Ishlab chiqarish faoliyatidagi to‘lovlar oqimi. Moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari reja



Yüklə 150,25 Kb.
səhifə5/6
tarix11.10.2023
ölçüsü150,25 Kb.
#153892
1   2   3   4   5   6
6 мавзу

3-masala. Investitsiyaga sarf qilinadigan xarajatlar birinchi yili 2000000 so‘m bo‘lib, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi yillarda 1500000 so‘m bo‘lsin. Daromadlar oqimi esa 2200000, 2500000, 3000000 va 2000000 so‘mdan iborat bo‘lsin. Ichki foydalilik normasi (IRR) topilsin.
Yechish
Masalaning shartiga ko‘ra, C1 = 2000000; C2=C3=C4 = 1500000; R1 = 2200000, R2 = 2500000, R3 = 3000000, R4 = 2000000
tR - daromadlar oqimining o‘rtacha muddatini va tc - xarajatlar oqimining o‘rtacha muddatini (7) formula yordamida topamiz.


Endi (6) formuladan foydalanib IRR ni topamiz.

Foydalilik indeksi (PI). Foydalilik indeksi yoki samaradorlik deb, bir vaqt onida keltirilgan foydalarning shu vaqt onida keltirilgan investitsiya xarajatlariga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.
Agar foydalilik indeksini U bilan belgilasak, u quyidagiga teng bo‘ladi.
(8)
yoki
( 9 )
Bu formulalardan birinchisi C0 miqdordagi kapital mablag‘ birdaniga investitsiyaga sarf qilingan holni ifodalaydi. Ikkinchisi esa kapital mablag‘ t = 1, 2, . . . n1 bosqichlarda sarf qilinadigan t = n1, n1+1, . . . n2 bosqichlarda investitsiyadan foyda tushadigan hollarni ifodalaydi. Agar U = 1 bo‘lsa, foydalilik indeksi samaradorlik normasiga mos keladi. Agar U < 1 bo‘lsa, investitsiya samarador bo‘lmaydi.
Yuqorida biz ko‘rgan investitsiya samaradorligini ko‘rsatuvchi baholarni aniqlashda kelgusidagi daromadlarning miqdori va ularga mos keluvchi vaqt onlarini aniq deb qaradik. Lekin har vaqt ham uni aniqlash mumkin bo‘lavermaydi. Sof foydaning miqdori turli faktorlar ta’sirida o‘zgaruvchan tasodifiy miqdor bo‘ladi. Ikkinchidan foiz stavkasi (solishtirish stavkasi) ham har vaqt ma’lum bo‘lavermaydi. Ma’lum bir bosqichda aniqlangan foiz stavkasining qiymati boshqa bosqichlarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bundan tashqari foiz stavkasini aniqlashda tavakkalchilikdan ko‘riladigan zararni nazarda tutish zaruriyati tug‘iladi. Tavakkalchilik va undan ko‘riladigan zarar muammosi investitsiyalarni tanlashda asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Foiz stavkasi qiymatiga tavakkalchilik zararini oldini oluvchi qo‘shimcha qo‘shish an’anaviy usul hisoblanadi, lekin xorijiy mamlakatlardagi katta firmalarda matematik statistika, iqtisodiy matematik modellashtirish, sistemali tahlil usullarini qo‘llab, ayrim parametrlarning o‘zgarishi investitsiya samaradorligiga qanday ta’sir qilishini aniqlash va buning natijasida tavakkalchilikdan ko‘riladigan zararni kamaytirish yo‘llarini qo‘llamoqdalar.


Yüklə 150,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin