Buxgalteriya fanidan Mustaqil ish



Yüklə 9,54 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü9,54 Kb.
#199018
  1   2   3
bux1

Buxgalteriya fanidan

Mustaqil ish.

Mavzu: Buxgalteriya usullari.

Bajardi: Qandiyorov Xurshid

Guruh: 110-21

Tekshirdi: Yuldasheva Dilara



Reja:

1. Kirish

2. Buxgalteriya hisobining usullari.

3. Buxgalteriya hisobining elementlari

4. Xulosa

Odatda, ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan

boshlab, uni tayyor mahsulot holida omborga qabul qilingungacha bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ular mahsulot ishlab chiqarish tеxnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyatiga qarab har xil bo‘ladi. Xarajatlarning salmog‘i ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga, tannarx esa korxonaning daromadiga ta'sir qiladi. Shu sababli ularni to‘g‘ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda xarajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur.

  • Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oldidagi vazifalarni to‘la-to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida, asosan, quyidagi usullardan foydalaniladi: — hujjatlashtirish; — inventarizatsiya; — baholash va kalkulatsiya; — ikki yoqlama yozuv va schotlar; — balans va hisobot. Hujjatlashtirish — bu buxgalteriya hisobida mablag‘lar harakatini belgilovchi, unga qonuniy kuch beruvchi jarayondir. Hujjatlashtirish yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tartibga solish uchun asos yaratiladi. Hujjatlarga asosan mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi huquqiy asos yaratadi. 
  • Inventarizatsiya —(yo‘qlama) qilish yordamida tegishli moddiy boyliklarning to‘liqligi nazorat qilinadi. Moddiy javobgar shaxs belgilangan muddatlarda korxona buxgalteriyasiga o‘z hisobotini topshiradi, unda hisobot davrida tovar va moddiy boyliklar holatidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi natijalarini aniqlash me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingandir. Baholash va kalkulatsiya — korxona va tashkilotlardagi mavjud mablag‘lar harakati buxgalteriya hisobida ifodalanadi, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar o‘rganiladi, baholash va kalkulatsiya alohida ahamiyatlidir. Mablag‘lar harakatini o‘rganish, asosan, pul o‘lchov birligida yuritilishini hisobga olgan holda baholash pul ifodasida yuritiladi. Ikki yoqlama yozuv va schotlar — buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ko‘rsatiladi. Har bir amalga oshiriladigan xo‘jalik operatsiyasidan birining ko‘payishi ikkinchisining ozayishiga olib keladi.

Yüklə 9,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin