Buddizm falsafasi oqimi va mashablari Reja



Yüklə 27,24 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü27,24 Kb.
#207245
  1   2
Buddizm falsafasi oqimi va mashablari Reja-fayllar.org


Buddizm falsafasi oqimi va mashablari Reja

Buddizm falsafasi oqimi va mashablari
Reja:
1. Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi.
2. Buddaviylikning muqaddas manbaalari.
3. Buddaviylikdagi oqimlar. Buddaviylikning bugungi qiyofasi.
Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi.
Buddaviylik jahonda keng tarqalgan 4 asosiy dinlarning biri (Zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik va Islom) bo’lib, bu jahon dinining atalishi, uning asoschisi Budda nomidan olingan.
Buddaviylik dining asoschisi bo’lgan Budda (sanskritcha “Buddha”) nomining ma’nosi “ziyolangan”, “oliy haqiqatga erishgan” bo’lib uning asil ismi Sidhasa Gautama bo’lgan (“Nekqadam-xushqadam” degan ma’noni beradi). Laqabi Sidhardtha “dili ravshan” degan ma’noni anglatadi. Adabiyotlarda u Siddhartha Gautama deb tilga olinadi.
Budda Shimoliy Hindistondagi Gang daryosining o’rta oqimi (Nepal yaqinida) joylashgan Kapilavasti mamlakatining hukmdori Shak’ya qabilasidan kelib chiqqan Gautamalar sulolasining davomchisi Shudhodananing valiahdi bo’lgan. Onasi Maya u hali go’dakligidayoq vafot etib ketgan. Budda miloddan oldingi 623-yilda Kapilavasti mamlakatining Lumbini shahrida (Shimoliy Bengaliya) tug’ilib, 543-yilda 80 yoshida vafot etgan.
Shahzoda Sidhasa (Siddharta) voyaga yetgach, har qanday mavjudlik, hayot azob-uqubatlardan iborat ekan, degan xulosaga kelgan. Otasi uni 16 yoshida shu yoshdagi xolasining qizi Yashodharaga uylantirgan. Siddharta Gautama kishilar boshiga tushadigan kulfatlar sababini o’rganish va ularni bundan qutqarish maqsadida, 29 yoshida oilasini-xotini va o’g’lini qoldirib saroyni tark etadi. Olti yil uzlatga chekinib, tarki dunyo qilib, o’rmonga borib yashaydi va diniy, falsafiy kitoblarni o’qiydi, brahmanlikdan yuz o’girib, yangi ta’limot yaratishga urinadi.
Nihoyat, 35 yoshida unga haqiqat ayon bo’ladi va u bilim nuridan ziyolanadi. Shundan keyin u xalqqa “Haqiqiy bilim” topganini e’lon qiladi va Shak’ya-Muni Budda (uyg’ongan, nurlangan, haqiqatga-oliy maqomga erishgan) degan nom oladi.
Shak’ya-Muni Budda (Siddharta Gautama) o’zining ta’limotini dastlab Banorasda, keyinchalik umrining oxirigacha-45 yil butun Hindistonda targ’ib qilib yuradi.
Buddaviylik tarixi 2500 yildan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Unga dastlab brahmanlik va jayniylikning ta’siri kuchli bo’lgan.
Buddaviylar 1956-yili o’z dinlarining 2500 yilligini tantanali nishonlaganlar.
Buddaviylik miloddan avvalgi 268-231-yillarda podshoh Ashoka davrida Hindistonning rasmiy diniga aylandi va Shri-Lanka, Indoneziya, Tibet, Xitoy, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Tailand, Kambodja, Laos, Nepal, Buryatiya, Qalmoq, Tuva va boshqa Sharq mamlakatlariga tarqaldi. Hozirgi kunda bu dinga 86 mamlakatning 700 million kishisi e’tiqod qiladi.
Budda o’z ta’limotining asosiy qoidalarini “To’rt oliy haqiqat” shaklida bayon etgan. Ular quyidagilardir:
1) azob-uqubat mavjud, ya’ni turmush azob uqubatlardan iborat;
2) azob-uqubatlarning sababi bo’lgan istak nafs mavjud;
3) azob-uqubatlarning tugashi, ya’ni nirvana mavjud, shuning uchun kishilar, azob-uqubatlardan xalos bo’lishni istasalar, o’zlarining istak, orzu va nafslarini jilovlab olishlari kerak;
4) azob-uqubatlarning tugashiga olib keladigan 8 bosqichli yo’lga amal qilmoq kerak.
Uning shogirdlari yer yuzida birinchi monarxlik jamoasini tashkil etganlar. Uni qadimgi hind an’analariga ko’ra, Buddaning jasadini o’tda kuydirganlar. Buddaviylik dinining muqaddas kitobi - “Tripitaka” (Uch savat donolik) deb ataladi. Rivoyatlarga ko’ra, Siddharta uch savat ta’limot qoldirgan. Bular:
1) Vinoyaptika (ahloqiy normalar);
2) Suttapitaka (duolar);
3) Abxidxammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni)lardir.
Buddaning izdoshlari yer yuzida rohiblik jamoasi bo’lmish “Sangha”ni tashkil etganlar. O’tgan asrlarda Sangha “Oliy haqiqatga” erishgan ko’plab avliyolar jamoasi bo’lgan.
Sangha jamoasiga qabul qilingan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:
1) hech kimni, hech narsani hayotdan judo qilmaslik;
2) yolg’on so’zlamaslik, vaysaqilik qilmaslik, vaysaqilik jahondagi barcha dinlarda qoralanadi va man etiladi;
3) o’g’irlik va birovning haqiga xiyonat qilmaslik;
4) jinsiy aloqa qilmaslik, uylanmaslik;
5) mast qiluvchi ichimliklar ichmaslik;
6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqatlanmaslik;
7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan bezanmaslik;
8) ommaviy ko’ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida hamqatnashmaslik;
9) baland va yumshoq o’rinda yotmaslik;
10) pul ishlatmaslik .
Buddaviylik ta’limoti mohiyatan barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni, aql farmoniga bo’ysunishni targ’ib qiladi. Hozirgi buddaviylar ham, ularning ko’z oldida biron-bir kishi biron-bir jonivorni o’ldirsa yoki birorta katta daraxtni kesib tashlasa, qattiq g’azablanishadi.
Budda Xudo-Halloqning mavjudligini hamda Vedalar dinini inkor etadi. U ko’pxudolikka, ularga har xil qurbonliklar qilish kabi ortiqcha keraksiz serdahmaza marosimlarga ham qarshi bo’lgan.
Budda azob-uqubatlar mutlaqo tugamaydigan narsa, Borliqning barcha ko’rinishlarini, mohiyatini, har qanday hayotni turgan bitgani azob-uqubat deb hisoblaydi.
Jannat to’g’risidagi ta’limoti oddiy dindorlar uchun nirvanaga qaraganda ancha tushunarli va jozibador edi.
Maxayana tarafdorlari xudosiz yoki xudolarsiz din xalq ommasiga tushunarsiz bo’lishini aniq hisobga ola bilganlar. Buddaviylik dastavval xudosiz din edi. Shuning uchun ham ular buddaviylik asoschisi - Gautama-Buddani xudo deb e’lon qilganlar. Shunday qilib, maxayanachilar uchun Gautama - Budda donishmand ustozdan xudoga aylangan. Asta-sekin Buddaga sig’inish qaror topgan. Buddaning ulkan tasviri tushirilgan ibodatxonalar qurilgan. Ammo Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar Maxayanada 1000 tadir. Ularning Siddharta, ya’ni buddaviylikning asoschisi; Mautreya - kelajak Buddasi, u kelgusida dunyoni boshqarayotgan hozirgi Buddaning hukmdori.
Maxayananing hozirgi davrdagi eng muhim ko’rinishi - bu lamaizmdir. Tibet, Mongoliya, Xitoy, Nepal, Hindistonning ayrim joylarida, shuningdek, Buryatiya, Qalmiq, Tuva respublikalarida ham keng tarqalgan.
Lamaizm XIV asrning oxiri XV asrning boshlarida Tibetda vujudga kelgan (tibetcha “lama” - eng ulug’, oily budda rohibi, rohib).
Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalarsiz oddiy bandalar jannatga tushib nirvanaga yetishish u yoqda tursin, shunchaki bu dunyoga qayta kelishda ham hech narsaga erisha olmaydilar.
Buddaviylik dinining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Har oyda 2 marta “Tiyilish marosimi”ni o’tkazadilar. Marosimda buddaviylik aqidalari takrorlanadi. Shunungdek, rohiblar lunyoviy odamlar ustidan suv sepadilar ular esa yerga suv sepadilar.
2. Boshqa dinlarda jamoaviy ibodat keng tarqalgan bo’lsa buddaviylikda yakka ibodat ma’qullanadi.
3. Buddaviy rohib va rohibalar turmush qurishmaydi.
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi. Buddaviylki asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Buni ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi fol’klor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxarta – shaxsiy ismi, Gautama – urug’ ismi, Shakyamuni – shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqgan donishmand, Budda – nurlangan, Tadxagata – shunday qilib shunday ketgtan, Djina – g’olib, Bxagavan – tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik ) nomi berilgan. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama – Budda er.av. 623 yilda tug’ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’lishini er. Av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 – 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar. Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipanatana bog’ida, o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar. Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z ta’limotini tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u erda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan , amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Uning asosi “ Hayot – bu azob, uqubatdir ” va “ najot yo’li mavjud ” degan g’oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zidan tug’uladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan. Birinchi haqiqat - “Azob uqubat mavjuddir”. Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot – qiynoq, azob – uqubatdir. Tug’ilish - qiynoq, kasallik – qiynoq, o’lim – qiynoq, yomon narsaga duch kelish – qiynoq, yaxshi ko’rilgan narsadan ayrilish – qiynoq, o’zi hohlagan narsaga ega bo’lmaslik – qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element) lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatlariga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning hayollari va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu 5 forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess “hayot g’ildiragi” ni tashkil qiladi. “Hayot g’ildiragi”da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqga duchor bo’ladi. Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”. Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’lish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan. Uchinchi haqiqat – “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, “Hayot g’ildiragidan” tashqariga chiqishdir. “Men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatilishidir. To’rtinchi haqiqat– qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l – quyida bayon etilgan uch narsaga amal qilish demakdir. Bu yo’ldan brogan inson Budda yo’lini tutadi. Buddaviylik ta’limoti asosan uch amaliy qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik. 1. To’g’ri tushinish; 2. To’g’ri niyat qilish; 3. To’g’ri o’zini tutish; 4. To’g’ri anglash; 5. To’g’ri harakat qilish; 6. To’g’ri muomalada bo’lish; 7. To’g’ri fikr yuritish; 8. To’g’ri gapirish; Axloq normalari – Budda “Pancha Shila” nasihati: 1. O’g’irlikdan saqlanish; 2. Gumrohlikdan saqlanish; 3. Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish; 4. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish; 5. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish; 6. O’yin – kulgidan saqlanish; 7. Zebu – ziynat, atir – upalardan saqlanish; Donishmandlik – bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushinish. Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim “Xinayana” (kichik g’ildirak) va “Maxayana” (katta g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi. Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu sababli “Katta g’ildirak” deb nomlanadi. Buddaviylikning yoyilishida Sangxa – buddaviylik jamoalarining roli katta bo’lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo’lgan 9 oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg’irlari tinmay quygan 3 oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib ibodat bilan shug’illanganlar Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator Ashoka davri buddaviylikning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi. Buddaviylik eramizdan avvalgi I ming yilliklar oxirlarida Shri – Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazish ishlari asnosida O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan Shak’yamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan. Buddaviylik eramizning I asrida Xitoyga, IV asrda Koreaga, VI asrda Yaponiyaga, VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX – XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib brogan. Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) – uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganlgi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri – Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular – budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblahgan sutra matnlari (sutta - pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya - pitaka), buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma matnlari (abxidxarma - pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, Tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan. 2. Buddizmdagi oqimlar va O’zbekiston hududidagi buddizn yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim “Xinayana” (kichik g’ildirak) va “Maxayana” (katta g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi. Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu sababli “Katta g’ildirak” deb nomlanadi. “Dzen buddizm” V–VI asrlarda Xitoyda paydo boʼlgan mahayana yoʼnalishidagi maktablaridan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Boddxidxarma hisoblanadi. “Dzen” (lotincha – mediatatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qilish) buddizmning asosiy xususiyatlari sifatida nazariyadan koʼra amaliyotga, diniy oʼgit va qonun–qoidalarni yodlash oʼrniga mushohada qilishga alohida eʼtibor berilishini, irratsionalizm va mistikaga moyillikni qayd etish mumkin. Dzen buddistlar “yoga” mashqlarini bajarish, jismoniy mehnat qilish, sanʼat turi bilan shugʼullanishga katta ahamiyat beradilar. Har qanday aqida va eʼtiqod shakllarini (hattoki, Buddani ham) inkor qilish, hech kimga taqlid qilmaslik va ruhiy erkinlikka erishish, “vaqt–abadiylik”, “subʼekt–obʼekt”, “hayot–oʼlim”, “haqiqat va yolgʼon”, “yaxshilik va yomonlik” kabi ziddiyatlarni bartaraf etishni kamolotga erishishning oliy yoʼli, deb hisoblaydilar. Dzen buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida eʼtibor beriladi va “satori” (sanskritcha – yilt etib koʼrinish)ni targʼib qilinadi. Trans holatiga tushgan kishining haqiqatga erishishi dzenning oliy maqsadi, deb bilinadi. “Dzen buddizm” barchani irqi, millati, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, “hammaga mos jonli amaliy haqiqat” sirlaridan ogoh boʼlishga chaqiradi. Hozirda dzen buddistlar 10 milliondan ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Unda ilgari surilgan gʼoyalarning bevosita “dildan–dilga” uzatilishi, insonning oʼz ruhiy mohiyati bilan yaqinligi, belgi va shakllarga qaram boʼlmaslik, yaʼni fikrning soʼz va belgilarsiz ifoda etilishi, insonning oʼz ichki dunyosiga murojaat qilishi orqali Budda kabi barkamollikka erishish mumkinligi haqidagi qarashlar ommaviy tus olgan. Hozirda Yaponiyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy markazga aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi, faoliyatiga katta taʼsir koʼrsatmoqda. Ayniqsa, dzen sanʼati xitoy va yapon madaniyati anʼanalaridan biriga aylangan. Samuraylar dzen buddizm targʼibotchilari hisoblanadi. Dzenga “hammaga mos jonli amaliy haqiqat” deb taʼrif berishgan, yaʼni inson ichki dunyosi orqali haqiqat va barkamollikka erishishi mumkinligi eʼtirof etilgan holda qatʼiy tartib va maxsus ruhiy mashqlarga amal qilish talab etiladi. Bugungi kunda dzen buddizm Gʼarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh va Kanada yoshlari orasida keng tarqalganini qayd etish lozim. Shu asnoda mediatatsiya qonun va talablarini buzib talqin etish, mast qiluvchi ichimlik va narkotik moddalardan foydalanish orqali “nirvana”ga erishish mumkin, degan qarashlar ham keng yoyilib borayotganini taʼkidlash zarur. Yoshlarning bunday qarashlar taʼsiriga berilishi ularning turmush tarziga salbiy taʼsir koʼrsatib, nosogʼlom mayllarning kuchayishi, alkogolizm va narkomaniyaning chuqur ildiz otishiga zamin yaratmoqda. Lamaizm (tibetcha – eng ulugʼ) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yoʼnalishi taʼsirida vujudga kelgan. Muqaddas diniy kitoblar “Kangʼyur” va “Tengʼyur”da bayon qilingan barcha qonun–qoida va talablar lamaizm eʼtiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm taʼlimotiga koʼra, inson buddaviylik aqidalariga tayanib, faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalar yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi. Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda adolat oʼrnatishiga ishonch lamaizm taʼlimotida muhim oʼrin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan lamalarga va dunyoviy hokimiyatga soʼzsiz boʼysunish, ibodat va rasm–rusumlarni dabdabali oʼtkazish, muqaddas kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks ettirish, xudolarning gʼazabi, yovuz ruhlar ziyonini qaytarish uchun turli duo va afsunlar oʼqish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam oʼldirish, oʼgʼrilik, yolgʼonchilik, tuhmat, gʼiybat, bekorchi soʼzlash, ochkoʼzlik, kek saqlash, zino qilish lamaizmda ham ogʼir gunoh sanaladi. Lamaizm taʼlimotiga koʼra, gunoh qilishdan oʼzini tiyish fazilat hisoblanib, insonga “eng yaxshi qayta tugʼilish”ga yordam beradi. Lamaizmning oliy diniy rahnamosi Dalay–Lama (tibetcha – “dengizdek ulugʼ lama”) tugʼilgan mavjudotlarning eng ulugʼi, “boddhisattva”ning Yerdagi koʼrinishi, tirik xudo hisoblanadi. “Lamaizm” tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning, Buryatiya, Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.


Yüklə 27,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin