1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modellari. Alternativ xarajatlar
2. Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga
relevantli yondashish
3. Bahoni shakllantirish bo’yicha qaror qabul qilish
4. Mahsulot tarkibini chegaralovchi omillar asosida aniqlash
5. Biznes tarkibini o’zgartirish (restruktrizatsiya) bo’yicha qaror qabul qilish
Ushbu ishda e’tibor "Boshqaruv hisobi"ning asosiy mavzularidan biri bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun qisqa muddatli samarali qarorlar qabul qilishning asosiy yo’l-yo’riqlari, tamoyillari, yondashuvlariga qaratilgan.
Boshqaruv hisobining eng muhim vazifalaridan biri - bu xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyatini quyidagi uchta asosiy axborot turi bilan uzluksiz tarzda ta’minlashdan iboratdir:
ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan, shuningdek uning asosida baho belgilash va tovar-moddiy zahirasini baholash maqsadlari uchun;
operativ rejalashtirish va nazorat maqsadlari uchun xarajatlarning o’zgarishi borasidagi tahliliy ma’lumotlar bilan;
boshqa turli xil xo’jalik jarayonlari hamda vaziyatlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maxsus tahlil ma’lumotlari bilan.
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblash usullari, shuningdek tannarxni rejalashtirish va nazorat qilish tartiblari boshqa mavzular doirasida batafsil ko’rib chiqilgan. Bu bob doirasida esa qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish sirasrorlari, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyektni operativ boshqarish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishning iqtisodiy mexanizmlari ko’rib chiqiladi.
Shu o’rinda boshqaruv borasida muhim hisoblangan, shuningdek, qiziqarli va foydali bo’lgan - "relevant" tushunchasining mohiyati to’g’risida ham atroflicha fikr yuritiladi. Boshqaruv jarayoniga doir qarorlar qabul qilishda vujudga keladigan ko’plab variantlardan eng samaralisini tanlab olishda relevant yondashuvining ahamiyati turli vaziyatli misollar bilan atroflicha yoritilgan. Xususan, maxsus buyurtmani qabul qilish yoki undan voz kechish, butlovchi mahsulotlar va ehtiyot qismlarni sotib olish yoki ularni o’zlari ishlab chiqarish, cheklangan resurslar sharoitida mahsulot turlarini tanlash, foyda bermaydigan biznes segmentini tugatish, mahsulotlarni sotish yoki ularni qayta ishlashni davom ettirish, uskunalarni modernizatsiyalash yoki eskisini qoldirishga o’xshagan odatdagi xo’jalik vaziyatlarida operativ qarorlar qabul qilishda relevant yondashuvlardan foydalanish yo’llari bayon qilingan.