Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish



Yüklə 90 Kb.
səhifə1/6
tarix20.12.2022
ölçüsü90 Kb.
#76860
  1   2   3   4   5   6
Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish


Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish.
Kompyuter tizimi bosh asosiy masalasi-dasturni boshqarishdir. Dasturlar va ularning murojaat qiladigan malumotlari, bajarilish jarayonida operativ xotirada (hech bo‘lmasa qisman) joy1ashgan bo‘lishi shart. Operatsion tizimga, xotirani, foydalanuvchi jarayonlari va OT komponentalari orasida taqsimlashga to‘g‘ri keladi.Operatsion tizimning bu faoliyati xotirani boshqarish deyiladi.Shunday qilib,xotira(storage memory)sinchiklab boshqarishni talab etadigan resursdir.YAqin kunlargacha xotira eng qimmat resurs xisoblangan.
Operatsion tizimning ,xotirani boshqaradigan qismi ,xotira menejeri deyiladi.
Kompyuter hotirasini fizik tuzilishi (tashkil etilishi)
Kompyuterning hotira qurilmasi ikki hil turga: asosiy (bosh hotira , tezkor hotira, fizik hotira) va ikkilamchi (ichki hotira) hotiraga bo‘linadi.
Asosiy hotira bir baytli tartiblangan yacheyka massiviga ega bo‘lib, har bir yacheyka o‘zining adresiga (nomeriga) ega. Protsessor buyruqlarni asosiy hotiradan oladi, qayta ishlaydi va bajaradi. Buyruqlarni bajarishda asosiy hotiraning bir nechta yacheykalariga murojaat qilishga to‘gri keladi. Odatda asosiy hotira yarimo‘tkazgichli texnologoya asosida tayyorlanadi shuning uchun hotiradagi ma'lumotlar elektr manbasidan uzilgandan so‘ng o‘chib ketadi.
Ikkilamchi xotira (bu asosan disklardir) bu chiziqli birlik adresga ega bo‘lgan joy va ularni ketma-ket joylashgan baytlar tashkil qiladi. Ikkilamchi hotiraning tezkor hotiradan farqi shundaki, u alohida energiyaga, katta hajmga, va samarali foydalanish imkoniyatiga ega.
8.1 rasmdagi ko‘rsatilgan sxemaga yana bir nechta oraliq satxlarni qo‘shish mumkin. Xar xil ko‘rinishdagi hotiralar iyerarxiyaga, murojaat vakti kamayib borishi,narxini oshishi va sigimi oshishi tarzida birlashishi mumkin.



8.1 rasm. Xotira iyerarxiyasi.

Ko‘p bosqichli sxemalar kuyidagicha ishlatiladi.Malumotlar odatda xotiraning yukori satxlaridan qidiriladi, agar u yerdan topilmasa, malumotlar katta nomerli satxlarda xam saqlanadi. Shuning uchun, u keyingi satxdan qidira boshlaydi. Agar kerakli ma’lumotni topsa, uni yuqoriroq satxga o‘tkazadi.





Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin