Boshlaganlar? O‘lchashlarga



Yüklə 69,73 Kb.
səhifə1/3
tarix11.06.2023
ölçüsü69,73 Kb.
#128399
  1   2   3
Shahnoza


Qachon odamlar o‘lchashlarni bajarishini boshlaganlar?
O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. 
«O‘lchash» atamasining tom ma’nosi bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak,
qadimgi davrda insoniyat asosan «organoleptik o‘lchashlar» ya’ni, o‘zining his etish a’zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa
bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu his etish
organlari o‘lchash vositasi vazifalarini bajargan. O‘lchashlar inson faoliyatining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, uning
hayotini o‘lchashlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kishi erta bilan
uyg‘ongan zahoti, birinchi navbatda vaqtni belgilaydi, choy ichganda
esa haroratni, ishga yoki o‘qishga ketayotganda masofani va h.k.

Qadimgi zamonlarda qanday o‘lchov o‘lchashlari qo‘llangan?
Eng qadimgi o‘lchash birliklari antropometrik. U insonning muayyan
a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan.
Masalan: qarich,qo‘l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq
orasidagi masofa, quloch qo‘llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi
masofa, qadam balog‘at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi
yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa, chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshita olishi
mumkin bo‘lgan masofa, ladon,bosh barmoqni hisobga olmaganda
qolgan to‘rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; 

pyad yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va
hokazolar.


1-rasm. Qadimiy o‘lchashlar va o‘lchash birliklari.





Узунлик бирликлари

Оғирлик бирликлари

Ҳажим бирликлари

Арпа дони = 3,5 мм

Арпа дони = 0,04 г

Томчи = 0,05 мл

Бармоқ = 21 мм

Буғдой дони = 0,041г

Баррел = 159 литр

Тирсак = 0,5 - 0,8 м

Карат = 0,2 г

Ведро = 12,3 литр

Тутам = 4 бармоқ = 8,7 - 9,1 см

Мисқол = 4,095 г

Пиёла = 0,4 литр

Қадам  0,75 м

Пуд = 4 000 мисқол = 16,38 кг

Ошам = 15 – 20

Қарич = 19 – 22,5 см

Ош қошиқ = 15 г

Хуплам = 15...20 мл

M
etrologiyaning tarixida bu kabi birliklarni joriy etishda yirik fan


yoki davlat arboblarining antropometrik o‘lchamlarini asos qilib
olish hollari ham uchraydi. Masalan, ingliz qiroli Genrix I (12 asrning boshi) yard o‘lchash birligini (91,44 sm) joriy etgan.
Bunda namunaviy o‘lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga
cho‘zilgan qo‘lning o‘rtancha barmog‘i uchiga bo‘lgan masofa
olingan.

Antropometrik o‘lchash birliklari bilan bir vaqtda tabiiy


o‘lchash birliklari ham paydo bo‘la boshlagan. Bu birliklar sifatida
tabiatdagi ba’zi doimiy, o‘zgarmas hisoblangan ob’iektlarning
hususiyatlari olingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlarning
o‘lchov birligi sifatida keng qo‘llanilgan, "no‘xotcha" ma’nosini
anglatuvchi "karat", "bug‘doy doni" ma’nosini bildiruvchi "gran" 
shular jumlasidandir. Dastlabki tabiiy o‘lchovlarning yana bir
namoyondasi, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir.
Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi
Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan.
Keyinchalik yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan 
vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar
bizning eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga teng
bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan
massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan "mina suv" oqib
ketgan. Keyinchalik «mina» o‘zgarib, biz o‘rganib qolgan minutga 
aylangan. Kiyev rusida xalq orasida vershok uzunlik birligi ishlatilgan bo‘lib
uzunligi ko‘rsatkich barmoqning oxirgi bug‘in o‘zunligiga teng
bo‘lgan.Pyad uzunlik birligi, "pyaternya", "pyat" so‘zlaridan olingan
bo‘lib, kerilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa. 
Shu bilan birga tabiiy o‘lchovlar ham o‘zining kelib chiqish tarixiga
ega. Ular hozirgi vaqtda keng tarqalgan vaqt o‘lchov birliklaridir.
Astronomik kuzatishlar asosida qadimgi vavilonliklar yil, soat, oy
birliklarini topishgan.


Yüklə 69,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin