Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom



Yüklə 41,72 Kb.
səhifə1/5
tarix13.08.2022
ölçüsü41,72 Kb.
#63110
  1   2   3   4   5
Baholash nizomi


Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 20 iyuldagi 178-sonli buyrug‘iga 1-ilova Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi NIZOM

I. Umumiy qoidalar


1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-son “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilaydi.


2. Mazkur reyting tizimi barcha davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilari bilimlarini baholash va reytingini aniqlashda mazkur Nizomdan foydalanish tavsiya etiladi.
3. O‘quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.

II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari


4. Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.


5. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:


a) o‘quvchilarning har bir o‘quv fani bo‘yicha belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirishlariga erishish;
b) o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning doimiy ravishda darsga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
v) o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanish bosqichlarini muntazam tahlil qilib borish;
g) o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalari shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish.



Yüklə 41,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin