Mantiqiy bog’lovchilar. Chinlik jadvali. Mantiqiy amallar Rost yoki yolg’onligi aniq bo’lgan darak gaplarga mulohaza deyiladi. Mulohazalar 2 xil qiymatni qabul qiladi. Rost mulohazalar 1 qiymatni yolg’on mulohazalar esa 0 qiymatni qabul qiladi . masalan, a=“hozir qish fasli” A=1, b=“bugun qor yog’yapti” B=0, c=“bog’dagi gul chiroyli” c=bu mulohaza emas mulohazalar ustida turli mantiqiy amallarni bajarish mumkin 1. Mantiqiy inkor-’ ¬’ ‘-’ ‘˥’ 2.Mantiqiy ko’paytirish(konyuksiya)-’˄’ 3. Mantiqiy qo’shish(dizyuksiya)-’ᴠ’ 4.Implikatsiya-’→’ 5.Ekvivalentlik-’↔’ 6.Sheffer amali(shtrixi)-’│’ 7.Pirs strelkasi-’↓’
X mulohazaning inkori deb,shunday mulohazaga aytiladiki bu mulohazaning qiymati rost bo’lganda yolg’on, yolg’on bo’lganda esa rost bo’ladi Mantiqiy ko’paytirish deb, bu mulohaza x1 va x2 lar bir vaqtda rost bo’lganidagina rost qolgan barcha holatlarda yolg’on bo’ladi.