashtiradi. Ko'krak sutida palmitin kislota miqdori past, u yengil gidrolizni ta'minlaydi.
15. Ko'krak sutida sut glyukozasi (laktoza) sigir sutiga nisbatan koproq, kokrak sutida - laktoza, ingichka ichakda sekin hazm bo´ladi va yogon ichakda grammusbat bakterial flora o'sishini ta'minlaydi.
16. Ko'krak sutida kalsiy va fosforning nisbati 2-2,5:1, sigir sutida -1:1, bu ularning sorilishi va hazm bolishigaa ta'sir korsatadi. Ko'krak sutida kalsiyning hazm bolish koeffisienti 60%, sigir sutida - jami 20%. Ona suti sigir sutiga qaraganda temir, miss, sink, yogda eriydigan vitaminlarga boy bo´ladi.
Kokrak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari
Agar navbatdagi emizishdan keyin godak ko'krakni qo´yib yuborsa, "qoniqqan" ko'rinishga ega bo'lsa, keyingi emizishgacha tinch uxlasa, demak sut unga yetarli bo´ladi. Sut hajmining yetarli ekanligining ob'ektiv belgilariga yosh normasi, tana vazniga qo´shilishi, boshqa antropometrik ko'rsatgichlarning kopayishi, teri holatining yaxshiligi, yumshoq to´qimalar turgorining saqlanganligi, peshob va axlat ajralishining normal miqdori kiradi.
Bola hayotining birinchi 10-kunida kerakli sut miqdori yetuk tuhilgan bola uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N.P.Shabalov formulasi:
bir marta emizilgandagi sut miqdori (ml) = 3ml x hayoti kuni x vazni(kg)
G.I.Zayseva modifikasiyasiga ko´ra, N.F.Filatov formulasi:
Sutkalik sut miqdori (ml)= 2% tana vazni x hayot kuni
Bola hayotining 10-kunidan boshlab, sutkalik sut miqdori ikki xil usul bilan hisoblanadi:
Geybner-Cherni "xajmiy" usuli.
Ovqat hajmi yoshi va tana vazniga bog´liq xolda tavsiya etiladi. Bunda tana vazni o´rtacha yosh normasiga mos kelishi kerak.
Sutkalik sut miqdori 1 litrdan oshmasligi kerak.
10 kundan 1,5 oygacha-faktik tana vaznining 1/5 qismi;
1,5-4 oyda-1/6;
4-6-oyda-1/7;
6-12oyda-1/8 faktik tana vaznining qismlarini tashkil qiladi
M.S.Maslov bo'yicha kaloriyali usul:
Ovqatlanishning energiyali kiymati, bolaning 1 kg tana vazniga ?uyidagicha bolishi kerak:
Yilning birinchi choragida - 120 kkal/kg sutkada
Ikkinchi choragida - 110kkal/kg sutkada
Turtinchi choragida - 100 kkal/kg sutkada
Bir litr kokrak sutida 700 kkal bor.
Bir martalik emizish xajmini aniqlash uchun= sutkalik ovqat xajmi
umumiy emizish soniga
Bir yoshgacha bo´lgan bola sutka davomida 1000-1100 mldan ortiq ovqat qabul hilmasligi kerak*
Sun'iy va aralash ovqatlantirish
Sun'iy ovqatlantirish - bolani ona suti o'rnini bosuvchi aralashmalar bilan shisha idishdan ovqatlantirish, bunda bolani kuniga bir marta ko'krak suti bilan emizish yoki ko'krak suti xajmi 50-100 ml ga teng bolishi ham mumkin.
Sun'iy ovqatlantirish bola uchun fiziologik hisoblanmaydi, bolaning kelgusi hayotidagi biologik xususiyatlarni o'zgarishi va kasallanish spektrini o'zgartiradi. Aralash va sun'iy ovqatlantirish faqatgina hayot ko´rsatmasiga asosan o'tkaziladi, agar onasida adekvat laktasiya bolmasa, bolada surunkali och qolishga yuqori moyillik bo'lsa.
4-10% tuqqan ayollarda adekvat laktasiya bo´lmaydi.
Ona tomonidan tabiiy ovqatlantirishga qarshi ko'rsatmalar:
Sil kasalligining basillo ajralishi bilan kechadigan ochiq shakli;
VICh infeksiyasi;
O´ta xavfli infeksiya (chechak, sibir yarasi), qoqshol;
Yurak, buyrak, jigar kasalliklarining dekompensasiya davri;
O'tkir ruhiy kasalliklar;
Xavfli o´smalar;
Agar onasi quyidagi yuqumli kasalliklar - qizamiq, suv chechak bilan kasallangan bo'lsa, u holda bolaga immunoglobulin yuborilgandan so'ng kokrak bilan emizilsa bo´ladi. Terlama, surunkali gepatit, ich burug, salmonellezda - ona sutini sog´ib, sterilizasiyadan keyin bolaga berish mumkin. O’RVI, angina, bronxit va pnevmoniyadan keyin onaning tana qarorati tushsa va umumiy ahvoli yaxshilansa bolani emizishga ruxsat beriladi. Bunda niqobdan foydalanish kerak va emizish orasida ona va bola muloqotini chegaralash kerak.
Bolani emizishga jiddiy qarshi ko’rsatma, shuningdek sog'ilgan sut bilan xam boqishga qarshi ko'rsatma bo’lib, onaning davosida ba'zi dori vositalarni ishlatish hisoblanadi.
Tabiiy ovqatlantirilganda dori vositalar (Tatochenko V.K., 2000)
Qarshi korsatma
Ishlatmaslik yoki juda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish
Extiyotlik bilan qabul qilish
Amfetaminlar
Bromkriptin
Dietilstilbestrol
Immunodepressantlar
Tavegil
Meprobamat
Metamizol
Oltin preparatlari
Litiy preparatlari
Yotalga qarshi dorilar
Yod tuzlari
Tetrasiklinlar
Tiourasil
Fenindion
Xloramfenikol
Siklosporin
Simetidin
Ergotamin
Antraxinonlar kuchsizlantiruvchilar (sano, sholgom, itshumurt po’stlogi)
Bromidlar
Vitamin D
Metaklopramid
Metronidazol
Narkotiklar
Oral kontraseptivlar
Psixotrop dori vositalari
Rezerpin
Salisilatlar (aspirin)
Fenobarbital
Estrogenlar
Aminazin
Anestetiklar
Antibiotiklar
Antigistaminlar
(tavegildan tashqari, u qarshi korsatilgan)
Antikoagulyantlar
Antitireoid dori vositalari
Vitaminlar
Galoperidol
Gipotenziv dori vositalari
Indometasin
Kodein
Siydik haydovchi dorilar
Mushak relaksantlari
Parasetamol
Prednizolon
Talvasaga qarshi
Yurak glikozidlari
Eufillin
Bola tomonidan kokrak sutini emishga qarshi ko'rsatmalar:
moddalar almashinuvining irsiy kasalliklari, galaktozemiya, fenilketonuriya, laktaza yetishmovchiligi.
Bugungi kunda aralash va sun'iy ovqatlantirish sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan moslangan quruq va suyuq sut aralashmalari bilan olib boriladi. Bola hayotining birinchi yilida sun'iy ovqatlantirish uchun tarkibida soya saqlovchi sutsiz mahsulotlardan foydalaniladi, ularning ozuqa ahamiyati sigir sutidan tayyorlangan aralashmalardan kam emas. Ular asosan allergik kasalliklarga moyilligi bo'lgan bolalarda ishlatiladi.
Sun'iy ovqatlantirish texnikasi
Aralash ovqatlantirilganda faqat bitta aralashmani ishlatish, sun'iy ovqatlantirilganda ikkitadan ortiq bo’lmagan aralashmani qo'llash qulaydir. Nordonroq aralashmalarni shirin yoki chuchuk bilan berish mumkin, u sutkalik ovqat hajmining 1/3-1/2 qismini tashkil qiladi. Agar nisbatan erta aralash ovqatlantirishga o'tkazish zaruriyati bo’lsa (3-5 oylardan oldin) laktasiyani qo'zgatish uchun emizish sonini ko’paytirish kerak, keyin bir necha hafta davomida aralashmalar bilan to'liq bo’lmagan ustama ovqatlantirish beriladi, so'ng to'liq qo'shimcha ovqat bilan emizish sonini oldingi holatiga qaytiladi. Agar laktasiya bir me'yorda bo'lsa (200-400 ml) aralash ovqatlantirishda bolani avval ko'krakka tutish, so'ngra sutli bo'tqani berish kerak bo´ladi.
Aralash va sun'iy ovqatlantirishda ikki pog'onali ovqatlantirish tizimidan foydalanish ma'qul: sut miqdorini aniqlash va aralashmani tanlash.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarni sun'iy ovqatlantirish
Yoshi
Amerika va Ovrupa maktablari
Rossiya maktabi
Kun davomida emizishlar soni
Haoytining 1-haftaligi
6 10
7 8
1 haftalik - 1 oylik
6 8
7 8
1 - 3 oylari
5 6
7 6
3 - 7 oylari
4 5
6 5
4 - 9 oylari
3 4
6 5
8 - 12 oylari
3
5
Bir martalik emizishda aralashmalar hajmi, ml
birinchi 2 haftaligi 60
90
70
3 haftalikdan
2 oygacha 120
150 100
2- 3 oylari
150
180 120
3 - 4 oylari
180 210
160
5 - 12 haftaliklari
210 - 240
200
Aralashmalar bolaning tuz va vitaminlarga extiyojini qondiradi. Sun'iy aralashmalarning osmolyarligi baland bo'lgani uchun ko'p suyuqlikni talab etadi. Buni qondirish uchun bolani ovqatlantirishdan so’ng yoki oralig'ida qaynagan suv berish kerak. Sun'iy ovqatlantirishdagi eng asosiy muammo bu bola organizmiga zarar yetkazmaydigan, optimal adaptirlangan sut aralashmalarini tanlash hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston xududida "Nestle" (Shveysariya) kompaniyasi tomonidan tavsiya etilgan sut-qatiq mahsulotlari keng qo'llanib kelinmoqda. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga zamonaviy moslashtirilgan sut-qatiq aralashmasi zarur. Yangi "NAN Kislomolochniy" 1 va 2 aralashmalari ichak mikroflorasi tarkibini yaxshilash, immunitetni mustahkamlash, o'tkir ichak infeksiyalari rivojlanish xavfini pasayishi, oqsilning oson hazm bo’lishi va singishi, mikroelementlarning mukammal tarzda singishi va yaxshi hazm qilinishi bilan boshqa sut aralashmalaridan tubdan farq qiladi. "NAN nordon sutli " 1va 2 aralashmalari ona suti bo'lmaganda yoki yetishmaganda beriladi.Ba'zi qollarda adaptirlangan aralashmalar "kazeinli formula" deb ataladi. Ularni tayyorlashda sigir sutidan foydalaniladi, uning asosini oqsil komponenti kazeini tashkil etadi.
"Kazeinli" formulalarga uyidagilar kiradi "Similac" (SShA), "Nestogen" (Shveysariya), "Malyutka" va "Malish" (Rossiya).
OPTI PRO ajoyib oqsil komponenti - oqsilning oson hazm bolishi va singishiga yordam beradi.
Birlamchi va ikkilamchi laktaza yetishmovchiligi bor bolalarga yangi "NAN Bezlaktozniy" aralashmasi tavsiya etiladi. Uning afzalliklari: laktoza va saxarozaga ega emasligi, nukleotidlar bilan boyitilganligi, uzun zanjirli politoyinmagan yog kislotalari mavjudligi va optimallashtirilgan oqsil tarkibi.
Ovqat allergiyasi, atopik dermatit, ekzemasi bor bolalarga Nestle kompaniyasining "Alfare" gipoallergen aralashmasi tavsiya etiladi. Adaptirlanmagan sutli aralashmalarni (sigir suti yoki boshqa xayvon suti) 9 oydan oldin bolalarga berib bo'lmaydi.
Aralash ovqatlanish asosan onada gipogalaktiya bo нордон сутли lganda tavsiya etiladi. Gipogalaktiyaga shubha bo'lsa bolada tekshiruv emizish o'tkaziladi va qo'shimcha sut miqdori topiladi.
Aralash va sun'iy ovqatlantirishda ham sutkalik sut miqdori tabiiy ovqatlantirish singari aniqlanadi.
Gipogalaktiya - laktasiya vaqtida sut bezlari ajratish funksiyasining kamayishiga aytiladi. Ko'pincha onada gipogalaktiya emizish texnikasi buzilganda, ovqatlantirishda yo нордон сутли l qo'yiladigan xatoliklarda, onaning surunkali kasalliklarida, emosional zo'riqishda, xolsizlikda, yaxshi uxlamaslikda, emizishga onada va uning oila a'zolarida xoxish bolmaganda kelib chiqadi.Gipogalaktiyaning erta (tugruqdan keyingi birinchi 10 kun) va kechgi turi bor.
Bolaning sutkalik ehtiyo’jiga kora sut defisitiga bogliq holda gipogalaktiyaning 4 darajasi ajratiladi:
I - tanhislik 25% gacha;
II - 50%;
III - 75%;
IV - 75% yuqori
Gipogalaktiyaga shubxa bo'lganda bola emib olgan sut miqdorini aniqlash uchun tekshiruv emizishini kamida uch marotaba o'tkazish kerak.
Laktasiyani ushlab turish usullari
1. Kun tartibiga rioya qilish: uyqu - kuniga 10 soat, toza havoda aylanish - kamida 2 soat;
2. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish (kuniga 1,5-2 l)
3. Bolani tez - tez kokrakka tutish, tungi emizishni cheklamaslik.
4. R.I.Zeyts bo'yicha dush va massaj qabul qilish: bolani emizgandan so'ng va sutni sog'ib bo'lgandan so'ng ko'krak beziga issiq suv qo'yish (45° S) bilan bir mahalda massaj (yuqoridan pastga so'rgichdan periferiyaga) o'tkaziladi, shu vaqtda sut soqiladi. Davomiyligi 5-10 daqiqa, muolaja kuniga ikki mahal o'ng va chap ko'krak uchun o'tkaziladi.
5. Emizishdan 30 daqiqa oldin sutli choy ichiladi.
6. Emiziklik onaga polivitaminlar buyuriladi.
QO'SHIMCHA OVQATLANTIRISh
Qo'shimcha ovqat berish deb - emizikli bolalarga ovqat maxsulotlari va suyuqliklarni ko'krak sutiga qo’shimcha ravishda berishga aytiladi. Qo’shimcha ovqat maxsulotlari bolaga 6 oyligidan boshlab beriladi.
Nima sababdan qo'shimcha ovqat buyurish zarur va bunda nimaga asoslanish kerak.
Bola o'sib ulg'ayishi bilan birga uning harakatlari aktivlashadi va uning ovqatga bo'lgan va fiziologik extiyojlarini to'la qondirish uchun kokrak suti yetishmaydi. Bu extiyojlarni (quvvat, temir va boshqa ona suti bilan kiruvchi kerakli elementlarni) qondirish uchun, o’sayotgan bolaga qo’shimcha ovqat buyurish zarur bo´ladi. qo'shimcha ovqat asab-mushak koordinasiyasining rivojlanishi uchun ham kerak bo´ladi.
qoshimcha ovqatni rasionga to'g'ri va o'z vaqtida kiritish bolaning salomatligini tiklash, ovqatlanish statusini yaxshilash va jismoniy osib ul?ayishni ta'minlaydi.
Bolaga qo'shimcha ovqat buyurilishiga qaramay ona suti emizikli bola rasionida asosiy ovqat turi xisoblanadi.
o 9 oylik bo'lguncha bolalarga sigir sutini ichish uchun berish mumkin emas, lekin 6-9chi oylarda qo'shimcha ovqat tayyorlash uchun sigir sutidan foydalanish mumkin. Bolaga 9-12 oyligidan boshlab sigir sutini ichishga berish mumkin.
Kam quvvatga ega qo'shimicha ovqat maxsulotlari quvvatni cheklashi mumkin, shuning uchun ortacha quvvat zichligi 4,2 kDj (1 kkal)/g kam bolmasligi kerak. Bolalarga 2 yoshgacha yog miqdori kam bo’lgan sut berish mumkin emas.
Bola rasionidagi qo’shimcha ovqat konsistensiyasi, mazasi, va ko'rinishi jihatdan har - xil bo’lishi, bir vaqtni o'zida ko'krak suti bilan boqishni davom ettirish kerak.
qo'shimcha ovqat mahsulotlari tuzli bolishiga kerak emas va ularni tayyorlaganda ovqatga tuz qo'shilmaydi.
Qo'shimcha ovqatni qanday berish kerak va qaysi maxsulotlarni bunda ishlatish mumkin?
Qo'shimcha ovqat 2 turga bo'linadi:
Oraliq davridagi ovqat - bu maxsus qo'shimcha ovqat bo'lib, emizikli bolani fiziologik va spesifik ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan.
Oila dasturxonidan ovqat yoki uy ovqati - bu erta yoshdagi bolalarning qo'shimcha ovqat uchun ishlatiladigan maxsulotlari bo'lib, boshqa oila a'zolari qabul qiladigan mahsulotlar bilan o'xshash bo´ladi.
Faqat ko'krak suti bilan parvarish qilishdan bolani ko'krak suti bilan emizmaslikka o'tish davrida, yosh bolalarni asta sekin uy ovqatiga o’rgatish kerak bo´ladi. Bola 1 yoshga to'lganida oila dasturxonidan ovqatlanishga jismonan tayyor hisoblanadi. Og'ir ovqatlarni rasionga kiritish davriga va bu mahsulotlarni ko'krak yoshidagi bolalar qabul qilishga tayyorligi asab-mushak koordinasiyasining rivojlanishiga ta'sir korsatadi. Rivojlanishning har xil bosqichlarida kelib chiquvchi ko'pgina ovqatlanish reflekslari, qar xil turdagi ovqatlarning rasionga kirishini yengillashtiradi yoki ogirlashtiradi.
Bolalar ovqatni og'ziga olib kelishni, chaynashni va boshqa ovqat qabul qilish shartlarini bajarishni organganlarida ularni rag'batlantirish juda muhimdir. Bu shartlarni bolaga o'z vaqtida o'rgatilmasa, keyinchalik ahloq va ovqatlantirish muommolari tug'ilishi mumkin.
Bolani sun'iy ovqatlantirishda birinchi qo'shimcha ovqat (sabzavotli bo'tqa) rasionga 4,5-5 oyligida, ikkinchi qo'shimcha ovqat 5,5 - 6 (sutli bo'tqa) oydan boshlab kiritiladi. Birinchi qoshimcha ovqat vitaminlarga, temirga, mikroelementlarga boyitilgan sutli bo'tqa bo'lishi ham mumkin. Tuxum sariqi 6 oydan, go'sht esa 7 oydan boshlab beriladi.
Ko'krak yoshidagi va erta yoshdagi bolalarda nerv tizimi rivojlanishi va uning turli davrlardi qanday maxsulotlarni ishlatish mumkinligidagi axamiyati
Yoshi(oy)
Paydo bo'lgan refleks ko'nikmalari
Qo'llanilishi mumkin bo'lgan maxsulot turlari
Maxsulotlarga misollar
0 6
So'rish ko'krakni so'rish va yutish
Suyuqliklar
ko'krak suti
4 7
Birinchi chaynash harakatlari paydo bo'lishi, so'rish kuchi oshadi, qusish ref leksining tilning o'rta qismidan orqa qismiga o’tishi kuzatiladi
Ovqat bo'tqa korinishida
sabzavot yoki meva, yaxshi tekshirilgan va maydalangan jigar va go’sht
7 12
qo’shiqni lab bilan tozalash, tishlash va chaynash, tilning yon harakati va ovqatni tishlarga joylashtirish
qo'l bilan yeyish mumkin bo’lgan maydalangan yoki bolaklarga ajratilgan ovqat yo’ki mahsulot ёки маҳсулот
Go’sht maydalagich dan o'tkazilgan va yaxshi tekshirilgan go´sht va jigar, qaynatilgan va maydalangan meva va sabzavotlar, xom meva va sabzavotlar, boshoqlilar va non.
12 - 24
Aylanma chaynash harakati, jag'lar turg'unligi
Oila stolidan ovqat
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, ovqat mahsulotlarini qo'shimcha ovqat sifatida bolalar rasioniga kiritish bolaning jismoniy rivojlanish bosqichlariga va reflekslarning shakllanishiga bog'liq.
Sxematik buni 4 bosqichga bolishi mumkin.
1- bosqich. Bolani qoshiq yordamida ovqatlanishga orgatish. Kam miqdorda ovqat berishdan boshlash (taxminan, 1 yoki 2 qoshiq).
2- bosqich. qoshiq yordamida ovqatlanish ko'nikmasini o’rganganidan so'ng bolaning ovqat rasionini kengaytirish va harakat konikmalarini o'rgatish lozim. quyuq ovqatlarni bolaga buyurish ularni bemalol tayanchsiz otira olishiga, bir qo’lidan ikkinchi qo'liga buyumlarni bemalol olishni bilishini korsatadi.
3- bosqich. Chaynashni organish. harakat konikmalarini organganidan va tishlari chiqqanidan so'ng bolalar narsalarni qo'lida ushlash va og'ziga olib borish va ovqatni chaynashni o’rganadi.
4- bosqich. Bolani ovqatlantirish o'zi mustahil kattalar yordamida ovqat qabul qilish bilan birga kechadi.
Qoshimcha ovqat kiritishning asosiy qoidalari
Qo'shimcha ovqat qabul qilishning eng qulay vaqti bu bola qorni ochgan va ona bolaga ko'p vaqt ajrata oladigan vaqtdir. Kunning birinchi yarmi eng qulay vaqt xisoblanadi.qoshimcha ovqat kam-kamdan choy qoshigidan boshlab sekin astalik bilan kupaytirib boriladi. Buning uchun ortacha quyuqlikdagi bir massali bo'tqalardan, masalan guruchli sutli bo'tqa yoki kartoshkali bo'tqadan (pyure) boshlash mumkin. Bola qo'shimcha ovqatga oson organishi uchun ovqatga sohilgan ko'krak sutini qo'shish mumkin. Ko'krak suti kamayishining oldini olish maqsadida bolaga qoshimcha ovqatni ko'krak suti berilganidan so'ng buyurish mumkin.
5-6 kundan so'ng ikkinchi qo'shimcha ovqatni, yana 5-6 kundan keyin 3-chi yangi ovqatni berish mumkin. Bu vaqt ichida bola ovqat rasioniga ko'p komponentli ovqatlarni kiritish mumkin: go'sht+sabzavotlar, go'sht+ sabzavotlar+donli mahsulotlar.
Qo'shimcha ovqat quyuq bolishiga, lekin bola uni qoshiq yordamida qabul hila olishi kerak. Qo'shimcha ovqat assortimenti bo'yicha har xil mahsulot bo'lishi kerak.
Donli mahsulotlar tanlanganda glyutensiz: guruch, grechka, joxori va shunga o'xshashlarni tanlash kerak. Glyuten mannka, perlovka va ovsyanka krupalarida bor.
Kamqonlikni oldini olish maqsadida, temir deposi bo'lgan go'sht bir yoshgacha bolgan bolalarning ovqat rasionidagi eng kerakli mahsulot hisoblanadi. Go´sht bola 6 oylik bo'lganidan so'ng qiymalangan qaynatma holda, keyinchalik to'qralgan holda buyuriladi. Bolani ovqatlantirishda yogsiz mol, qo'y, parranda go´shtidan foydalaniladi.
3 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatini tayyorlashda tuz, shakar va boshka ziravorlardan foydalanish shart emas.
Qoshimcha ovqatni notogri buyurish nimalarga olib kelishi mumkin?
Bolalarni notogri ovqatlantirish yoki boqish usullari, ularning jismoniy, aqliy rivojlanishining buzilishiga va bu ozgarishlar bolaning salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatishiga olib kelishi mumkin. qoshimcha ovqatni oz vaqtida bola rasioniga kiritish muhim rol oynaydi. Juda erta yoki kech qoshimcha ovqatni berish bolaning o’sib ulgayishiga havfli ta'sir ko’rsatishi mumkin.
Qoshimcha ovqatlanishni o’z vaqtida boshlamaslik bilan bog’liq bo’lgan xavf
Juda erta boshlash
Juda kech boshlash
Bola ona sutini emmay qo’yadi, bu esa kokrak suti ajralishining kamayishiga va bolaning yetarli darajada energiya va ozuqa moddalarini qabul qilishiga to'sqinlik qiladi.
Faqat kokrak suti bilan ovqatlan tirish bolaning energiya va ozuq moddalariga bo'lgan extiyojini to'liq qondira olmaydi va buning natijasi da bola jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi
Kasallik chaqiruvchi mikroblar bilan zararlangan qo'shimcha ovqat moddalari va suyuqliklar bolada dispeptik kasalliklarga va oziqlanishning buzilishiga moyillikni orttiradi
O'suvchi organizmning mikronutri yentlarga bo'lgan talabini ko'krak suti tolik qondira olmaydi (asosan, temir, vit A, rux)
Ko'krak yoshidagi bolalarda ichak faoliyatining yetuk emasligi ovqat allergiyasiga moyillikni orttiradi..
Harakat ko'nikmalarining optimal rivojlanishi ta'minlanmagan, jumladan, chaynash, yangi ta'm va ovqat strukturasini bola ijobiy qabul qilishi ta'minlanmaydi
Onalarga fertillik tezroq qaytadi
Turli yoshdagi bolalarni ovqatlantirish uchun tavsiya etiladigan ozuqa maxsulotlari ("ovqatlanish savati")
6-11 oylik bola
Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog+sut (aralashtirilgan 1:1)
Non
Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa
Go´sht, baliq, jigar, tuxum sariqi
qatiq, kefir, suzma
Mevalar bo'tqasi yoki sharbati
12-23 oylik bola
Guruch, makaron mahsulotlari yoki b'tqa
Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog+sut (aralashtirilgan 1:1)
Non
Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa
Go'sht, baliq, jigar, tuxum sariqi
qatiq, kefir, suzma
Mevalar
24 oylik va undan kattalarga
Non+sariyog yoki go'sht
qatiq+tvorog
Non, pechene
qaynatilgan kartoshka va sabzavot
Mevalar
Sigir suti yoki qatiq
Shisha va so'rgichlar nima uchun zararli?
Shisha idishdan emizish ich ketishiga moyillikni kopaytiradi, tish va o'rta quloq yalliglanishini kuchaytiradi va og'iz boshlig'i dinamikasini o'zgartiradi
Ko'krak yoshidagi bola ovqatlantirish vaqtida yetarli darajada diqqat e'tibor
ololmasliklari xavfi ortadi.
Shisha idish va so'rgichlarni cho'tka bilan doimiy yuviv, keyin qaynatib sterilizasiya qilish lozim, bunda issiqlik energiyasi ko'p yo'qotiladi. Shuning uchun respublikamizning qishloq sharoitida buni amalga oshirish qiyin.
Ko'p hollarda shishadagi aralashmalarga shirin qattiq moddalar qosqiladi, bu esa tishlar kariesiga moyillikni oshiradi, xuddi sorgichlarni asal va shakarga xollab berilgan singari.
Shisha idishdan ovqatlantirilgan bola ko'krak sutini yaxshi ema olmaydi. Bu ko'krak bilan emizish soni va intensivligini buzadi.
Ko'krak yoshidagi bolalarni emizishni alternativ usuli piyoladan ovqatlantirish hisoblanadi. Bu usulni ko'pincha ko'krak bilan emizishni kechroq boshlash kerak bo'lgan bolalarga tavsiya qilinadi. Piyoladan to'g'ri ovqatlantirish bolaga ovqat kirishini nazorat qilishni boshqarishga yordam beradi; bolani oqziga sutni quymaslik kerak.
Piyo’ladan ovqatlantirishning afzalliklari:
Bola ovqatlantirilganda tilidan foydalanadi
Bola o'zi piyoladan ovqatlanadi, qancha ovqat qabul qilish va uning vaqtini o'zi belgilaydi
Piyo’la shishaga qaraganda xavfsiz, uni suv va sovunda oson yuvsa bo´ladi.
Shishaga qaraganda piyolani kamroq olib yuriladi shuning uchun bakteriyalar kopayishiga imkoniyat kamroq bo´ladi.
Ona yoki bolani parvarishlaydigan boshqa shaxs piyoladan ovqatlantirilganda bolani ushlab turishi va u bilan ko'proq muloqotda bolishiga mumkin, bu esa shishadan ovqatlantirishga nisbatan, bolani ruxiy stimullaydi.
Piyo’la bilan ovqatlantirishni 6-oygacha qo'llash qulay, chunki qoshiq bilan ovqatlantirish ko'p vaqtni talab qiladi va ona bola to'yguncha ovqatlantirishni toxtattib qoyishi mumkin.
6-9-oylik bolalar uchun taxminiy menyu
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti beriladi
Bo’tqa (guruchli, marjumak (grechka), arpali) - sigir suti bilan aralashtirilgan (1:1)-150-200 gr+4 gr sariyog
kartoshkali va sabzavotli bo'tqa - 150 gr, maydalangan go'sht (qush yoki baliq) - 10-30 gr+ o’simlik yogi 5 gr, meva bo'tqasi yoki sharbati 50 gr.
Tvorog (suzma) 10-40 gr+qatiq - 100-150 gr, pechene 5 gr, tuxum sariqi 1 dona
9-12-oylik bolalar uchun taxminiy menyu
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti
Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib (1:1)-150-200 gr+4 gr sariyo’g
Kartoshka va sabzavotlar maydalangan yoki bulakchalarga kesilgan 150 gr, maydalangan go'sht (1ush yoki baliq) -30-60 gr+osimlik yogi - 5 gr, meva botqasi yoki sharbati 50 gr.
Tvorog (suzma) 40-50 gr+ qatiq 150 gr, non 5-10 gr, tuxum, sariyog 1 dona, sigir suti - 100-150 gr12-23 oylik bolalar uchun taxminiy menyu
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti
Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+5 gr sariyog, non 10 gr, tuxum 1-dona
qatiq (kefir) 200 gr, bulochka-25 gr
Sabzavotli va go´shtli shorva (40-50 gr)-200 gr, non-10 gr, mevalar- 100 gr yoki
Shovla (go'sht 40-50 gr) - 200 gr, non - 10 gr, meva sharbati - 100 gr yoki
Moshli sho'rva -200 gr, non 10 gr, mevalar - 100 gr, tvorog (suzma)-60 gr+qatiq 200 gr, pechene - 15 gr
Sigir suti 200-300 gr24 oylik yoshdagi bolalar taxminiy menyusi
Botqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+10 gr sariyog, non 20 gr, tuxum 1-dona
Tvorogli blinchik yoki somsa, mevalar -100 gr
Qovurilgan kartoshka go'shti bilan - 200 gr, sabzavot va kokatli salat 50 gr, non - 40 gr, mevali sharbat - 100ml
qatiq (kefir) 200 gr+bulochka 50 gr
Mastava - 200 ml, non 40 gr, qatiq 100 ml
Dostları ilə paylaş: |