Bugungi kundagi ahamiyati



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118280
  1   2   3   4
amir-temur-diplomatiyasining-oziga-xos-xususiyatlari-va-bugungi-kundagi-ahamiyati



Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
51 
AMIR TEMUR DIPLOMATIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA 
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI 
 
Oxunov Abdulla 
Bag‘dod tumani 53-maktab tarix fani o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6696675
Annotatsiya: ushbu maqola Amir Temur diplomatiyasining o'ziga xos 
xususiyatlari va bugungi kundagi ahamiyati haqida yozilgan bo‘lib, unda Amir 
Temur siyosati chet davlatlar bilan olib borilgan aloqalar va ular o‘rtasidagi savdo 
haqida yozib borilgan. 
Kalit so‘zlar: diplomatiya, Eron, Ozarbayjon, savdo, elchilik, 8 mart elchilik
Boyazid Yildirim 
Barcha zamonlarda mamlakatlararo siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalar 
bo‘yicha o‘zaro aloqalarning shakllanishi va rivojlanishida elchilik munosabatlari 
muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi globallashuv, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy 
jarayonlarning keskinlashuvi sharoitida ham mamlakatlarning o‘zaro hamkorlik va 
do‘stona munosabatlarini ta’minlashning eng umume’tirof etilgan dastaklaridan biri 
o‘zaro diplomatik aloqalarni rivojlantirish hisoblanadi. Elchilik aloqalarini 
rivojlantirishda mamlakatlararo munosabatlarning tarixan shakllanishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, o‘tgan zamonlarda mavjud bo‘lgan davlatlar, 
qirollik va amirliklarning muvaffaqqiyatli diplomatik munosabatlari, elchilarning 
tayinlanish, yuborilish va kutib olish tartiblari, ularning diplomatik faoliyati va ulkan 
tajribasini o‘rganish ham ahamiyatlidir. Masalan, juda katta saltanatga hukmronlik 
qilgan va o‘z zamonining buyuk siyosat arbobi, mohir diplomat va sarkarda – Amir 
Temurning xalqaro munosabatlarda boshqa mamlakat vakillari bilan olib borgan 
diplomatik faoliyati hozirgi zamonda mavjud diplomatik tamoyillar, uslublar va 
odatlar bilan juda yaqin o‘xshashlikka ega. Ushbu maqolada Amir Temur 
diplomatiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning bugungi kundagi ahamiyati tahlil 
qilinadi. 
O‘rta asrlarda savdo bilan diplomatiya uyg‘unlashib ketgan edi. Amir Temur 
"Buyuk ipak yoʻli"ni nazorat qilib, xorijiy mamlakatlardan kelayotgan savdo 
karvonlari qatnovining xavfsizligini taʼminlashda rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish 
yoʻlida muhim chora-tadbirlar koʻrdi va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va 
elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdi. U 
poytaxtga ketayotgan savdogar va elchilarning beto‘xtov yurishi uchun sharoit 
yaratilishini talab qilardi. 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin