Buxgalteriya hisobi mavzusidan testlar
1. Buxgalteriya hisobi qanday turlarga bo'linadi?
a) Operativ va analitik
b) Moliyaviy va boshqaruv
c) Moliyaviy va statistik
d) Boshqaruv va texnik
2.0'zbekiston Respublikasida moliyaviy hisob tartibga solinadi ?
a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan
b) Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan
c) Prezident farmonlari bilan
d) Soliq Kodeksi bilan
3.Quyidagilarning qaysi biri buxgalteriya hisobi ob'ekti emas?
a) Ish haqi
b) Transport
c) Texnologik chizmalar
d)kapital
4.Bankdan 1,5 yil muddatga olingan kredit kiradi:
a) Xususiy kapitalga
b) Joriy aktivlarga
c) Qisqa muddatli majburiyatlarga
d) Uzoq muddatli majburiyatlarga
5. Buxgalter tuzgan balansda aktiv va passiv summalari teng kelmasa, qaysi
Tamoyil buzilgan hisoblanadi?
a) ikki yoqlama yozuv tamoyili
b) hisoblash tamoyili
c) taqqoslamalik tamoyili
d) daromad va harajatlarning moslik tamoyili
6. Buxgalteriya hisobotni belgilangan muddatdan 10 kun kechikib topshirdi
Qaysi tamoyilni u buzgan hisoblanadi?
a) Davriylik
b) Taqqoslamalik
c)Mazmunni shakldan ustunligi
d) O'z vaqtidalik
7. Balans -bu
a) Aktiv va majburiyatlarning tengligi
b) Aktiv va xususiy kapitalning tengligi
c) Bir tomondan aktivlar, ikkinchi tomondan xususiy kapital va majburiyatlarning
ma'lum sanaga tengligi
d) Debitorlik va kreditorlik qarzlarning tengligi
8. Haridorlardan olingan avanslar kiradi:
a) aktivlarga b) xususiy kapitalga c) majburiyatlarga d) hech qaysisiga
9. Qachon Aktiv xususiy kapital summasiga teng bo'lishi mumkin ?
a) Hech qachon
b) Korxona ta'sis etilgan kunda
c) Korxona bankrotga uchragan kuni
d) Korxona boshqa korxonaga qo'shilgan kun.
10. Xo'jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo'lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag'lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulklari bu:
a)kapital
b)Majburyatlar
c)Balans
d)Aktivlar
11.Buxgalteriya balansi nechta belgilariga qarab tafsiflanadi?
a) 5ta
b) 6ta
c) 4ta
d) 7ta
12. Xójalik muomalalari balansiga necha xil usulda tasir qiladi
a) 1ta
b) 2ta
c) 3ta
d) 4ta
13. O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya Xisobi tóg'risidagi» birinchi qonuni nechanchi yilda qabul qilingan?
a) 1992-yil
b) 1994-yil
c) 1996-yil
d) 2000-yil
14.Asosiy vositalar balansda qanday qiymatda kórsatiladi?
a) Tugatish qiymatida
b) Eskirish qiymatida
c) Boshlang'ich qiymatda
d) Qoldiq qiymatda
15. Korxonada buxgalteriya xisobini tashkil etishga javobgar shaxs kim?
a) Korxona raxbari
b) Bosh xisobchi
c) Korxona raxbari va bosh xisobchi
d) direktorlar kengashi