«To‘p orqali tilak» o‘yini. Ushbu o‘yin o‘quvchilarni chaqqonlik va tezkorlikka o‘rgatibgina qolmasdan, ularning so‘z boyligini yanada oshiradi va bir-biriga bo‘lgan mehrmuhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.
«Harflarni o‘zgartirib, so‘z tuzing!» o‘yini. Bunda xattaxtaga so‘zlar qator qilib yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadilar. Undosh harflarni o‘zgartirib, yangi so‘zlar tuzishlari kerak bo‘ladi. “Olti qalpoqcha”, “Nima uchun?”, “Savollar xujumi”, “Sehrli sandiq”. bu kabi nomlarni ko‘plab keltirish mumkin. boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyatini bosqichma– bosqich amalga oshirish lozim. darslarning tushunarli va sifatli amalga oshirilishida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish, fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”ini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikrini aniq, lo‘nda bayon eta olishga o‘rgatishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, dars davomida o‘quvchining ta’lim faoliyati innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshirilsa, uning axborotni qabul qilishi oson kechadi va ta’lim samaradorligi ortadi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobilyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. bu esa darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Tal’at G‘afforova.“Boshlang'ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent
– 2011
A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. ”Ta’limda innovatsiya” Toshkent -2010