Butun sonlar to’plami. Musbat sonlar. Manfiy sonlar. Butun sonlar haqida tushuncha. Koordinata to’g’ri chizig’i. Musbat va manfiy sonlarni sonlar o’qida tasvirlash
6-sinf
Musbat sonlar
Havo temperaturasini o’lchaydigan asbob – termometrni ko’rgansiz(1-rasm), uning tuzilishini bilasiz.
Temperaturani o’lchashda sanoq boshi sifatida suvning muzlash temperaturasi qabul qilingan.
Shuning uchun ham “3 gradus iliq”, “5 gradus sovuq” jumlalari o’rniga, mos ravishda, “noldan 3 gradus yuqori”, “noldan 5 gradus past” jumlalari yoki , yozuvlar ishlatilishi mumkin.
1-rasm
Manfiy sonlar
Shunday qilib, temperaturani o’lchashda musbat natural sonlar yetarli emas, buning uchun -1, -2, -3 va hokazo yangi sonlar zarur. Bunday sonlar manfiy sonlar deyiladi.
Musbat va manfiy sonlar nafaqat temperaturani o’lchashda, balki geografik balandliklarni dengiz sathi bilan solishtirishda, iqtisodiy masalalarda uchraydi.
Butun sonlar
Musbat va manfiy sonlarni sonlar o’qida tasvirlash
Sanoq boshi – O nuqta koordinata o’qini ikkita nurga ajratadi.
Sanoq boshi – O nuqta koordinata o’qini ikkita nurga ajratadi.
Noldan o’ng tomonga yo’nalgan nur musbat koordinata nuri (musbat yarim o’q) deb ataladi.
Noldan chap tomonga yo’nalgan nur manfiy koordinata nuri (manfiy yarim o’q) deyiladi.
Musbat va manfiy sonlarni sonlar o’qida tasvirlash 2-rasm