Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish


Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga



Yüklə 32,29 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü32,29 Kb.
#201226
1   2   3   4   5
Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish

2. Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga

relevantli yondashish


Boshqaruv qarorini ishlab chiqish mavjud muammoni hal etishda mumkin bo’lgan ikki yoki undan ortiq variantlarni taqqoslash va ulardan eng yaxshisini (optimalini) tanlashdan iboratdir. Rahbariyat uchun har bir alternativ variant uchun zarur axborot bilan ta’minlashni boshqaruv hisobi bo’yicha buxgalter bajaradi. Ushbu ma’lumotlar asosida rahbarlar muammoni yechishda amalga oshirsa bo’ladigan variantlarni baholaydilar.
Buni bajarish uchun ular axborotning katta hajmini to’plashi shart emas, aks holda ular qaysi alternativ variant biznesga qanday ta’sir etishini aniqlashi murakkab bo’ladi.
Ko’p dalillar va ma’lumotlar har bir tahlil etilayotgan alternativ variant bo’yicha o’zgarmasligi mumkin.
Masalan, yangi texnologik uskunalar o’rnatilishi natijasida mehnat sarfini qisqartirish taklifi ko’rib chiqilayotgan vaqtda, sotish hajmi o’zgarmaydi.
Yoki boshqacharoq ifoda qiladigan bo’lsak - harakatning uch ehtimol varianti mavjud bo’lsa (masalan, uch xil turdagi uskunalar) va sotish hajmi har bir holda bir xil bo’lganda sotish to’g’risidagi ma’lumotlar mazkur qarorni qabul qilishga ta’sir ko’rsatmaydi.
Undan tashqari, ustiga buxgalter xarajatlarni baholashda o’zgarmaydigan oldingi ma’lumotlardan foydalanadi. Boshqa tomondan, shu vaqtning o’zida oldingi, tarixiy ma’lumotlar bo’lmasada, qabul qilinayotgan qarorlarga sezilarli ta’sir ko’satadigan, xarajatlarni baholash ko’zga tashlanadi.
Relevant xarajatlar va daromadlar – bu alternativ variantlar bo’yicha farq qiluvchi kutilayotgan kelajakdagi xarajat va daromadlardir. Ushbu holatda xarajat va daromadlarni relevantga kiritishning ikkita mezoni ko’rsatilganini ta’kidlab o’tmoqchimiz. Birinchidan, faqat kelajak boshqaruv qarorlariga kiradigan, ikkinchidan, variantlar bo’yicha farq qiluvchi xarajatlar relevant xarajatlarga kirishi mumkin.
Demak, haqiqiy (tarixiy) ma’lumotlar o’zicha relevant bo’la olmaydi, ular qaror ishlab chiqilayotganda hech qanday foyda bermaydi hamda alternativ variantlarni muhokama qilayotganda umuman ko’rib chiqilmasligi ham mumkin. O’tmishni biz endi o’zgartira olmaymiz. Kelajak xarajat turlari va miqdorini prognozlash (bashoratlash) uchun asosiy manba sifatida xarajatlar to’g’risidagi oldingi ma’lumotlar har holda o’ta zarur bo’ladi.








Yüklə 32,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin