Masnaviy Sharq adabiyotida keng tarqalgan janrlardan biri hisoblanadi.Masnaviy arabcha so’z bo’lib, ,,ikkilik’’degan ma’noni bildiradi.Bu janrda yozilgan bandlar qofiyalanishi a-a, b-b, d-d tarzida bo’ladi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
Masnaviy turi
Masnaviy turi uchun ta’rif
Lirik masnaviy
Shoirning lirik kechinmalari, his-tuyg’ulari ifoda etiladigan she’r shakli
Ma’lum bir syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar
O’zbek mumtoz adabiyotida Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi o’z o’rniga ega. Bobur lirikasida ruboiy, g’azal, tuyuq va shu o’rinda, masnaviylar ham badiiy qimmatlidir. Bobur masnaviylari ham o’ziga xos tuzilish, ma’no ko’lamiga ega. Bobur masnaviylarining soni 9ta( Bobur devoni; Kobul nashriga takmila; ,,Sharq’’ Toshkent 2004).
Mazkur tasnifga ko’ra Bobur masnaviylari lirik masnaviylardir. Chunki ularda ko’proq Bobur hayoti bilan bog’liq holatlar, Uning ruhiyatiga mos bandlar uchraydi va bu bizga Bobur shaxsini yanada to’liqroq anglashga yordam beradi. Quyidagi jadvalda Bobur masnaviylari, ularning vazni va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin: