Ishlab chiqarish faoliyatidagi to‘lovlar oqimi. Moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari reja



Yüklə 150,25 Kb.
səhifə1/6
tarix11.10.2023
ölçüsü150,25 Kb.
#153892
  1   2   3   4   5   6
6 мавзу


ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATIDAGI TO‘LOVLAR OQIMI. MOLIYAVIY SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI


Reja:
6.1. Pul mablag‘larining optimal darajasini aniqlash
6.2. Ishlab chiqarish investitsiyalarining samaradorlik ko‘rsat­kich­lari
6.3. Jihozlarni ijaraga olish (lizing)


Tayanch so‘z va iboralar: Sof joriy qiymat, qoplash muddati, ich­ki foydalilik normasi, samaradorlik indeksi, lizing operatsiyalari.

6.1. Pul mablag‘larining optimal darajasini aniqlash


Korxonalarning pul mablag‘lari bankdagi hisobraqamlardagi va kassadagi pullardan iboratdir. Bu mablag‘lar korxonaga pul shaklida xom ashyolarni yetkazib berish, jihozlar sotib olish va h.k. kabi joriy to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarurdir. Bunda pul mablag‘larining optimal hajmda bo‘lishini ta’minlovchi usullarga zarurat tug‘iladi. Bunday usullarni yaratish ko‘pincha boshqarish nazariyasidagi modellar bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan modellar qatoriga Baumol va Miller- Orr modellari mansubdir.
Baumol modeli. Ushbu modelda korxona ixtiyoridagi pul mab­lag‘­larining arrasimon shakldagi o‘zgarishi faraz qilinadi.



1-rasm. Korxona ixtiyoridagi pul mablag‘larining o‘zgarish dinamikasi

Korxona – zaruriy miqdordagi pul mablag‘lari hajmi bilan ish boshlaydi deylik. Keyin biror vaqt davomida ushbu mablag‘lar sarflanadi. Tovar va mahsulotlarni sotishdan tushadigan barcha pul mablag‘lari qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarga sarflanadi deylik. Korxona ixtiyoridagi pul mablag‘larining darajasi nol yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal darajaga yetgach, korxona dastlabki – hajmni ta’minlash uchun, qimmatbaho qog‘ozlarni sota boshlaydi deb hisoblaylik. Qaralayotgan modelda – summa quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.



Bunda, V – belgilangan davrda zarur bo‘lgan pul mablag‘larining prognoz hajmi,

Yüklə 150,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin