1 –BOB
Bozor iqtìsodiyoti sharoitida tavakkalchilik ,tavakkalchilikni taqsimlanishi va ularning nazariy asoslari
Bozor iqtisodiyoti tavakkalchilik va uning nazariyasi
Firmalarda tavakkalchilikni boshqarishning ahamiyati va usullari
Tavakkalchilikni boshqarishda xorij tajribasi
Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas’uliyat va o’zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo’naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta’rif beriladi. Ko’p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo’shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo’lib, to’liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta’minlash uchun o’z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o’zgartirishga, narx, iste’molchilar doirasi va boshqa ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. Muammolar yechimining turli yo’llarini topish, tanlash va o’zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo’ladi. Shu sabab tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo’ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas. Tavakkalchilikning kuchayishi - bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining aksi bo’lib, buning uchun o’ziga xos to’lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo’shqin harakatga tayaniladi, bu esa o’z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tavakkalchilik holatini o’rganish foydani oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Sobiq ittifoqda boshqarish va iqtisodiyot nazariyasida tavakkalchilik voqeligiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Shu sababli iqtisodiyot 10 katta yo’qotishlarga uchragan. Yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” – tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan sifatida o’qitilmoqda. Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari obyektiv va subyektiv jihatlari, o’zaro munosabatlari va mazmunini anglash turlicha tavsiflangan. Tavakkalchilikning mohiyati to’g’risidagi xilma-xil fikrlar ko’p hollarda bu hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo’jalik faoliyati qonuniyatlarida uning to’liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida yetarlicha qo’llanilmasligi bilan sharhlanadi. Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba’zida hatto qarama-qarshi real holatlar yig’indisidan iborat murakkab jarayondir. Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so’ziga ekvivalent sifatida olinadi. Endi “risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba’zi-bir yondashuvlarni qarab chiqamiz. Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug’atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet ensiklopediyasi va Sovet ensiklopedik lug’atining oxirgi nashrlarida, besh tomli falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug’atda hamda “Ilmiy-texnik taraqqiyot lug’ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda “risk” to’risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati) imkoniyat degan ta’rif keng tarqalganligini ko’rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ham shunday hol ko’zatiladi.Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lish ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida qo’shimcha xarajatlarning paydo bo’lishi yoki daromadning olinmasligi hamda tashkilot tomonidan o’z resurslarini yo’qotish ehtimolligini anglash deb ta’rif beriladi2 . Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar ko’rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko’rsatish mumkin bo’ladi. Lekin keltirilgan ta’riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to’liq ifodalay olmaydi. “Tavakkalchilik” ta’rifini to’liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik vaziyati” tushunchasiga ta’rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita “tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog’liqdir. Biz rus lug’atida qabul qilingan “risk” so’zini “tavakkalchilik” deb tarjima qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb ta’rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin. Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o’rin tutadi. Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya’ni mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo’lmagan vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo’lsa u tavakkalchilik vaziyati bo’ladi. Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi. Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik» tushunchasining ta’rifi ancha to’liq ifodalanadi. Tavakkalchilik- bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (xatti-harakat)dir. Bu ta’rifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi. Bizning fikrimizcha tavakkalchilikning ancha to’liq ta’rifi «Tavakkalchilik va uning jamiyat hayotidagi roli» kitobida berilgan. Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir. «Tavakkalchilik»- hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko’rsatish mumkin: -tanlangan muqobillikni (alternativni) amalga oshirish maqsadida ko’zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi; -ko’zlagan natijaga erishishning ehtimolligi. -ko’zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo’qligi) -muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog’liq moddiy, ma’naviy va boshqa yo’qotishlarning mavjudligi. Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy xislatda bo’lishi mumkin. Ko’rsatib o’tilgan elementlar, ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikga uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi xislatlar:
1.Qarama-qarshilik (zidlik)
2.Alternativlik (muqobillik)
3.Noaniqlik (mavxumlilik)
Qarama-qarshililik- tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo’lib u turli qarashlarda namoyon bo’ladi. Tavakkalchilik- faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yo’naltirilgan bo’ladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, do’g’matizm, qoloqlik kabi jamiyat tarakkiyotga ruhiy to’siqlarni bartaraf etadi. Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab bo’ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi. Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to`qnashuvida namoyon bo’ladi. Masalan u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo’lni tanlagan kishi o’zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin. Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo’nalishlar harakatlar orasidan o’ziga mos - keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo’lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo’lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo’lmaydi. Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog’liq xolda alternativlik turli darajada murakkablikga ega bo’ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda tanlov amalga to’plangan tajriba va ichki xis-tuyg’uga asoslansa, murakkab vaziyatlarda qo’shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o’z mazmun shaklining xilma-xiligi bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog’liq. Bu erda biz faqat «tavakkalchilik»ni ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni «bartaraf etish»usullari sifatida qarab chiqamiz. Tavakkalchilikni bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to’liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo’lmagan), balki ratsional alternativni tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda. Tavakkalchilik- bu mumkin bo’lgan noaniqliklarda ma’lum hajmdagi faoliyatni bajarish, ya’ni bajariladigan ishlar natijasiga zarar yetkazuvchi har xil ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish imkoniyatidir3 . Ko’p hollarda tadbirkor ma’lum bir tavakkal asosida ishlab chiqarishga majbur. Majburiy tavakkalchilikda tavakkalchilikni boshqarish uchun mumkin bo’lgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma’lum bir tavakkalchilikga tayaniladi.Noaniq qarshiliklar natijasida yuzaga keluvchi tavakkalchilik «Vis major» deyiladi. Ko’p hollarda noaniqliklar va tavakkalchilikni sinash tushunchalar deyiladi. Lekin (tavakkalchilik uchun) noaniqliklar ba’zi hollarda tavakkalchilik sifatida ko’rinadi yoki ba’zi bir noma’lum hodisalarni paydo bo’lishida yoki paydo bo’lishi bizga noaniq vaziyat ehtimoli ko’rinishida paydo bo’ladi. Amalda uzoq muddatli va qisqa muddatli tavakkalchilik mavjud. Uzoq muddatli tavakkalchilik qishloq xo’jaligi va uning tarmoqlarini rivoji bilan bog’liq bo’lib ko’p xollarda butun xalq xo’jaligi darajasida qabul qilinadi. Qisqa muddatli tavakkalchilik kon’yunkturali hisoblanadi, ya’ni ma’lum vaqt davomida bajariladigan ma’lum turdagi ishlarni bajarishda qabul qilinadi. Bundan tashqari tavakkalchilik o’zining mazmun va mohiyatidan kelib chiqib quyidagi turlarga bo’linishi mumkin: tarmoqlar bo’yicha tavakkalchilik va sohalar bo’yicha tavakkalchilik. Rivojlanish yo’lini tanlash sohasidagi tavakkalchilik to’g’risidagi masalalar ichki va tashki bozor muammolari bilan bog’liq holda qarab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotini ko’zlangan masalalarida uni bajarayotgan korxona maqsadga erisha olmasa, bu yuqori organlarning rejalashtirishdagi xatosi bilan emas, balki shu korxonaning rejalashtirishdagi kamchiliklar tufayli sodir bo’ladi, deb hisoblanadi. Qarorlar qabul qilishda 2 turdagi tavakkalchilikni o’rganishni taklif etiladi: Umumdavlat qarorlarini qabul qilish va Mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish ishlangan bo’lsa, tashkilot uchun tavakkalchilik shunchalik kam bo’ladi. Shunday qilib, ilmiy asoslangan rejalashtirish – bu tavakkalchilikning xatarli oqibatlarini kamaytirish usulidir. Shu bilan bir qatorda maxsus adabiyotlarda, rejalashtirish tavakkalchilikka qarshi kurash vositasi deb qaralmasligi lozim, - degan nuqtai nazar mavjud. Ilmiy asoslangan rejalashtirish – noaniqlarni kamaytiruvchi ishonchli omil hisoblansada, eng yaxshi reja ham, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatdan yuzaga keluvchi noaniqliklarning barcha unsurlarini o’zida mujassamlashtira olmaydi. Ichki va tashqi bozor bilan bog’liq tavakkalchilik turlari bir-biri bilan mustaxkam aloqada bo’lgan, bir biriga ta’sir etuvchi ko’plab umumiy unsurlarga ega. Shuning uchun tavakkalchilikning bu ikki turini birinchi navbatda ichki va tashqi bozor uchun xarakterli bo’lgan xislatlarini inobatga olib qarab chiqamiz. Ichki bozor bilan bog’liq tavakkalchilikning tashkil etuvchi muhim unsurlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: -eski va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va strukturasini aniqlash bilan bog’liq tavakkalchilik (Biz bu masalani yangi va eski mahsulotlarni parallel ishlab chiqarishning afzalligi va kamchiliklari to’g’risida gapirganimizda ko’rib chiqqan edik); Mahsulot ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushini sezilarli darajada ortishini ilmiy tad qiq qilishni moliyalashtirish to’g’risida bir qarorga kelish bilan bog’liq tavakkalchilikni o’sishi (bu erda yangi ishlab chiqarilgan mahsulot talab darajasidagi sifatga javob bera oladimi? degan masalaga befarq bo’lib bo’lmaydi). O’zini oqlagan yangi texnologiya importi rivojlanish sohasidagi tavakkalchilikni pasaytiradi, shuningdek u ortiqcha foyda qismini saqlab qolish imkonini yaratadi (baho tarkibidagi tavakkalchilik ulushini kamaytirish hisobiga), chunki mahsulot bozorga baho egri chizig’ini ancha yuqori nuqtasida ekanlichidagi narxda boradi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq tavakkalchilik (ya’ni tashkilot ixtiyorida ma’lum bir davr davomida oldindan nazarda tutilgan sifat va miqdordagi ishlab chiqarish zahiralari bo’ladimi?) Bozor bilan bog’liq tavakkalchilik (ya’ni yangi va eski mahsulot taklifi to’lovga qobil talab miqdoriga mos keladimi?) Xarajat va narx bilan bog’liq tavakkalchilik (ya’ni oldindan hisoblangan yoki past narxda sotilganda to’lovga qobil talab mahsulotga bo’lgan ehtiyoj xarajatlarini qoplaydimi? va haqiqiy xarajatlarni hisobga olganda daromad olish mumkinmi) Korxonani rivojlantirish sohasiga oid qaror qabul qilishda ko’proq darajada xalqaro mehnat taqsimoti va uning ehtiyojiga tayanish lozim bo’ladi. Buning mazmuni shuki, nafaqat bizdagi mavjud moddiy resurslar birinchi navbatda ichki ehtiyojlarni qoldirish zaruratidan kelib chiqqan holda balki xalqaro iqtisodiy tendensiyalarini, ulardan foydalanish, nisbatan qulaylik darajasini hisobga olib taqsimlanishi lozim. Boshqacha qilib aytganda mavjud resurslar ma’lum darajadagi noaniqlikda baholanuvchi tashqi omillarni o’rganish asosida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi lozim. Barcha bu dalilsiz baholar o’z ichiga xilma-xil tavakkalchilik elementlarini oladi: aynan kutilgan va kutilmagan hodisalarni kelgusida sodir bo’lish yoki bo’lmasligi bilan bog’liq tavakkalchilik, (har xil teng sharoitda) oldindan baholash tizimidagi o’zgarishlar imkoniyati bilan bog’liq tavakkalchilik; foydalanilayotgan oldindan baholash davomidagi axborotlarning aniqligi bilan bog’liq tavakkalchilik. Agar ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarilsa va u yangi mahsulot bo’lsa u holda bu mahsulot iste’molchi tomondan faqatgina ishlab chiqarishda texnologik qayta ko’rishdan so’nggina foydalanilishini hisobga olish lozim. Shuning uchun yangi uskunalarni olish, uni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmani qo’shimcha xarajatlar va iste’molchi tomonidan bu xarajatlarni qoplash manbaalarini hisobga olish zarur. Agar gap an’anaviy mahsulotlar ustida borsa, u xolda texnologiyani yangilash, ancha zamonaviy yoki ancha arzon mahsulot ishlab chiqarishga sabab bo’ladi. Kundalik ehtiyoj mollari ustida gap borsa (tekistil, tamaki, oziq-ovqat va kiyim-bosh tovarlari), yangi mahsulotni bozorda paydo bo’lishi va bozorni bu tovar bilan to’yinishi, ularni sotishda qiyinchilik tug’diradi. Eski mahsulot ishlab chiqarilgan holatda bunga qo’shimcha iste’mol strukturasini o’zgarishi ham qo’shiladi. Raqobatchilarning ishlab chiqarishni rivojlantirishlari yo’nalishidagi imkoniyatlari to’g’risidagi axborotlardan doimo xabardor bo’lib turish lozim va bu axborotlarni quyidagi uch manbaadan olish mumkin: -chet ellardagi ilmiy tadqiqotlar axborotidan; -kapitallar to’g’risidagi axborotlardan (qimmatli qog’ozlar va aksiyalar chiqarishga yo’naltirilgani); -dotatsiya, imtiyoz va davlat subsidiyalari to’g’risidagi ma’lumotlardan (davlat tomondan qo’llab quvvatlanuvchi ilg’or mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bilan bog’liq tadqiqotlar). Tavakkalchilikni boshqarish bu qandaydir darajada tavakkal vaziyatlar sodir bo’lishi imkoniyatini bashorat qiluvchi hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlanmasi deb ta’rif beriladi. Tavakkalchilikni boshqarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan tashkil topadi. Unga boshqariluvchi quyi tizim (boshqaruv obyekti) va boshqaruvchi quyi tizim (boshqaruv subyekti) kiradi. Tavakkalchilikni boshqarish tizimida boshqaruv obyekti bo’lib kapital kiritishning tavakkalchiligi va tavakkalchilikni amalga oshirish jarayonlari xo’jalik subyektlari (tadbirkor va raqiblar, raqobatchilar, qarz oluvchi va qarz beruvchilar, sug’urtachi va sug’urtalanuvchilar) orasidagi iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Bu sohada tadbirkorning asosiy vazifasi-loyiha qanchalik daromadli bo’lsa, uni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasi shunchalik yuqori bo’lishidan kelib chikib, mazkur loyiha uchun daromad va tavakkalchilikning birikuvini optimal darajada ta’minlovchi harakat variantini topishdan iborat bo’ladi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, ilmiy jarayonning ajralmas bo’lagi bo’lgan kuchaygan tavakkalchilik sohalarini aniqlash; · tavakkalchilik darajalarini baholash; · tashkilot uchun mos keluvchi tavakkalchilik darajasini taxlil qilish; · zarur vaziyatlarda tavakkalchilik darajasini pasaytirish yoki undan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish; · tavakkalchilik hodisasi sodir bo’lganida undan ko’rilgan zararni maksimal darajada qoplash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish. tavakkalchilikning mavjudligi, shuningdek, bu sohada qo’llanilayotgan boshqaruvga ta’sir vositalari shunga olib kelmoqdaki, tavakkalchilikni boshqarish qator hollarda maxsus mustaqil kasbiy faoliyat sifatida namoyon bo’lmoqda. Kutilayotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni darajasini pasaytirish . Bu turdagi faoliyatni ixtisoslashgan institutlar mutaxassislari, sug’urta kompaniyalari, shuningdek, moliyaviy, tavakkalchilik bo’yicha menjerlar sug’urta mutaxassislari amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyatining xususiyatiga qarab, tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilish yoki uni amalga oshirish bo’yicha aniq usul va uslublar ma’lum darajada farq kiladi, hamda firmaning maqsadga erish uchun tanlangan strategiyasi, konkret vaziyatga bog’liq bo’ladi. Birinchi prinsipni amalga oshirishning ma’nosi shuki tadbirkor qaror qabul qilishda quyidagilarga e’tibor berishi lozim. Kutilayotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni darajasini pasaytirish -agar ishi aksiga sodir bo’lsa ko’radigan zararini maksimal hajmini hisobga olishi; -uni kirayotgan kapitali va boshqa xususiy moliyaviy resurslar bilan taqqoslab kelgusida ko’rilgan zarar bankrotga olib kelmasligini hisobga olish lozim. Tavakkalchilik darajasini pasaytirish bo’yicha tavsiyalar . Ikkinchi prinsipni amalga oshirish esa tadbirkor ko’rinisih mumkin bo’lgan zarar miqdorini bilgan holda tavakkalchilik ehtimoli qanday uning oqibati nimaga olib kelishni aniqlashini hamda bu ma’lumotlar asosida tadbirkor tavakkalchilik xatari uchun mas’uliyatini o’z zimmasiga olish yoki shu mas’uliyatni o’zgalar (sug’urtalash orqali) zimmasiga yuklash yoki shu tadbirni bajarishdan voz kechish to’g’risida qaror qabul qilishni talab qiladi. Uchinchi prinsipni amalga oshirishda tadbirkor xatarga borishni tavakkal qilishda uning nazarida tutayotgan natijalarni, yo’qotish hajmini hisobga olish lozim.
1.2 Firmalarda tavakkalchilikni boshqarish ahamiyati va usullari
Tadbirkor uchun tavakkalchilikdan ko’rilgan zarar va foyda nisbatan qoniqarli bo’lsagina tavakkal qilish to’g’irisida bir qarorga kelish mumkin. Bu yerda shuni ta‟kidlash lozimki, har bir yuqorida qayd etilgan nisbatni mos kelgan har bir aniq vaziyati xilma xil bo„lib u ko„plab omillarga ya‟ni mulkiy
xolatga tadbirkorning tavakkalchilik xavf-xatari sohasidagi siyosati, taktika va strategiyasi loyiha vazifa va maqsadlariga bog„liq bo„ladi. Vaholanki, mas‟uliyatining bu masalasi ham iqtisodiy va huquqiy jihatlar mavjud. Xo„jalik qarorlari bilan bog„liq tavakkalchilikdagi mas‟uliyat masalalari, amaliy tajribalar va bu sohada to„plagan tajribalar to‟g„risida batafsil to„xtalamiz. Tavakkalchilik tushunchasi tabiiy fanlarda aniqlab o„z ta‟rifini topgan hamda matematik formulalarda ifoda etilgan. Ammo iqtisodiyot o„ziga xos xislat va xususiyatga ega. Shuning uchun «xo„jalik tavakkalchiligi» degan maxsus atamani ta‟rifini berishimiz zarur. Keyingi yillarda ko„plab maqola va ilmiy ishlarda mualliflar tashkilotning xo„jalik faoliyati, rejalashtirish, bozor mexanizmi, talab va taklif munosabatlarini qarab chiqishda xo„jalik tavakkalchiligi masalalariga katta e‟tiborni qaratmoqdalar. Biz ko„plab hollarda, ilmiy xulosalarda yuqorida aytib o‟tilgan sohalarda qarorlar qabul qilishda tavakkalchilik elementlarini hisobga olish zarurligini va xatto uni maqsadga muvofikligini qayd etilgashini ko„zatdik. Aksariyat mualliflar texnikaviy va xo„jalik qarorlarini qabul qilishni tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo„lmaydigan g„oyani ilgari surmoqdalar chunki tavakkalchilikni tan olmaslik, rivojlanishga sun‟iy to„siq qo„ygan bilan barobardir. Biz ishlari bilan tanishgan yana bir guruh mualliflar: tavakkalchilikning mohiyati-maqsadiga erishishda ko„riladigan zararda emas. Balki maqsadga erishish uchun yo„nalishni o„zgartirish to„g„risida qabul qilingan qarorlar uchun yaratilgan imkoniyatda degan g„oyani ilgari suradilar. Tavakakalchilik tushunchasini ko„rinishi mumkin bo„lgan zarar imkoniyati darajada tor ma‟noda talqin qilinishi uni iqtisodiy sohada to„g„ri qo‟llanilishini ancha cheklab qo„yadi. Shuni ham qayd etish lozimki, ba‟zi iqtisodchilar so„zma-so„z «tavakkalchilik» va «noaniqlik» terminlar tushunchalari orasidagi farqni izlashadi. Noaniq vaziyatlardan tavakkalchilik vaziyati sifatida sodir bo„lishi ehtimoli bo„lgan va hatto baholangan noma‟lum hodisalar qaraladi. Ayni paytda sodir bo„lishi ehtimolini oldindan bilmagan noaniq vaziyatlar endi biz an‟anaviy usullar bilan bartaraf etolmagan vaziyatlarni - «noaniqlik» deb ataymiz. Bundan 22 ancha mashhur bo„lgani «vis major» (yengilmas to„siq) bo„lib, uning sodir bo„lishi hamma vaqt to„la tasodifdir. Shuni qayd etish lozimki, rejalashtirilgan kelgusi natijalardan chekinish hamma vaqt zarar ko„rish bilan bog„liq bo„lmay, goho qo„shimcha daromad ham keltiradi. Shunga ko„ra daromad tavakkalchiligi ham mavjud bo„lib, u xarajatlar qilish tavakkalchiligi bilan bir katorda namoyon bo„ladi va qo„shimcha daromad (foyda) olishdagi tavakkalchilik darajasini baholash imkonini beradi. Iqtisodiy o„sishda tasodifiy omillar ta‟sirini tan olinishi, kutilgan vaziyatni sodir bo„lishini orqaga surishi, yoki uni mazmun-mohiyatini o„zgartirishi mumkinki, u o„z-o„zidan kun tartibiga, xo„jalik tavakkalchiligi muammolarini qo„yadi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi sharoitida 2 turdagi xo„jalik tavakkalchiligi mavjud, aynan xalq xo„jaligi tavakklchiligi (global,umumiy) va tashkilot doirasidagi tavakkalchilik (lokal, mahalliy) bo„lib, ular dialektik yagona qarama-qarshilikda turadi, bir-birini to‟ldiradi, bir-biriga ta‟sir etadi, ayni paytda ma‟lum darajada avtonom holda uchraydi. Ular shuningdek, o„zaro qarama-qarshi mayl, rag„batlarni tashuvchi hamdir, ayniqsa u iqtisodiy muhit ikkala tavakkalchilik vaziyatini vujudga keltirish uchun bir xil imkoniyat yaratganda yaqqol namoyon bo„ladi. Tavakkalchilik elementlarini paydo bo„lish imkoniyatlari nafaqat yirik yo„qotishlarda ifodalanadi, balki birinchi navbatda katta daromad olishda ham gavdalanadi, shuning uchun ham barcha xo„jalik rahbarlari tavakkalchilikka borishadi. Bir xil sharoitda olinadigan katta daromad-jadval rivojlanish natijasidir. Moliya bilan bog„liq tavakkalchilik- bu ehtimol qilinadigan moliyaviy zararlar bo„lib, u o„z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan, shuningdek: -inflyatsiya; -valyuta bilan bog„liq bo„lgan tavakkalchilik turlariga bo„linadi. Inflyatsiya bilan bog„liq tavakkalchilik – bu olingan daromadlarning qadri yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi. 23 Valyuta bilan bog„liq tavakkalchilik- bu chet el valyutasi kursining o„zgarishi oqibatida ko„riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport-import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda o„ta zarurdir. Investitsion tavakkalchilik o„z o„rnida quyidagi turlarga bo„linadi: 7 Tizimli tavakkalchilik- u yoki bu bozorda konyukturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyani aniq bir obyektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, ko„chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo„yilgan mablag„ bo„yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan turib o„z mablag„ini qaytara olmaydi. Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga tavakkal qilib sarflash maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Selektiv tavakkalchilik- u yoki bu bozorda investitsiya obyektini noto„g„ri tanlab olinishini oqibatida ko„riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Masalan, qimmatli qog„ozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli qog„ozlarni noto„g„ri tanlash oqibatida ko„riladigan zarar shunday tavakkal turiga kiradi. Kredit tavakkalchiligi- qarz olgan tomonning o„z majburiyatlarini to„lay olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko„rishi uchun kreditlash xavfini kamaytirishi shart. Bank hamisha qarzning o„z vaqtida va foiz bilan qaytib kelishi qay darajada mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni to„lash muddatini kechiktirish yoki obligatsiyalarga to„lashni “muzlatib” qo„yish misol bo„ladi. Korxona tavakkalchiligi investitsiya obyekti bo„lgan aniq korxona faoliyati bilan bog„liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta`siri ostida bo„lsada, undagi tavakkal darajasi korxonaning bozordagi mavqei, doimiy mijozlar (iste`molchilar)ning bo„lishi, ishlab chiqarilayotgan 7 Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.:: «Группа ИДТ», 2013. – 33-с. 24 mahsulotning sifati va boshqalarga bog„liq. Tavakkalchilikni hisobga oluvchi rejalashtirilgan tadbirda ijobiy natijaga erishishni ta‟minlovchi sharoit yaratish murakkab ish. Bu sharoit birinchi navbatda iqtisodni boshqarish tizimi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan boshqariluvchi iqtisodiyotni boshqarish tizimida katta rolni (katta hajmda) tashkilotlar o„ynaydi. Ular nafaqat o„zlari ishlab chiqaruvchi mahsulotlar miqdorini belgilaydi, ya‟ni kelgusida ularni sotilishga tavakkalchilikga boradi va shuning uchun ham tashkilot rivoji uchun yo„naltirilgan bir qism mablag„ ularning xususiy qarorlari ixtiyorida bo„ladi. Xozirgi vaqtda iqtisodiy shart sharoit tashkilot darajasida, shuningdek xalq xo„jaligining barcha darajasida, jadal rivojlanish bilan bog„liq tavakkalchilikni qabul qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Lekin bunday xulosa bizni o„ta noto„g„ri yo„nalishga olib borishi mumkin. Bir tomondan u xalq xo„jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirishda kon‟yunktura imkoniyatlardan foydalanish va uni ta‟rifini o„z ichiga olmaydi, ikkinchi tomondan tashkilot oldida istiqbolli rivojlanishni to„sib qo„yadi. Xalq xo„jaligining barcha tarmog„i, alohida tashkilot rivoji uchun bunday xulosaning naqadar salbiy ekanligini quyidagi misolda aniq qurish mumkin. Tashkilot ishlab chiqarishdagi o„zining tutgan o„rnidan kelib chiqib, kon‟yunkturaviy o„zgarishlarga jadal moslashadi. Lekin u faqatgina barqaror kon‟yunkturaviy intilishlardan o„zining joriy rejalarini amalga oshirishda foydalanadi. Qaror qabul qilishning bu jarayoni nafaqat o„z imkoniyatlarini hisobga olishga tayanishi, balki shunday strategiyani ishlab chiqishi kerakki, u «hamkor»lar, hamda raqiblarning xatti harakati va qabul qilishi mumkin bo„lgan qarorlarini ham hisobga oladi. Faqat bunday mo`ljallarni obyektiv baholash orqaligina tashkilotni kelgusi muvaffaqiyatini ta‟minlash mumkin. Bu tavakkalchilik eng sodda qarordan tortib eng murakkab qarorgacha barchasini ajralmas xislati ekanini yaqqol namoyon etadi. 25 4-rasm. Tavakkalchilikni kelib chiqishiga qarab turlari8 . Qolaversa, «xo„jalik tavakkalchili»gi tushunchasi o„z tarkibiga bevosita tabiat omillari bilan bog„liq tavakkalchilikni hamda keyingi 2 turdagi tavakkalchilikni iqtisodiy oqibatlarini biriktiradi. Ayni paytda jamiyatning iqtisodiy hayoti inson tabiati va tabiiy omillar bilan bog„liq tavakkalchilikka aks ta‟sir ko„rsatadi va ularning mazmunini o„zgartiradi. Bu o„zaro bog„liqlikda bir qancha ta‟sir etuvchi omillar shakllanadi, masalan «inson tabiati bilan bog„liq tavakkalchilikda quyidagi elementlarini (masalan: kasallik, baxtsiz hodisa, o„lim, qobiliyat, xayrixohlik va boshqalar), «iqtisodiy» elementlarini (masalan: ish kuchini qo„nimsizligi, kamomad, o„zlashtirish, ishchilarni malaka darajasi, iqtisodiy manfaatdorlik) kabilar. Qayd etib o‟tilgan tavakkalchilik turlaridan xo„jalik tavakkalchiligi uchun ancha muhimi bu tabiat omillari bilan bog„liq tavakkalchilik bo„ladi, tabiyki u ishlab chiqarishi kimiyoviy, biologik va boshqa tabiiy jarayonlar bilan bog„liq. Xo„jalik tavakkalchiligi kategoriyalari noaniq sharoitlarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy qonunlar tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik daromadi kabi siyosiy, iqtisodiy tushuncha va masalalar bilan bog„liq, uning 8 Sharifxo„jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702. Tavakkalchilik turlari Xo‟jalik tavakkalchiligi Insonning o‟zini tabiati bilan bog„liq tavakkalchilik Tabiiy omillar bilan bog„liq tavakkalchilik 26 tahlili nafaqat ta‟kidlangan kategoriyalarni tadqiq etish uchun balki mustaqil kategoriya sifatida ham zarur. 5-rasm. Xo„jalik tavakkalchiligi 9 . Tadbirkorlik daromadini tadqiq etishdagi tavakkalchilik to„g„risida klassik nazariyotchilar (Senior, Mill) boshlanishda tadbirkorlik daromadi strukturasini foiz (kiritilgan kapitalga nisbatan xissa sifatida), tadbirkorning ish haqi, va nihoyat tavakkalchilik uchun to„lov (tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq tavakkalchilik imkoniyatlarini koplasi misolida) kabi bo‟laklarga ajratdilar. Natijada ko„pchilik xorijiy iqtisodchilar (Samyo„l Rod, Seligman, Sey, Klark va boshqalar) tadbirkorlik daromadini bevosita tavakkalchilik nuqtai nazaridan turib ya‟ni tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq tavakkalchilikni baholay olishda deb ifodalamoqda. Har qanday xo„jalik faoliyatida hamma vaqt xo„jalik operatsiyalarining u yoki bu xususiyati oqibatida pul mablag‟larini yo„qotish xavf-xatar mavjud bo„ladi. Ana shu xavf-xatar moliyaviy tavakkalchilikni tashkil etadi. Moliyaviy tavakkalchilik bu tijorat tavakkalchiligidir. Tavakkalchilik toza va spekulyativ bo„lishi mumkin. Toza tavakkalchilik- zarar yoki pullashgan natijalarga erishish imkoniyatini bildiradi. Spekulyativ tavakkalchilik-ham 9 Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.:: «Группа ИДТ», 2013. –43-с. Xo‟jalik tavakkalchiligi Muvaqqat tavakkalchilik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida keraksiz bo‟lib qolganda paydo bo‟ladi Ob'yektiv tavakkalchilik mazkur xududda, aniq bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot sotilmay qolganida paydo bo‟ladi. 27 ijobiy, ham salbiy natijaga erishish imkoniyatini ifodalaydi. Moliyaviy tavakkalchilik – demak bu spekulyativ tavakkalchilikdir. Investor venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u oldindan o„zi uchun ikki natija; foyda yoki zarar ko‟rishini bildiradi. Moliyaviy tavakkalchilikning xususiyati shundaki; u moliyaviy kredit va birja sohalarida o‟tkazilgan qandaydir operatsiyalar, qimmatli qog‟ozlar birjasidagi operatsiyalar natijasida ko‟rilishi mumkin bo„lgan zarar ehtimoliyatidir. Investor moliyaviy tavakkalchilik xatarini pasaytiruvchi aniq vositalarini tanlar ekan quyidagi tamoyillardan kelib chiqishi kerak: -o„z mablag`idan ortiq miqdordagi xatar bilan tavakkalchilik qilmaslik kerak. -tavakkalchilik xatarini oqibatini o‟ylashi kerak. -o„z daromad ishtiyoqida katta xatarga bormaslik kerak. Birinchi tamoyil amalga oshirishning mazmuni shuki, kapital kiritishdan oldin, investor: -maksimal darajada ko„rishi mumkin bo„lgan zarar hajmini aniqlashi; -«uni kiritiladigan kapital hajmi bilan taqqoslashi»; -uni o„zining barcha xususiy moliyaviy resurslari bilan taqqoslanish agar bu kapitaldan ajralib kolsa, bankrot bo„lmasligini aniqlashi kerak. Kiritiladigan kapitaldan ko„riladigan zarar xajmi shu kapital hajmiga teng, yoki undan ortiq yoki kam bo„lishi mumkin. To‟g‟ridan-to‟g‟ri investitsiyalashda zarar hajmi qoidaga ko„ra venchur kapital hajmiga teng bo„ladi. Moliyaviy tavakkalchilikni turli vosita va usullari yordamida oldini olish mumkin. Unday vositaga, tavakkalchilikdan saqlanish, boshqalar zimmasiga o„tkazish, tavakkalchilik darajasini pasaytirish kiradi. Tavakkalchilikdan saqlanish- bu tavakkalchilik bilan bog„liq ishlarni qilishdan voz kechish demakdir. Lekin tavakkalchilikdan voz kechish investor uchun bo‟lgusi daromaddan voz kechish demakdir. Tavakkalchilikni saklab qolish- bu tavakkalchilik xatarini 28 investorda ya‟ni investor zimmasidan ma‟suliyatni qoldirish demakdir. Investor venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u venchur molyalashtirishdan ko„riladigan zarar o‟rnini o„z mablag‟i hisobidan qoplanishini oldindan biladi. 6-rasm. Moliyaviy tavakkalchilik turlari10 . Tavakkalchilik xatarini boshqa shaxs zimmasiga o„tkazish- bu investor barcha xatar uchun ma‟suliyatni o„zini sug„urtalash orqali sug„urta idorasi zimmasiga o‟tkaziladi. Tavakkalchilik darajasini pasaytirish-yo„qotish hajmi va sodir bo„lish ehtimoliyatini qisqartirishni bildiradi. Limitlash – bu limitlar o„rnatish, ya‟ni savdo, kapital, xarajat summalariga ma‟lum bir chegara qo„yishdir. Cheklashlar, limitlash- tavakkalchilikni pasaytirishning muhim vositasi hisoblanadi.U banklar tomonidan ssudalarning berilishida, xo„jalik subyektlari tomonidan tovarlarning (kredit kartochkalari orqali) kreditga sotilishida, investorlar tomonidan ma‟lum bir miqdor kapitalni aylantirishda qo„llaniladi. Sug„urtalashning mohiyati shundaki, investor tavakkalchilik xatarini oldini olish uchun bir qism daromadidan kechishga tayyor turadi, ya‟ni u 10 Sharifxo„jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702. Moliyaviy tavakkalchilik turlari Kredit tavakkalchiligi Valyuta tavakkalchilik Foiz tavakkalchiligi Boy berilgan moliyaviy foyda tavakkalchiligi 29 tavakkalchilik darajasini nolga tenglashtirish uchun to„lovga tayyor bo„ladi. Aslida, agar sug‟urta qiymati kutilayotgan zarar bilan teng bo„lsa, (ya‟ni, 200 ming so„m ko„rilishi kutilayotgan zararning sug‟urta polisi 200 ming so„m bo„lsa), u holda investor tavakkalchilikni qabul qilmaslikka harakat qiladi. Chunki, u aniqlangan moliyaviy yo„qotishlarning o„rnini to„ldirish uchun o„zini sug‟urtalaydi. Moliyaviy tavakkalchilikni sug„urtalash uning darajasini pasaytiruvchi keng tarqalgan usullardan biridir
xorij tajribasi
Qarorlar loyihasini tayyorlashda chop etilgan rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bashoratlarini o„rganish kerak. Lekin bu erda ham o„ziga xos murakkablik mavjud. Chunki bu bashoratlarning asosiy maqsadi davlat va tadbirkorlar uchun asosiy iqtisodiy ko„rsatgichlarni shakllantirish to„g„risida (jamoatchilik xarajatlari, zaxiralar xolati, shaxsiy iste‟mol, eksport, import, narx, bandlik, sanoat ishlab chiqarish, ish haki darajasi va uning dinamikasi) ma‟lumot berishdan iboratdir. Amerikalik ishbilarmonlarga xos bo„lgan tavakkalchilikni Amerika iqtisodiga chapani muhojirlar olib kelganlar va singdirganlar. Ular o„troq va ehtiyotkor yerli aholini o„z ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik ham qilib turishga majbur etishgan. Amerkacha ta`rifga ko„ra, tavakkalchilik- bu biron ish bilan shug„ullanish oqibatida zarar ko„rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, ba`zi xavflarni sug„urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali ulushini olish mumkin. Biroq xavfning asosiy og„irligi, ya`ni: -menejerning xatosi; -narx o„zgarishi; -talabning susuayishi; -noto„g„ri tanlangan loyiha; -ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonlarning yelkasiga tushadi. 30 Ammo, umuman Amerika tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz mumkin emasligidan guvohlik beradi. Kimki hech bir tavakkal qilmasa, oxiroqibatda xonavayron bo„ladi. Ishbilarmon hali chiqargan mahsulotining bozori yurishishi kafolatiga ega bo„lmasdan ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilini ko„rishga tavakkal qilib o„n ming yoki millionlar sarflaydi. Uning har bir harakatida omadsizlik xavfi yashiringan. Xavflilik omili mablag„ va quvvatlarni tejashning kuchli rag„batlantiruvchisi hisoblanadi. U: 1.Korxona ( firma)ni loyihalar rentabelligini ming bora tahlil etishga; 2.Xarajatlar bo„yicha hisob-kitobni puxta bilishga; 3.Quvvatlarni sotib olish va kadrlarni yollashga o„ta jiddiy yondashishga majbur etadi. Shunday qilib, tavakalchilik har qanday ishlab chiqaruvchi yoki har qanday bank faoliyatining vaziyatga bog„liq tomoni bo„lib, shu faoliyatning oxiri nima bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibatda zarar ko„rishi mumkinligini aks ettiradi. Tavakkalchilik foydadan mahrum bo„lish va boshqa sabablarga ko„ra zarar ko„rish singari yomon oqibatlar ro„y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu ma`noda Amrikacha talqinda tavakkalchilik bu- oqibatning yaxshi bo„lishiga umid bog„lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olingan holda qilinadigan harakat. Tavakkalchilik-bu resurs yoki daromaddan to„la yohud qisman yo„qotish xavfi. Bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi. Ertangi kun yoki kelajakda nima bo„lishini oldindan aniq bashorat qilib bo„lmas ekan, barcha qabul qilinadigan qarorlar tavakkalchilik bilan bog„langan. Shu sababli tavakkalchilikdan qochmaslik kerak, balki uni oldindan ko„ra bilib, tug„ilishi mumkin bo„lgan xavf darajasini pasaytirishga harakat qilish lozim. Amerika tajribasiga ko„ra biznesning barcha tashabbuskorlari tavakkalchilikka borishi zarur. Amerika tajribasiga ko„ra bashoratlarning ojiz 31 tomoni to„lov balansi va xalqaro kapital harakati sohasida namoyon bo„ladi. Bashoratlash bilan shug‟ullanuvchi barcha tashkilotlar nuqtai nazarida aytib o‟tilgan bu parametrlarni kelgusidagi qiymatini aniqlash - hali to‟liq ishlab chiqilmagan (unga turistik sayohatlar, xalqaro yuk tashishlar, xizmat ko‟rsatish pul mablag‟larini uzoq muddatli harakati kabilarda kapital harakatini jilovlab bo„lmasligi kiradi) Ko„p hollarda u shunchaki gumon bo„lib qoladi. Agar gap kapitalni o„zoq muddatli harakati to„g„risida boradigan bo„lsa, bir qancha hammaga ma‟lum bo„lgan omillar e‟tiborga olinadi, ammo ko„p hollarda bunday bashoratlar katta invesitsiyaga asoslangan bo„ladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish va sotish to„g„risidagi tadkqiqotlarga oid xabarlar kabi kapital va investitsiyalar harakati to„g„risida ma‟lumotlardagi noaniqliklar ham tavakkalchilikni bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun foydalanilayotgan xabarlardagi noaniqlikning bir xillilik xislati juda muhimdir. Oldindan baholanuvchi ekzogen ma‟lumotlar ichidagi eng keyin aniqlanuvchi ko„rsatkichlardan biri bu sotishdagi ko„zlanayotgan narx darajasi hisoblanadi. Aniq belgilanuvchi narx ko„plab omillarga bog„liq. Ulardan eng muhimlariga ishlab chiqarish xarajatlari hajmi; mahsulot sifati, taklif o„lchami, uxshash mahsulotga almashtirish imkoniyati, ehtiyojni to„lovga qobillik hajmi va h.z) kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari hajmini asossiz baholashda, o„ziga nisbatan raqib tashkilotlardagi ishlab chiqarish xarajatlari hajmini tahlil qilishga intilish lozim. Ayni paytda o„zining mahsulotini tannarxi, zarur axborot bo„lmaganida, konkurent mahsulot tannarxini hisoblashda asos qilib olish mumkin. Bunday kiyosiy tahlil xarajatlar strukturasini umumiy hajmni tashkil etish darajasiga qarab, muhim bandlarga ajratib o‟rganishdan boshlanadi. Tavakkalchilikga tayanib qabul qilingan qarorlar qabul qilinishi bir muhim obyektiv mezon ya‟ni rahbarni qarorlar qabul qilishda qanday chegaradagi tavakkalchilikga borish mumkin degan muhim obyektiv mezonga bog„liq bo„ladi. Oqilona tavakkalchilikni asosiy fondlar, ishlab chiqarish hajmi, rentabellilikda 32 daromadlilik darajasi, xo„jalikning moliyaviy holati kabi parametrlar bilan bog„liq holda ko„rib chiqish kerak. Korxonada ishlab chiqarish nomeniklaturasi xilma-xil bo„lib, moliyaviy holati qanchalik barqaror bo„lsa, tavakkalchilik xavfi shunchalik past bo„ladi. Demak, bu korxona qanchalik ko„p turdagi mahsulot ishlab chiqarib, katta kapitalga ega bo„lsa u tavakkalchilikga shunchalik kam darajada ta‟sirchan bo„ladi. Bunday xo„jalik rahbarlari, dadil holda tavakkalchilik vaziyatlarda qaror qabul qila oladi. Mulohazalar bo„yicha rahbarning tavakkalchilik sharoitidagi ma‟suliyati faqat aniq qarorlar darajasi bilan tadqiq etilishi mumkin. Rahbar qaror qabul qilish jarayonida, agar korxona ixtiyoridagi fondlar korxonani rivojlantirish masalalari o„lchamiga mos kelsa tavakkalchilikka borishi mumkin. Bu uchun asos bo„lib: mahsulotlarni sotish va ishlab chiqarishni uzluksizligi, daromadli xo„jalik yuritish, iste‟molchilar va transportchilar bilan bir maromdagi aloqalar, to„lovga qobillikning yuqori darajasi, aniq buxgalteriya hisobi, moliyaviy tizim rivojlanishi va boshqalar xizmat qilishi mumkin 33 I