О‘zbekistОn Res



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə2/7
tarix12.04.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#96854
1   2   3   4   5   6   7
Logistika markazlari va erkin iqtisodiy hududlar

Ozarbayjon: Ozarbayjon ham logistika masalalarida faol ishtirok etadi. Kaspiy dengizi bo’yidagi logistika markazlari va portlarini rivojlantirishda katta qadamlar tashlamoqda. Xususan, TransO’zbekistan transport-logistika ko’rgazamasida Turkiya, O’zbekiston, Rossiya, Qozog’iston bilan bir nechta loyihalarni imzoladi. Yevroosiyo logistika tizimida ishtirok etadigan Ozarbayjon davlati ham keng miqiyosida transport sohasini rivojlantirmoqda.
O’zbekiston: O’zbekiston ham logistika markazlarini tashkil qilish borasida katta qadamni qo’ydi. 008-yil dekabr oyida Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan mamlakatning markazida joylashgan Navoiy viloyatining Navoiy shahriga erkin iqtisodiy-industrial zona va xalqaro multimodal logistika markazini tashkil etish ishlari boshlandi. Loyiha 009-yil aprel oyigacha to’liq ishlab chiqilib, amalga oshirila boshladi. J.Koreyaning “Korean air” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy markaziy aeroporti asosiga tashkil qilinayotgan bu zona kelajakda O’zbekiston uchun katta imkoniyatlar berish mumkin. Hududda qurilish ishlari boshlab yuborildi va mas’ul shaxslar belgilandi. Bu hududda innovatsion-industrial hab(markaz) bilan birgalikda transport-logistika va ijtimoiy-rekreatsion hablari ham barpo qilinishi rejalashtirilgan. Jami ishlab chiqarish maydoni 556 gektarni tashkil qiluvchi bu hududda 20ga yaqin korxonalar faoliyat yuritishi mumkin. Hozirgacha (2009, may oyigacha) hududga 900 mln $dan ortiq investitsiyalar jalb qilingan va jami 35 dan ortiq chet el firmalari bilan shartnomalar imzolandi. Mintaqaviy multimodal logistika markazi tashkil qilishdan asosiy maqsad savdo yo’llari ustida joylashgan O’zbekiston Republikasida rivojlangan erkin sanoat zonasini qurish, undagi tovarlar hisobiga ichki bozorni qondirish, tashqi savdoni kuchaytirish, yangi loyihalar va hamkorlikni yo’lga qo’yish, yangi texnologiyalarni jalb qilish va katta korxonalarni jalb qilish, xom-ashyo va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, iqtisodiy potensialni oshirish va aholi farovonligini ta’minlash, yangi bozorlar va integratsiya imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Loyiha 010-yilda tugallanib to’ligicha ishga tushadi. Agar loyihadan foydalanib, markaz to’lig’icha ishga tushsa, uning bir yildagi tovar aylantirish qobiliyati 5,5 mlrd $ dan oshadi! Bu esa O’zbekiston YAIMning 0% dan ortiq ulushini tashkil qiladi. Bu bilan esa davlat iqtisodiyotida katta burilish bo’lishi mumkin.

  • Xalqaro Logistik Taqsimot Markazlari (International Logistiks Center of Distribution – LCD);

  • Regional Logistik Taqsimot Markazlari (RLCD);

  • Mahalliy Logistik Taqsimot Markazlari (LLCD);

  • Logistik Taqsimot-Savdo Markazlari (Trade Logistiks Center of Distribution – TLCD);

  • Logistik Xizmat Markazlari (Center of Logistiks Service – CLS).

Logistika markazlarining kelajakdagi istiqbollari agar muammolar to’g’ri hal etilsa, mamlakat uchun ancha yaxshi iqtisodiy foydalar keltirishi mumkin.

Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin