Boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitishda innovatsion usullar



Yüklə 13,79 Kb.
səhifə1/2
tarix25.08.2023
ölçüsü13,79 Kb.
#140424
  1   2
Axmedova Malika


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR



Axmedova Malika Zoirjonovna
Boshlang'ich ta'lim òqituvchisi Samarqand viloyati Bulungʻur tuman 69-maktab


Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda innovatsion metodikalarning ahamiyati, dars jarayonida, o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashda innovatsion metodlardan samarali foydalanish va uning ahamiyati xususidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: “Innovatsiya”, “Innovatsion metodikalar “, “Tafakkur buluti”, “To‘p orqali tilak”, “harflarni o‘zgartirib, so‘z tuzing!”, “Tashabbuskorlik ”.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim-tarbiya jarayonini yangi pedagogik taxnologiyalar bilan ta’minlash eng muhim vazifa qilib belgilangan. Yana bir dolzarb masalalardan biri yuqori malakali raqobatdagi o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini oshirish, metodik mahoratlarini ko‘tarish, o‘qituvchilarni fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar bilan qurollantirish demakdir. bu o‘rinda “innovatsiya” so‘zi haqida to‘xtalib o‘tsak.


Keng ko‘lamli islohotlarning muhim bo‘g‘ini – innovatsiyalar bugun har bir sohada bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham o‘zining yangiliklarini namoyish etmoqda. hozirgi vaqtda innovatsiya tushunchasi juda keng qo‘llanilmoqda. “Innovatsiya” inglizcha so‘z bo‘lib, “yangilik kiritish” degan ma’noni bildiradi. Ya’ni tizim ichki tuzulishini o‘zgartirish deb ta’riflanadi.
Innovatsiya dalzarb muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashishlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yangi innovatsion metodikalarning xislati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rivojlantiriladi va amalga oshiriladi. darhaqiqat, darslarning muvaffaqiyatli tashkillanishining 80% ta’lim jarayoning to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir.
Innovatsion metodikalar orqali o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonga o‘quvchining rivojlanishi, shakllanishi va bilim olishi, tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim olishda o‘quvchi asosiy bo‘g‘inga aylanadi.
Natijada biz tarbiyalagan va ta’lim bergan o‘quvchilar har tomonlama rivojlangan, o‘z mustaqil fikri va maqsadiga erishgan, tatbiyalangan, ta’lim olgan, ko‘rganlarini tasavvur eta oladigan, o‘rganganlarini, oldin o‘zlashtirganlari asosida yangi bilimlarni taqqoslay oladigan, o‘z oldida turgan har qanday muammolarni tahlil qila oladigan va yechim topa oladigan komil inson bo‘lib yetishadi. bu borada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham muhim o‘rinni egallaydilar. Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tish joiz. har bir dars jarayonida iunnovatsion texnologiyalarning, metodikalarning qay darajada amalga oshirilishi darslarning sifatini va natijasini belgilaydi.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan davrda o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda o‘qituvchining roli katta. bunda har bir o‘qituvchining oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri yangi pedagogik texnologiyaning innovatsion usullaridan dars jarayonida o‘rinli foydalanish va o‘quvchilarning yakka tartibda ishlashiga erishishdir. Masalan, ona tili darsini ko‘rib o‘taylik . har bir so‘zning ma’nosi va tarkibini o‘rganishga qiziqish, til hodisalarini bilishga intilish, bilimga tashnalikni tarkib topdirish uchun ushbu tavsiyadagi turli xil boshqotirmalar, rebuslar, grammatik topishmoqlar darslarda qo‘llanib borilsa maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
Tafakkur buluti” metodi. Ushbu metod “klasster” metodining bir shakli hisoblanib, o‘quvchilarda ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.

Yüklə 13,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin