Burhanuddin marg'iloniyning hayoti va faoliyati reja kirish



Yüklə 25,88 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#161763
  1   2   3   4
burhanuddin marg\'iloniyning hayoti va faoliyati


BURHANUDDIN MARG'ILONIYNING HAYOTI VA FAOLIYATI
REJA
KIRISH
1. BURHANUDDIN MARG'ILONIYNING HAYOTI
2. BURHANUDDIN MARG'ILONIYNING IJODIY FAOLIYATI
3. BURHANUDDIN MARG'ILONIYNING IMOMI A’ZAM ABU HANIFA NO‘MON IBN SOBIT ASOS SOLGAN HANAFIY MAZHABI
XULOSA

Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan.
Burhoniddin margʻinoniy fiqh boʻyicha asosiy asari „Bidoyat ul-mubtadiʼ“ („Boshlovchilar uchun qoʻllanma“)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029-yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin margʻinoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — „Kifoyat ul-Muntahiy“ („Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot“)ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida „Kitob al-Hidoya“ (qisqacha nomi „Hidoya“ — „Toʻgʻri yoʻl“)ni yaratadi (1178). Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham „hidoyat yoʻlining sarboni“ deya katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi.
Burhoniddin margʻinoniy yana bir qancha asarlar yozgan: „Nashr al-mazhab“ („Mazhabning tarqalishi“), „Kitob at-tajnis val-maziyd“ („Fuqarolik huquqini taqdim etish“), „Kitob ul-faroiz“ („Majburiyatlar haqida kitob“), „Maziyd fi furu ulhanafiy („Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar“) va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir“on marta ham „men“ degan soʻzni ishlatmay, „bu zaif banda aytadi“, deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi.
Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatild
Yo‘nalishlar: O‘rta asr arboblari, Shoirlar, Diniy ulamolar (Tavxid, Kalom ilmlari)
Burhonuddin al-Marg‘inoniy - buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug‘ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ faqixdir.
Burhonuddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan, so‘ngra Marg‘ilon shahrida 13 yil yashagan. O‘zining mashhur “Hidoya” asarining birinchi qismini shu yerda yozgan. Hayotining asosiy qismini esa Samarqand shahrida o‘tkazgan. 1178 yili aprel oyida “Hidoya” asarini tugatgan.
Burhonuddin al-Marg‘inoniy 74 yoshida vafot etgan va Samarqandagi Chokardiz mozorida dafn qilingan.
Fiqx ilmida chuqur bilimga ega bo‘lsada, Burhonuddin al-Marg‘inoniy hayotining oxirigacha ustozlarining asarlarini o‘rgangan. "Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob") asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomalarni, jumladan, Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Siyariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniy va boshqalarni sanab o‘tgan. U fiqx ilmi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ko‘plab shogirdlar ham yetishtirgan.
Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asarlari quyidagilar:
"Nashr ul-mazhab" ("Mazhabning yoyilishi") ;
"Kifoyat al-muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim") ;
"Kitob ul-faroiz" ("Farzlar kitobi");
“Kitob at-tajniya val-mazid” (“Ilmga bag‘ishlangan kitob”);
"Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob");
«Kifoyatul-muntaxiy» (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot”);
“Xidoya” («Kifoyatul-muntaxiyga yozilgan to‘rt bobdan iborat sharxlar kitobi”).
Afsuski, bizgacha Burhonuddin al-Marg‘inoniyning barcha asarlari yetib kelmagan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo‘lyozma nusxalari bor:
«Bidoyatul-Mubtadi’»
 «Majma’ Muxtorot an navozil»
«Xidoya fi al-Fiqx»
«Al Kifoya fi sharx Hidoya».
Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asari hisoblangan "Hidoya" asari imom Muhammad ash-Shayboniy (“Kichik to‘plam”), Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy" asarlari asosida tashkil qilingan. "Hidoya"da “Muxtasar”da mavjud xuquqiy asoslar keltirilsada, biroq, uni alohida asar sifatida e’tirof etish mumkin. Chunki unda ko‘rib chiqilgan masalalar Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy"dan ko‘ra kengroq yoritilgan.
"Hidoya" to‘rt juzdan iborat bo‘lib, u alohida bob va bo‘limlarga bo‘lingan 57 ta kitobni o‘z ichiga mujassam etadi. Xar bir kitob islom huquqining muayyan qismiga bag‘ishlangan. "Hidoya"da huquqiy masalalarning yechimi dastlab Sahobalar, mujtahid olimlar va Movaraunnahrdan chiqqan yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan.
Birinchi juz besh kitobdan iborat bo‘lib, u namoz, ro‘za va zakotga bag‘ishlangan.
Ikkinchi juzga 36 bo‘lim nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi 36 bob va 37 bo‘limdan iborat juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish,vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik, majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.
To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
"Hidoya" boshqa manbalardan o‘zining mantiqiy ketma-ketligi va mavzular joylashi va mavzular sharhlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning "Hidoya" asari islom huquqshunosligiing rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va o‘chmas iz qoldirgan.
2000 yilning noyabirida Marg‘ilonda Burhonuddin al-Marg‘inoniyning 910 yilligi keng nishonlandi.
Marg‘inoniy o‘z oilasi tarbiyasida o‘sib, yoshligidanoq tinimsiz ilm o‘rganib, davrining eng mashhur va iqtidorli olimlaridan dars olib, yuksak iste’dodi va izchil faoliyati tufayli hanafiy mazhabi bo‘yicha buyuk faqih va mujtahid darajasiga ko‘tarildi, shayxul-islom laqabiga sazovor bo‘ldi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqh ilmi bo‘yicha bunday yuksak darajaga ko‘tarilishida quyidagi omillar sabab bo‘lgan deyish mumkin:

Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin