1. O‘zbek shevalarini tasniflashda yetakchi prinsiplar.
2.O‘zbek shevalarining o‘rganishning o ‘ziga xosligi.
3. O‘zbek shevalarining o‘rganishning davriyligi
Tayanch so‘z va tushunchalar
O‘zbek shevalarini tasniflashda quyidagi yetakchi tamoyillar ishlatiladi: 1) hududiy tamoyil; 2) etnik tamoyil; 3) etnogenetik tamoyil; 4) lisoniy tamoyil; 5) lisoniy-hududiy (lingvoareal) tamoyil.
O‘zbek shevalari quyidagi olimlar tomonidan tasnif qilingan: I. I. Zarubin (hududiy tamoyil asosida tasnif etgan), ye. D. Polivanov (lisoniy-hududiy (lingvoareal) tamoyil), G‘ozi Olim Yunusov(etnogenetik tamoyil), K. K. Yudaxin(etnik tamoyil), A. K. Borovkov(etnogenetik tamoyil), V. V. Reshetov (hududiy, etnik, etnogenetik, lisoniy, lisoniy-hududiy (lingvoareal) tamoyillar asosida ish ko‘rgan)tasniflari).
O‘zbek shevalari quyidagi olimlar tomonidan tasnif qilingan: I. I. Zarubin (hududiy tamoyil asosida tasnif etgan), ye. D. Polivanov (lisoniy-hududiy (lingvoareal) tamoyil), G‘ozi Olim Yunusov(etnogenetik tamoyil), K. K. Yudaxin(etnik tamoyil), A. K. Borovkov(etnogenetik tamoyil), V. V. Reshetov (hududiy, etnik, etnogenetik, lisoniy, lisoniy-hududiy (lingvoareal) tamoyillar asosida ish ko‘rgan)tasniflari).
Ularning yutuq va kamchiliklari. Bugungi kungacha o‘zbek xalq shevalari tasnifida yuqoridagi beshta tamoyilning tasnifi bo‘lgani kabiulardan hududiy tamoyil yetakchilik qilgani sezilib turadi.Shuning uchun biznngcha, shevalarimiz ikki xil nuqtayi nazardan tasnif qilinganligi e’tirofga sazavor: 1) shevalarimizning mamlakatimiz va qo‘shni davlatlar hududlarida joylashishi jihatdan tasnifi, ya’ni o‘zbek shevalarining umumiy tasnifi;
2) ma‘lum bir voha yoki viloyat (tuman) shevalarining tasnifi, ya’ni o‘zbek shevalarining xususiy tasnifi.
Shevashunoslikda dialektal tasnif masalasi
O‘zbek tili tabaqalanish( shevalarning ajralishi) yo‘li bilan emas, balki uyg‘unlashish (shevalarning qo‘shilishi) yo‘li bilan tashkil topgan. Hozirgi o‘zbek tili uch guruh shevalarning (qipchoq, o‘g‘uz, qorluq) qo‘shilishidan tashkil topgan. Shuning uchun o‘zbek tilining dialekt va shevalari Markaziy Osiyodagi boshqa turkiy tillarga nisbatan xilma-xil guruhlarga bo‘lingan. O‘zbek tilining tarkibida boshqa turkiy tillarga nisbatan sheva ko‘p.
O‘zbek shevalari va ularning o‘ziga xos ayrim xususiyatlari, fonetik, morfologik xususiyatlarga ko‘ra bir-birlari bilan yaqinlashadigan va ayni vaqtda bir-birlaridan farq qiladigan dialektal guruhlari haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun ularning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi tasnifini bilishimiz kerak. Shevalarimiz XX asr boshlaridagi oktabr to‘ntarishidan keyinroq I. I. Zarubin, K.K. Yudaxin, A. K. Borovkov, ye. D. Polivanov singari rus turkolog olimlari va G‘ozi Olim, F. Abdullayev, V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, B. Jo‘rayev, S. Ibrohimov, M. Mirzayev, A. Ishayev, Q. Muhamedjanov, K. Nazarov, Yo. G‘ulomov, A. Shermatov A. Aliyev, D. Abdurahmonov, N. Rajabov, B.To‘ychiboyev, K. Usmonov, A. Jo‘rayev singari o‘zbek tilshunoslari tomonidan ham u yoki bu darajada tasnif qilingan. Albatta, ularning bu sohadagi ishlarining ahamiyati bugungi kunda ham benihoya kattadir.