Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin.
FARAZLI EHTIMOL
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo‘li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida yetib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga, tajribasiga asoslanadi. Negaki, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
BOZOR SHAROITADIGI JARAYONLAR
Bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichdagi rivojlanishi yuqori mavhumlik darajasi bilan tavsiflanadi. Bozor o’z tavakkalchiliklari va xavf-xatarlari hisobiga ayirboshlash bitimlarini amalga oshiruvchi sotuvchi va xaridorlarning uchrashuvini ko’zda tutadi. Xo’jalik faoliyatida tavakkalchilik - odatiy holdir.
TAVAKKAL USTIGA MUAMMO
Xo’jalik faoliyati tavakkalchiligi sabablari favqulodda turlichadir. Bo’lar tabiiy ofatlar, xo’jalik majburiyatlarining boshqa ishtirokchilar tomonidan bajarilmasligi, siyosiy vaziyatning beqarorlashuvi, narxlarning o’zgarishi, soliq siyosatidagi o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Bozor holati ehtimollik tavsifiga ega - tadbirkorlar foyda olish maqsadida tijorat faoliyati bilan shug’ullanadilar va bu faoliyat doirasida tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodiy tavakkalchilikni o’rganish, baholash va uni tartibga solish zarurati bozor mexanizmining mavjud bo’lishining o’zidan kelib chiqadi. Tavakkalchilik deyilganda inson faoliyati turlari va u yoki bu tabiat hodisasining xususiyatlaridan kelib chiquvchi mumkin bo’lgan yo’qotishlar xavfi tushuniladi. Har xil investision loyihalar har xil tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi, kapital kuyilmalarning daromadliligi eng yuqori variantlar eng yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’lishi mumkin.
: “Kim tavakkal qilmaydi, u hech narsaga ega bo’lmaydi”.
Tavakkalchilik - bu iqtisodiy kategoriyadir. Iqtisodiy kategoriya sifatida u yuz berishi mumkin yoki mumkin bo’lmagan hodisani ifoda etadi. Bunday hodisa yuz bergan holatda uch iqtisodiy natijadan biriga erishish mumkin: salbiy (mag’lubiyat, zarar); nolli; ijobiy (yutuq, unum, foyda). Tavakkalchilik - “yo ustidan yo ostidan” tamoyili buyicha o’z faoliyatining omadli chiqishiga umid qilingan holda amalga oshiriluvchi harakatdir. Albatta, tavakkalchilikdan qochish mumkin, ya’ni tavakkalchilik bilan bog’liq ishdan birdan oddiygina qilib voz kechish orqaligina. Birok tadbirkorlar uchun tavakkalchilikdan qochish, ko’pincha mumkin bo’lgan foydadan kechish bilan barobardir. Yaxshigina maqol ham bor: “Kim tavakkal qilmaydi, u hech narsaga ega bo’lmaydi”.
TAVAKKALCHILIK TURLARI
Tavakkalchilikni boshqarishni tashkillashtirish samaradorligi tavakkalchilikning tasniflanishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Tavakkalchilikning tasniflanishi deyilganda ularni ma’lum maqsadlarga erishish uchun ma’lum belgilari buyicha alohida guruhlarga ajratilishini tushunish lozim. Tavakkalchilikning ilmiy asoslangan tasniflanishi har bir tavakkalchilikning umumiy tizimdagi aniq o’rnini aniqlashga imkon beradi. Mumkin bo’lgan natija (tavakkalchilik hodisasi) ga bog’liq holda tavakkalchilikni ikkita katta guruh: sof va spekulyativ tavakkal-chiliklarga bo’lish mumkin:
Sof tavakkalchilik
SOF TAVAKKALCHILIK salbiy yoki nol’ natija olish imkonini bildiradi. Bu tavakkalchiliklarga: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat tavakkalchiliklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo) tavakkalchiliklarni kiritishimiz mumkin.
Spekulyativ tavakkalchiliklar
Spekulyativ tavakkalchiliklar ham ijobiy ham salbiy natija olish imkonini ifoda etadi. Ularga tijorat tavakkalchiliklarning bir qismi bo’lgan moliyaviy tavakkalchiliklar mansu