Birlashgan Arab Amirliklari: Dunyodagi eng logistika tizimi shakllangan va yuqori darajadagi transport sistemasiga ega davlatlardan biridir. Eng qulay transport yo’llari ustida joylashgan bu davlat bir hisobga neft sohasida katta yutuqlarga erishgan bo’lsa, ikkinchi hisobdan erkin iqtisodiy zonalar va unda ko’rsatiladigan xizmatlar hisobiga ham ulkan iqtisodiy yutuqlarga erishgan. Eng yirik iqtisodiy markazlari Abu-Dabi va Dubay shaharlari. Ular dunyodagi eng yirik moliyaviy, iqtisodiy, rekreatsion markazlar joylashgan hudud hisoblanadi. Dubayda eng yirik offshor zona joylashgan va logistika tizimi ham juda yuqori darajada. Xususan, Jebel Ali erkin hududidagi logistika markazi asosan portlar va havo yo’llari hisobiga barpo etilgan. Dubay Xalqaro Aeroporti1 (Dubay International Airport) dunyodagi sakkizinchi yirik xalqaro aeroport bo’lib, yiliga 1,8 mln tonna yukni tashiydi. Hozirda bu aeroport ta’mirlanmoqda va 010-yilga dunyodagi eng eksklyuziv elektron terminalga ega bo’lgan aeroportga aylantiriladi. Bundan tashqari dunyodagi 7-yirik port hisoblangan Jabal Ali dunyodagi inson qo’li bilan qurilgan eng yirik sun’iy port hisoblanadi. Jabal Ali bilan birgalikda Rashid porti ham joylashgan. Avtomagistrallar ham logistika markazining asosiy transport vositasi hisoblanadi. Xususan, Shayx Zoyid shohko’chasi to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, har bir tranzit uchun 1,08 $ to’lov bilan yuk tashish mumkin. Dubay logistika markazlari va erkin zonasi yiliga 12 mlrd $ dan ko’proq foyda keltiradi (faqat Dubayning YAIMi 37 mlrd $ 006). Yana erkin zonani va logistika markazlarining taraqqiyotini belgilovchi bir nechta yirik loyihalar rejalashtirilgan. Undan tashqari temir yo’l transporti ham BAA ning asosiy transport vositasi hisoblandi. Global iqtisodiy inqiroz natijasida butun dunyoda iqtisodiy faollik tushib ketayotgan bir davrda bunday hududlarni ahamiyati yanada ortib boradi.
Yuqoridagi davlatlar bilan bir qatorda Ukraina, Belgiya, Gong-Kong, Xitoy, Germaniya, Gollandiya, AQSH, Portugaliya, Hindiston kabi davlatlar ham xalqaro logistika markazlarini shakllantirish borasida va erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda keskin odimlamoqda va katta yutuqlarga erishmoqda.