Buxoriylar maktabi



Yüklə 0,53 Mb.
tarix25.05.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#59467
ASOSIY TARIX NAZORAT TESTI 13.03.2022





TARIX ASOSIY “BUXORIYLAR MAKTABI” 13.03.2022
1. 1-Ali Kapa / 2-To’pqopi / 3-Toshhovli saroylari qayerlarda joylashganligini aniqlang.
A) 1-Sheroz / 2-Tabriz / 3-Buxoro B) 1-Isfahon / 2-Istanbul / 3-Buxoro
C) 1-Isfahon / 2-Istanbul / 3-Xiva D) 1-Sheroz / 2-Tabriz / 3-Xiva
2. Puni urushlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan hudud (orol) xaritada nechanchi raqam bilan berilgan?



A) 1 B) 3 C) 4 D) 2
3. Quyidagilardan qaysi biri joylashuv hududi muvofiq emas ?

1

Xoqoniya o’lkasi

Sharqiy Turkiston, Yettisuv va
Tyanshanning janubiy yonbag’ri

2

Somoniylar davlati

Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va
Sharqiy Eron

3

Sharqiy Turk
xoqonligi

Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo
va Amudaryo

4

Xioniylar davlati

Shimoliy Hindiston, Afg’oniston,
Xurosoning bir qismi

A) 3 B) 1 C) 2 D) 4
4. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan ?




Hukmdor

Voqea

Yil

1

Sharqiy Frank qirolligi hukmdori Otton I

Lex daryosi bo’yida vengerlar
mag’lubiyatga uchratildi

955

2

Vizantiya imperatori Isaak II Angel

Salibchi ritsarlarga vassallik
qasamyodini qabul qildirdi

1096

3

Knyaz Yuriy Dolgorukiy

Kiyev ustidan g’alabasi sharafiga Kuchkova qo’rg’oniga asos soldi

1147

4

Mo’g’ullar hukmdori Chingizxon

Mo’g’ullar Shimoliy Xitoyni
egalladi

1230

5

Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo

Xorazmni Oltin O’rda xonlari
tasarrufidan qaytarib oldi

1413

6

Movarounnahr hukmdori Mirzo
Ulug’bek

Xuroson poytaxti Hirot egallandi

1425

A) 2,4,6 B) 1,2,3 C) 1,4,5 D) 1,3,5
5. Qaysi voqeadan so’ng Jaloliddin Manguberdi Ozorbayjon tamon yo’l oladi ?
A) Isfahon yaqinida bo’lgan jangdan mo’g’ullarni yenggandan so’ng
B) Sind daryosi bo’yida bo’lgan jangda mag’lubiyatidan so’ng
C) Xalifa Nosir qo’shinini Basra yaqinida yenggandan so’ng
D) Ozarbayjon hukmdori gurjilar hujumini qaytara olmasligi va xalq Sulton Jaloliddin xaloskor sifatida qo’llab quvatlashi tufayli
6. Akbarshohning (1) hukmronligi boshlangan va (2) barham topgan yillari tarixda kimlar vafot etgan edi ?
A) 1-Abdullaxon II / 2-Imomqulixon B) 1-Ko’chkunchixon / 2-Vali Muhammad
C) 1-Iskandarxon / 2-Boqi Muhammad D) 1-Navro’z Ahmadxon / 2-Boqi Muhammad
7. Qo’qon xonligi hududini to’g’ri belgilang.
1. Sharqda 2. Shimolda 3. G‘arbda 4. Janubda
a) Qorategin, Darvoz, Ko‘lob va Shug‘nan bekliklari b) Sharqiy Turkiston c) Xiva xonligi va Buxoro amirligi d) Rossiya (ularni Bedpakdala cho‘li ajratib turgan)
A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a. B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b. C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a. D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d.
8. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi (a), Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasini (b) aniqlang.
A) a-Pirmuhammad, b-Sulton Husayn Boyqaro B) a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Sulton Husayn Boyqaro
C) a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Sulton Mahmudxon D) a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Xalil Sulton
9. 1933-yili AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt nima maqsadda Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan "Yaxshi qoʻshnichilik" munosabatlarini e'lon qildi?
A) AQSH ga qarshi kayfiyatlarning avj olishidan xavfsirab va mintaqada o’zining ta’sirini oshirish maqsadida
B) Lotin Amerikasi mintaqasida Yevropaning ta’sirini kamaytirish maqsadida
C) Lotin Amerikaga o’z kapitalini kiritish maqsadida
D) AQSH ga qarshi kayfiyatlarning avj olishidan xavfsirab va aholini majburiy soliqqa tortish maqsadida
10. Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas ?
A) Qadimgi Rimdagi o’rta maktablarda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o’qitilardi.
B) Periklning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutardi.
C) Buddaviylik dini hindlarning oldingi dinlaridan inson mavqeyi tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog’liq bo’lmasligi bilan farqlanadi.
D) Salavkiylar davrida Baqtra, Maroqanda, Marg’iyona Antioxiyasi, Termiz kabi yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi.
11. Vestfal sulhi va Kuchukqaynarji shartnomalari imzolangan davrlarni aniqlang.
A) 1648-yil / 1774-yil B) 1637-yil / 1768-yil C) 1638-yil / 1756-yil D) 1648-yil / 1721-yil
12. 1882-yilning boshlarida Turkiston general-gubernatorligidagi qaysi hudud aholisi talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli chor hukumatiga qarshi bosh ko‘targanlar ?
A) Kattaqo‘rg‘on B) Samarqand C) Namangan D) Andijon
13. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang.
Vola Surdas

a) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattotlik va rassomlik bilan shug’ullanadi; b) o’z she’rlaridan 2 devon tuzgan va 3 ming misra she’rlari yetib kelgan; c) Krishnaning hayoti haqida yorqin poemalar muallifi; d) “Ramaning jasoratlari” nomli katta poema muallifi; e) ijodkorlar o’z asarlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashshaqatlarni tasvirlaydi; f) ijodkorlarning ko’zlari tug’ma ojiz, ko’r bo’lgan;
A) 1-b, II-d, III-f B) I-a, II-c, III-e C) I-b, II-c, III-f D) I-a, II-d. III-e
14. Quyidagilardan qaysi biri muvofiq kelmaydi ?
A) Misrda ziroatchilar qachon urug;likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi, bu muddatni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar;, shu tariqa astronomiya ilmi dunyoga keldi;
B) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan, shu tariqa matematika fani dunyoga keldi;
C) Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etilayotganda maydon hajmini o’lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani dunyoga keldi;
D) Misrda vaqt 24 ta bo’lmaga ajratilgan maxsus idishlardan iborat bo’lgan suv soatlari yordamida o’lchangan
15. O’rta asrlarda arablarga qarshi bo’lib o’tgan xalq qo’zg’olonlarining yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Kufa shahrida qo’zg’olon 2) Abu Muslim qo’zg’oloni; 3) Muqanna 4) Bobek
a) 747-749 yy. b) 685-687 yy. c) 815 y. d) 769-783 yy.
A) 1-a,2-b,3-d,4-c B) 1-a,2-b,3-c,4-d C) 1-b,2-a,3-d,4-c D) 1-b,2-a,3-c,4-d
16. “Tilzit shartnomasi”ga ko‘ra Rossiya qaysi davlat bilan aloqani uzish majburiyatini olgan ?
A) Turkiya B) Buyuk Britaniya C) Fransiya D) Prussiya
17. Hinistonda qaysi hukmdor markazlashgan davlat va kuchli hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani viloyatlarga ajratib, ularga o‘z noiblarini tayinladi ?
A) Bobur B) Akbarshoh C) Humoyun D) Avrangzeb
18. SQCH-1 va SQCH-2 shartnomalari qaysi yillarda imzolangan ?
A) 1972,1974-yillar B) 1974, 1975-yilar C) 1972, 1975-yillar D) 1972, 1979-yillar
19. XX asr boshlarida Osiyo davlatlarining qaysi birida olib borilgan demokratik harakat a’zolarining talablarida hokimyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarini alohida ajratish kabi muhim moddalar ham aks etgan edi?
A) Xitoyda B) Eronda C) Turkiyada D) Yaponiyada
20. “To'rtlar ittifoqi” davlatlari ichida birinchi bo'lib urushdan chiqqan davlatni aniqlang.
A) Bolgariya B) Avstriya-Vengriya C) Turkiya D) Germaniya
21. “Kepaki” deb nom olgan tangalar qayerlarda zarb etilgan ?
A) Urganch va Buxoro B) Buxoro va Nasaf C) Samarqand va Buxoro D) Samarqand va Qarshi
22. G’ijduvon jangida shayboniylar qo‘shinining chap qanot qismiga kim boshchilik qilgan ?
A) Shayboniyxon B) Muhammad Temur C) Ubaydullo Sulton D) Abu Said Sulton
23. Quyidagi ma’lumotlarni davlatlarga moslang. XVI-XVIII asrlarda Koreyada (a) Yaponiyada (b)
1) Kobuki teatri juda ommalashdi 2) dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilindi 3) ”Yuz moddali farmon” e’lon qilindi 4) ”Qonunlarning buyuk to’plami” deb nomlangan hujjat qabul qilindi 5) guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi 6) bizdagi baxshilik san’atiga o‘xshash qo‘shiqchilik keng tarqaldi. Bu bilan xalq og‘zaki ijodi adabiyot maqomini oldi va yozma adabiyot sifatida ham davom ettirildi 7) Poeziyaning eng keng tarqalgan janri qofiyalashmagan besh qatorli lirik she’rlar bo‘lib, ular «Tomchi suvda ummonni ko‘rish kerak» degan badiiy tamoyil asosida yozilgan
A) a-2, 3, 5, 6 b-1, 4, 7 B) a-2, 4, 5, 6 b-1, 3, 7 C) a-1, 4, 5, 6 b-2, 3, 7 D) a-1, 3, 7 b-2, 4, 5, 6
24. "Bu jang ... barcha janglardan ham dahshatlirog'i edi" - deb tarixchi kimlar o'rtasidagi jangni aytgan ?
A) Jaloliddin va Temuchin B) Kir II va To'maris C) Doro I va Skunxa D) Aleksandr va Spitamen
25. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida rassomchilikdagi realizm oqimi namoyondalarini aniqlang.
A) Eduard Mane, Kiod Mone, Kamil Pissaro B) Pol Sezann, Pol Gogen, Vinsent Van Gog
C) P. Verlen, A. Relebo, S. Mallorme D) Jen Bonyan, O. Roden, Ogyust Renuar
26. O’rta asrlar kishilik hayoti, ularning urf-odati, an’anasi, ijtimoiy munosabatlarini o’zida aks ettirgan manbalar – …?
A) “Dahshatli sud kitobi”, “Sali haqiqati” B) “Sali haqiqati”, “Rus haqiqati”.
C) “100 moddali qonun”, “Qonunlarning buyuk to’plami” D) “Anglosakson solnomasi”, “Buyuk ozodlik xartiyasi”
27. Qadimgi Yunonistonda qanday hislatlarga ega xudo mavjud emas ?
A) san’at, she’riyat va tonggi shafaq B) muhabbat va go’zallik hamda uyqu
C) yashin, chaqmoq va taqdir D) dehqonchilik va hunarmandchilik
28. Xitoyda shoyi so’zana ishlab chiqarila boshlanganidan qancha asr o’tib, paxtadan mato tayyorlana boshlangan ?
A) 4 asr B) 1 asr C) 3 asr D) 2 asr
29. To‘g‘ri muvofiqlashtiring ?
1. Borodino jangi 2. Leypsig jangi 3. Austerlis jangi 4. Vaterloo jangi
a) 1813-yil b) 1815-yil c) 1812-yil d) 1805-yil
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
30. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida viloyat va uning uyezdi bir-biriga muvofiq keladi ?
Yettisuv vil. _________________6__________7
Farg’ona vil. __________4______5

Kaspiyorti vil._____2______3


Sirdaryo vil. _____1


G’azali Tajan Pishpak Prjevalsk


A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 7



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin