SHER JANIRIDAGI ASARNI O'QITISH METODIKASI REJA : 1. She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar . 2. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. 3. She’riy ohangni his qilmaslik, matn so‘zlarini to‘la tushunib etmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg‘ulotga aylantiradi
She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi.
She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o‘qitiladi.

She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo‘l keladi”.
She’rni o‘qish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi.
She’rni o‘qish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi.
She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo‘llangan ish turlaridan foydalanish mumkin.
Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog‘liq ekanligi unutiladi, she’r ma’nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab etilmaydi. Buning oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag‘zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o‘qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi.