О‘zbekistОn Res



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə1/7
tarix12.04.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#96854
  1   2   3   4   5   6   7
Logistika markazlari va erkin iqtisodiy hududlar


ОzbekistОn ResРublikasi
ОLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

FARG‘ОNA РОlitexnika instituti



«ENERGETIKA »
fakulteti
«BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH »
FANIDAN



MUSTAQIL ISH


Bajardi: 36-A21 guruh talabasi

Abdurayimov Asadbek Abdulhamid o’g’li



Qabul qildi: Abdullayeva B.






FARG‘ONA-2023

LOGISTIKA MARKAZLARI VA ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR JAHON AMALIYOTIDA

Reja:

Kirish

1. Mamlakat iqtisodiyotida logistika markazlarining ahamiyati

2. Logistika markazlari joylashish o‘rnini aniqlash modellari

3. Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil topishi va ularning tasniflanishi

4. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari: Erkin hududlar, industrial hududlar va yangi iqtisodiy shaharlar

5. Jahondagi yirik erkin iqtisodiy hududlar va ularning ahamiyati

6. Jahonda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishning milliy asoslari





1. Mamlakat iqtisodiyotida logistika markazlarining ahamiyati
Logistik tashkilotlar oxirgi yillarda iqtisodiy jamiyatning diqqat markazida juda ko’p marta paydo bo’lmoqda. Xususan, Yevropa bozori logistika xizmatlarining umumiy aylanmasi 600 mlrd yevrodan oshadi. Iqtisodiyotning deyarli barcha sohalari bo’ylab logistika kompaniyalar tomonidan 30 % logistik vazifalar bajariladi. Yevropada logistika operatorlari xizmatlariga bo’lgan talabni sanoat va savdo sohalari amalga oshiradi, har yili logistikaga qilingan xarajatlar 120-140 mlrd yevroni tashkil qiladi…“
(“Rossiyadagi logistika markazlari”. G.Manjosov, N.Ovcharenko. “KIA-center”)
Oxirgi yillarda logistika tushunchasi iqtisodiy faoliyatda faol ishlatilayotgani, ko’pgina matbuot yig’ilishlarida va konferensiyalarda asosiy kun tartibidagi masalaga aylangani bejiz emas. Buni 007-yilda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “Transport va logistika. TransO’zbekistan-2007” xalqaro ko’rgazmasi, 008-yilda Novosibirskda bo’lib o’tgan “ProLogSiberia” 3-xalqaro transport logistika konferensiyasi, shu yilning iyul oyida bo’lib o’tgan UVK Brovari (AISI capital) xalqaro loyihasi va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.Qanaday qilib tovarlarni yangi bozorlaga kamroq xarajat bilan olib chiqib sotish mumkin, xavfsiz holda etib berish yo’llari qanday, qaysi hudud yoki bozorga qancha miqdorda sotgan maqul degan savollar barcha ishlab chiqaruvchilarni birdek qiziqtiradi. Bu birgina ishlab chiqaruvchilar uchun emas, balki iste’molchilar uchun ham muhim masaladir. Yuqoridagi keltirilgan nazariy va amaliy ma’lumotlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, jahon hamjamiyatini qiziqtirayotgan jiddiy sohalardan biri ham logistikadir. Davlat iqtisodiyotida logistika markazlarining ahamiyati juda katta.
Bundan tashqari logistika markazlari orqali o’sha hududda yangi bozorlar yoki xom-ashyo manbalari tashkil etilishi mumkin. Logistika markazlari orqali bozor iqtisodiyotining tez o’zgaradigan sharoitlarida ishlab chiqarish atrof-muhit sharoitlariga juda tez moslashadi. Korxonaning logistika xarajatlarni 1%ga qisqartirishi tovarlar realizatsiyasini 10%ga ko’paytiradi. Ko’pchilik logistiklar tasdiqlagan logistikaning olti qoidasi ham buni isbotlaydi:

  1. Kerakli tovar yoki yuk.

  2. Kerakli miqdorda.

  3. Qoniqtiradigan sifatda

  4. Aniq ko’rsatilgan vaqtda eltish.

  5. Kerakli joyga.

  6. Minimal xarajatlar bilan.

Logistika xizmatlariga ketadigan xarajat tovarning turi va yaratilgan sharoitlarga qarab tovar tannarxining o’rtacha 10-12%igacha bo’lishi mumkin. Logistika markazlarining tashkil qilinishi o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, uni tashkil qilgan davlat yoki hudud barcha sohalarni va faktorni hisobga olishi va nazorat qilishi lozim. Kirib kelayotgan tovarlar xavsizligini himoya qilish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli holatlar(fors-major yoki boshqa) larda riskni qaysi tomon o’z zimmasiga olishini aniqlab olish lozim. Buning uchun hududda sug’urta kompaniyalari bilan shartnomalar tuziladi. Yana bir murakkab taraflaridan biri hududga past narxda kirib kelgan tovarlar ichki bozorga zarar yetkazishi mumkin. Buni esa logistika markazi joylashgan davlat o’zining bojxona nazorati bilan boshqarishi lozim bo’ladi.
Logistika markazlari odatda kamida uchta transport tarmoqlari kesishgan hududlarda barpo qilinadi(avtomagistral, havo, suv, temir yo’l va boshqa). Lekin logistika markazini faqat bitta transport vositasi bilan ham qurish mukin. Bunday logistika markzalari “quruq portlar” deb ham ataladi. Masalan ikkita davlat chegaralarida yoki ular o’rtasidagi qulay joyda. Bu esa o’sha yerdagi mahalliy hududning tashqi savdosini rivojlantiradi va bu bilan ham katta iqtisodiy foyda olish mumkin. Bunday markazlarni Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ko’plab uchratishimiz mumkin (xususan Rossiyada).
Zamonaviy texnologiya rivojlangani sari jahon iqtisodiyoti ham yanada globallashib bormoqda. Endilikda savdoning yangi turi bo’lgan elektron savdo ham rivojlanmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlarining ko’pida savdo elektron yo’lda amalga oshiriladi. Shu sababdan logistika markazida yangi tarmoq-elektron savdo tarmog’i ham shakllanmoqda. Bu esa kelajakda yangi istiqbollar va imkoniyatlarni yaratadi. Tavorlar va yuklar zavodda turib ham elektron usul bilan harid qilinib, istalgan joyga logistika markazi orqali elitb berilishi mumkin. Bu esa jahon iqtisodiyotida logistika markazlari ahamiyatini yanada oshiradi.

Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin