Reja: 1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati. 2. Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsadi. 3. Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari.
1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati. Ushbu kursda operatsion tizim va ularning asosiy funksiyalari protsessorni boshqarish, jarayonlarni boshqarish, xotirani boshqarish, qurilmalarni boshqarish, fayllarni boshqarish, tarmoqni boshqarish, operatsion tizimlar xavfsizligi va xavfsizlikni boshqarish masalalari, Unix, Linux, Windows va Android operatsion tizimlari, shuningdek, tarmoq xizmatlari va ularning turlari o‘rganiladi. Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli-operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bir-biriga bog‘langan dasturlar to‘plamidir.
2.Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsadi. foydalanuvchi dasturlarini bajarishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Foydalanuvchi birinchi navbatdafoydalanuvchi xoxlagandagidek uni qanoatlantiridagan darajada ishlashi uchun unga so‘rov natijalarini to‘g‘ri taqdim etishi, rad etishlar bo‘lmasligi, tashqi xujumlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va operatsion tizim bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. kompyuterdan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizim kompyuter va uning resurslaridan foydalanishda maksimal foydalilik va samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va buzg‘unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak.
3. Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari. Birinchi davr (1945-1955 yillar) Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebbij tomonidan XVIII asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash texnikasi uchun zarur bo‘lgan aniq mexanika qismlarini tayyorlash bo‘yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar mavjud bo‘lmagan. Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin ma’lum taraqqiyot-rivojlanish yuz berdi. 1940 yillar o‘rtalarida birinchi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutaxassislar hisoblash mashinalarini ham loyihalashda, ham ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu guruh mutaxassislari ishtirok etganlar.
Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va mashina registri holatini o‘rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy ta’minot yuzaga keldi. 1951-1952 yillar belgili tillar (Fortran va boshqa) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954 yilda esa IBM-701 uchun Assembler tili ishlab chiqildi. Vaqtning eng ko‘p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning o‘zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi. Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narxi, ularning soni kamligi va foydalanishning past samarasi bilan belgilandi.